K arim a q osim ova
„Ertakda Davlat dehqonning uyida umrbod qolishga jazm qilibdi. Nima
Download 7.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili o\'qitish metodikasi (K.Qopsimova, S.Matchonov va b.)
- Bu sahifa navigatsiya:
- „Davlat", „Ilm afzal", „H iylagarningjazosi“, „Hunarsiz kishi
„Ertakda Davlat dehqonning uyida umrbod qolishga jazm qilibdi. Nima
uchun ?“ savoli beriladi, bu savol hikoyaning asosiy m azm unini aniq- lashga ham yordam beradi. 2-sinfdan boshlab bolalar nim a uchun hikoya, sh e’r shunday nom langanini aytib berishga o'rganadilar. 3. 0 ‘qilgan asar mazmunini to ‘Iiq anglash, bilib olish uchun o‘qituvchi topshirig'ini bajarish. Topshiriqlar quyidagicha bo'lishi m um kin: — o'qing va om onatga xiyonatning jazosi qandayligini aytib bering. („O m onatga xiyonat", 4-sinf) — o 'q in g va nim a uchun hunarsiz kishi o'lim ga yaqinligini tu shuntirib bering. („H unarsiz kishi o 'lim g a yaqin", 4-sinf) va hokazo. B a’zan topshiriqlar turli xildagi qayta hikoyalashni talab qiladi: a) m atnning ayrim o 'rin larid an foydalanib (ko'chirm a olib) qayta hikoyalash; b) hikoyani bir sujet chizig'i asosida qayta hikoyalash; d) m atnni qisqartib qayta hikoyalash; e) m atnning shaxsini o'zgartirib qayta hikoyalash va boshq. 4. O'qilgan matn rejasini tuzishga tayyorlanish va reja tuzish. Bunda quyidagi ish turlaridan foydalaniladi: 1) o'qilgan m atnga oid rasm chizish; 2) rasmga m atndagi so 'zlar yoki o 'z so'zi bilan sarlavha qo'yish; 3) o 'q itu v ch i to m o n id an tartibsiz berilgan savollardan foydalanib reja tuzish; 4) m atnni qismlarga bo'lish va har bir qismga sarlavha q o'yish va hokazo. M ustaqil ishning qanday bajarilganligini hisobga olish o 'q u v c h i lam ing tayyorlik darajasini aniqlashda va keyingi bosqichlarda m ustaqil m ashqni to 'g 'ri tashkil qilish u ch u n m aterial tanlashda o'qituvchiga yordam beradi. BADIIY ASARLARNI JANRIY XUSUSIYATLARIGA KO'RA O 'R G A N ISH B oshlang'ich sinflarning o'q ish darslarida garchi ilmiy jihatdan bo'lm asa-d a, am aliy jihatdan turli janrga m ansub asarlar o'qib o'rganiladi. O 'q ish darsliklariga, asosan, hikoya, she’r, ertak, masal, maqol, doston, rivoyat va topishm oq kabi janrdagi asarlar kiritilgan. Bulardan tashqari, ilm iy-om m abop asarlar ham o'qitiladi. www.ziyouz.com kutubxonasi Turli janrdagi badiiy asarlar qurilishi, uslubi jih a tid a n o'ziga xos xususiyatlarga ega bo ‘lib, ularning o'quvchilarga ta ’siri ham har xil bo'lad i. Tabiiyki, h a r bir janrga oid asar m atni lingvistik jih a td a n ham o 'z ig a xos xususiyatlarga ega. M asalan, sh e ’riy asarlar m atn i hikoya m atn id an , ertak matni sh e’r m atnid an , ilm iy-om m abop m aq ola matni m asal janriga taalluqli asarlar m atn id an tu b d an farq qiladi. Topish- m oqlar p redm et, voqea-hodisalar o'rtasid agi o'xshashlikni taqqoslash orqali o'zlashtirilsa, m aqollar m azm uni hayotiy m isollar vositasida sharhlashni taqozo etadi. Shunga k o 'ra , turli janrdagi badiiy asarlarni o 'q ish d a o'qituvchidan unga m os usullar tanlash talab etiladi. E rtakni o‘qish m etodikasi Xalq og'zaki ijodida ertak janrin in g bolalar to m o n id an yaxshi qabul qilinib, qiziqib o'qilishining sabablaridan biri ertak tilining ta ’sirchanligi, o'tkirligi, m a’nodorligi va xalq tiliga yaqinligidir. Er- taklarning ko'pchiligida real hayot tasviri sarguzasht e lem en tlar bilan qo 'shilib ketadi. E rtakning o 'tk ir, m aroqli sujeti, voqea rivojidagi favqulodda ajoyib vaziyat bolalam i m aftun qiladi, undagi m ard, kuchli, topqir, dovyurak, chaqqo n qahram onlar, ertakning g'oyaviy yo'nalishi, un d a ezgulik ku- chining — yaxshilikning doim o g 'alab a qilishi bolalam i o'zig a tortadi. Ertakda qabul qilingan hikoya qilish shakli bir xil so 'z va iboralarning qay ta-q ayta takrorlanib turishi, ohangdorligi, tilining ta ’sirchanligi, ifoda vositalarining jonliligi, bolalar u c h u n ju d a qiziqarliligidir. Ertakda qatnashuvchilar k o'pin ch a rahm dil, saxiy, adolatli h a m d a ularning aksi bo'lgan yovuz, baxil, o ch k o 'z kishilar tim soli bo'ladi. Ertakning pedagogik qiym ati sh undan iboratki, o'q u v ch ilar unda to 'g 'rilik , halollik g'alaba qilganidan, kam bag'al kishilar qiyinchilik- dan qutilganidan, ya’ni yaxshilik, ezgulik ro'yobga chiqqanidan va yom onlik, yovuzlik m ahkum likka u chraganidan quvonadilar. Ular hayotda ham doim o shunday bo'lishini istaydilar. M asalan, „H alo l lik" ertagida (3-sinf) asosiy fikr kam bag'allarga yordam ko'rsatish, o 'z m eh nati bilan hayot kechirish b o'lib , bu hatto butun xalq istagi ekanligi g'oyasi ilgari surilgan bo'lsa, „H iylagarning jazosi" ertagida (4-sinf) soddadilning to'g'riligi hiylagarning makri ustidan g 'o lib keli shi, xiyonat jazosiz qolmasligi g'oyasi ilgari surilgan. H a r ikki ertak ham to 'g 'riso 'zlilik n in g g'alabasi bilan yakunlanadi. B unday g'alaba m aishiy ertaklardan tashqari, sehrli ertaklarda ham ifodalangan. www.ziyouz.com kutubxonasi Ertak bolalarda qah ram onlam ing xatti-harakatini m uhokam a qilib, baholash ko'nikm asini o'stirishi bilan birga yaxshilikning doim o g'alaba qozonishiga ishonch uyg'otadi. O 'quvchilar ertakni tahlil qilish jarayonida „Kishilardagi qanday sifatlar sizga yoqdi? (yoki yoqm adi?)", „N im a u ch u n ?", „... nim a uch un jazolandi? (yoki rag'batlantirildi?)", „N im a uchun ertakdagi b a’zi qahram onlarga hatto tabiat kuchlari ham yordam beradi? (yoki b a’zilaridan yuz o'giradi?)" kabi savol larga javob topish jarayonida m ushohada qiladilar, m uhokam a qilib, xulosaga keladilar. Boshlang'ich sinflarda hayvonlar haqidagi ertaklar ko'p ro q o'qitiladi. „B o'rining tabib bo'lgani haqida ertak" (Anvar O bidjon), „K o 'zach a bilan tulki" kabi ertaklar aniq hayotiy hikoyalar tarzida o 'qitiladi va tahlil qilinadi. Ertak m atni ustida ishlashda tanlab o 'q ish , savollarga javob be rish, o'quvchilam ing o 'z la ri ertak m azm uniga oid savollar tuzib, javob berishlari, reja tuzish, qayta hikoyalash, ijodiy davom ettirish, ertak aytish, qahram onlarni grafik tasvirlash kabi ish turlaridan foydalani ladi. Bunday ertaklarda hayvonlam ing odatlari tahlil qilinadi, am m o ularni kishilar xarakteriga taqqoslash tavsiya qilinm aydi. M aktab tajribasidan m a’lumki, kichik yoshdagi o'quvchilar ertakdagi hayvonlar gapirm asligini, tulki va turna bir-birinikiga m eh- m onga bormasligini yaxshi biladilar, am m o ertaklar dunyosini hayotiy hikoya kabi qabul qiladilar. Ertakni o'q ib tahlil qilganda, barcha ishlar uning m azm unini yaxshi idrok etishga, sujet rivojini, qatnashuvchi personajlarning xatti-harakati, o 'z a ro m unosabatlarini to 'g 'ri ta sa w u r etishga yo'naltiriladi. B unda tanlab o 'q ish va qayta hikoyalashning aham iyati katta. M asalan, „O dobli b o'lish osoruni?" (A. Obidjon) ertagining m azm unini o'zlashtirish uchun quyidagi topshiriqlardan foydalanish m umkin: 1. Sichqonchaning onasi bilan qilgan suhbatini o'qing. Sichqon- chaning „Odobli b o'lish uchun nim alar qilish kerak?" degan savoliga onasi qanday javob qaytarganligini so'zlab bering. 2. Sichqonchaning M ushuk bilan uchrashgan holati aks ettirilgan o 'rin n i topib o'qing. N im a uchun „Shum Baroq" ko'zidagi yovuzlik birdaniga so'nadi? 3. Echki nim a uch un Sichqonchani „K am b o 'lm a" deb d uo qiladi? Shu o'rin n i topib o'qing. Ertakni tahlil qilishning oxirgi bosqichida „Ertakning sizga juda yoqqan joyini topib o 'q in g ", „N im a uchun aynan shu joyi yoqqa- www.ziyouz.com kutubxonasi nini ayting“ , „H ayotingizda ertakdagi voqealarga o'xshash voqealar b o ‘lganm i?“ kabi savol-topshiriqlar yordam ida 0‘quvchilarning ertak xulosasini tushunishlariga erishiladi. B oshlang'ich sin f o 'quvchilari hayvonlar haqidagi ertaklardan tashqari, „Davlat", „Ilm afzal", „H iylagarningjazosi“, „Hunarsiz kishi Download 7.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling