K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit


Bank kreditlari va olingan qarzlar bo‘yicha majburiyatlarning hisobi


Download 1.67 Mb.
bet155/277
Sana18.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1707960
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   277
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов

8.2.Bank kreditlari va olingan qarzlar bo‘yicha majburiyatlarning hisobi

Korxonalar banklardan va boshqa yuridik shaxslardan o‘zlarining aylanma mablag‘larini to‘ldirish, moliyaviy –xo‘jalik faoliyatini rivojlantirish maqsadida qisqa muddatli , shuningdek kapital qurilish ishlarini olib borish va boshqa maqsadlar uchun uzoq muddatli kreditlar va qarzlar olishlari mumkin. Kreditlar va qarzlar tuzilgan shartnomalarga muvofiq korxonaning kassasiga berilishi, hisob-kitob yoki boshqa maxsus schyotlariga o‘tqazib berilishi, shuningdek bankdagi maxsus ssuda schyoti orqali to‘lovlarni amalga oshirish yo‘li bilan taqdim etilishi mumkin.


21- son BHMS ga muvofiq bank kreditlarining hisobi 6810 «Qisqa muddatli bank kreditlari» va 7810 «Uzoq muddatli bank kreditlari» schyotlarida, olingan qarzlar esa 6820 «Qisqa muddatli qarzlar» va 7820 «Uzoq muddatli qarzlar» schyotlarida olib boriladi. Ushbu passiv schyotlarning kreditida kreditlar va qarzlarning olinishi, shuningdek ular bo‘yicha majburiyatlarning qoldig‘i, debetida esa ularning qaytarilishi aks ettiriladi. Bank kreditlari va olingan qarzlar bo‘yicha hisoblangan foizlar va ular bo‘yicha hisob –kitoblar maxsus 6920 « Hisoblangan foizlar» schyotida olib boriladi. Olingan bank kreditlari va qarzlar, ularning qaytarilishi, hisoblangan foizlar buxgalteriya hisobida quyidagi yozuvlar bilan aks ettiriladi:

Tar-tib raqami

Operatsiyaning mazmuni

Debet schet

Kredit schet

Yozuvga asos bo‘luvchi hujjat

1.

Kreditlarni olinishi:
-Korxona kassasiga
-Hisob –kitob schyotiga
-Akkreditiv schyotlarga
-Maxsus boshqa schyotlarga
-Ta’minotchilarga to‘langanda
-Ta’minotchilarga avans tariqasida o‘tqazilganda



5010
5110


5510
5530
6010
4310
4330



6810,
7810


6820,
7820



Kredit va qarz shartnomalari to‘lov topshiriq-nomasi, kirim kassa orderi, bank ko‘chirmalari

2.

Kreditlarni qaytarilishi:
-Kassadan
-Hisob-kitob schyotidan
-Akkreditiv schyotlardan
-Maxsus schyotlardan
-Depozit schyotlardan
-Haridorlarlar va buyurtmachilardan tushgan tushumdan
-Haridorlardan olingan avans to‘lovlaridan

6810,
7810,


6820,
7820

5010
5110


5510
5530
5890

4010

6310


Kredit va qarz shartnomalari to‘lov topshiriq-nomasi, kirim kassa orderi, bank ko‘chirmalari

3.

Uzoq muddatli kredit joriy majburiyatga o‘tqazilganda

7810,
7820

6950

Kredit va qarz shartnomalari

4.

Kreditlar bo‘yicha foizlar hisoblanganda



9610

6920

Kredit va qarz shartnomalari

5.

Foizlar to‘langanda

6920

5110

Bank ko‘chirmalari

Bank kreditlari va olingan qarzlarning analitik hisobi ularning turlari va qaytarish muddatlari bo‘yicha olib boriladi.





Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling