8.6. Sug‘urta va byudjetdan tashqari maqsadli fondlarga
ajratmalar bo‘yicha majburiyatlarning hisobi
Korxonalarning sug‘urta va byudjetdan tashqari maqsadli fondlarga ajratmalar bo‘yicha majburiyatlarining hisobi 6510 “Sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar” va 6520 “ Davlatning maqsadli fondlariga to‘lovlar” schyotlarida olib boriladi. Ushbu passiv schyotlarning kreditida majburiyatlarning qoldig‘i va hisoblash natijasida ularning ko‘payishi, debetida esa ushbu mablag‘larning maqsadli belgilangan tartiblarga ko‘ra ishlatilishi va tegishli organlarga o‘tqazib berilishi quyidagi yozuvlar bilan aks ettiriladi.
Tartib raqami
|
Operatsiyaning mazmuni
|
Debet schet
|
Kredit schet
|
Yozuvga asos bo‘luvchi hujjat
|
1.
|
Sug‘urta organlariga hisoblanganda va ushlanganda:
-Korxonaning xodimlari va mol-mulkini sug‘urtasi uchun
-Ish haqidan ushlanganda
|
2010,
9430
6710
|
6510
|
Sug‘urta shartnomasi, hisob-to‘lov qaydnomasi
|
2.
|
Pensiya fondiga ajratma va ushlanmalar
-Ish haqi fondidan 35% ajratma
-Ish haqidan 2,5% lik ushlanma
-Sof tushumdan 0,7% lik ushlanma
- xizmatlar uchun ushlanmalar
|
2010,
2310,
2510,
9410,
9420
6710
9430
|
|
Maxsus hisob-kitoblar
|
3.
|
Yo‘l fondiga ajratmalar ( sof tushumdan 1,5 %lik, tovarooborotdan 1% lik va boshqalar)
|
9430
|
6520
|
Maxsus hisob-kitoblar
|
4.
|
Ish bilan fandlik fondiga ish haqi fondidan 1,5% lik ajratma
|
2010,
2310,
2510,
9410,
9420
va boshqa
lar
|
6520
|
Maxsus hisob-kitoblar
|
5.
|
Kasaba ubshmalar kengashiga ish haqi fondidan 0,7 % lik ajratma
|
2010,
2310,
2510,
9410,
9420
va boshqa
lar
|
6520
|
Maxsus hisob-kitoblar
|
6.
|
Sug‘urta va maqsadli to‘lovlar bo‘yicha majburiyatlarni kamayishi:
-nafaqa uchun ishlatilganda
-yo‘qotishlar qoplanganda
-o‘tqazilgan avansga
-bankdan o‘tqazilganda
|
6520
6510
|
6710
1010-1090,
2810,
2910-2990
va boshqa-
lar
6510-
6520
5110
|
Bank hujjatlari,
hisob-to‘lov qaydnomalari, dalolatnoma-lar va boshqa hujjatlar
|
Sug‘urta va maqsadli fondlarga majburiyatlarning analitik hisobi ushbu to‘lovlarning turlari bo‘yicha olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |