K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit


Download 1.67 Mb.
bet165/277
Sana18.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1707960
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   277
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов

6920 “To‘lanadigan foizlar” –ushbu passiv schyotning kreditida olingan kreditlar , berilgan veksellar bo‘yicha foizlarni hisoblanishi, debetida esa ushbu foizlarni kreditorlarga o‘tqazib berilishi aks ettiriladi. Hisoblangan foizlar summasiga 9610 “Foizlar ko‘rinishidagi harajatlar” schyoti debetlanadi, qarzlar o‘tqazib berilganda pul mablag‘lari schyotlari kreditlanadi (5010,5110 va boshqalar). Ushbu schyotning analitik hisobi har bir kreditor bo‘yicha yuritiladi.

  • 6930 “Royalti bo‘yicha qarz”-ushbu passiv schyot 6920 “To‘lanadigan foizlar” schyotiga to‘liq o‘xshash tarzda yuritiladi, faqat o‘zgalarning nomoddiy aktivlaridan vaqtinchalik foydalanganlik uchun.

  • 6940 “Kafolatlar bo‘yicha qarz”- ushbu passiv schyot o‘z tovarlarini, ish hizmatlarini ma’lum muddatlargacha kafolatlangan holda sotuvchi korxonalarda qo‘llaniladi. Uning kreditida kafolatlar bo‘yicha majburiyatlarning vujudga kelishi, debetida esa ushbu majburiyatlarning uzilishi aks ettiriladi.

  • 6950 “ Uzoq muddatli majburiyatlar –joriy qismi” – ushbu passiv schyotning kreditida uzoq muddatga olingan bank kreditlari va boshqa qarzlarning kelgusi joriy yilga tegishli qismi bo‘yicha majburiyatlarning summalari, debetida esa bu majburiyatlarning uzilishi aks ettiriladi. Majburiyatlarning joriy qismi ushbu schyotga 7810 “Uzoq muddatli bank kreditlari” va 7820 “ Uqoq muddatli qarzlar” schyotlarining debetidan hisobot yilning oxirida o‘tqaziladi. Joriy majburiyatlarning uzilishi pul mablag‘lari schyotlarining(5010,5110 va boshqalar) kreditida aks ettiriladi.

  • 6960 “Da’volar bo‘yicha to‘lovlar” –ushbu passiv schyotning kreditida haridor va buyurtmachilar tomonidan bildirilgan da’volar bo‘yicha majburiyatlarning vujudga kelishi (haroajatlar schyotlarining debeti bo‘yicha korrespondensiyalangan holda ), debetida esa ularning qondirilishi yoki bekor qilinishi ( pul mablag‘lari va harajatlar schyotlarining krediti bo‘yoicha korrespondensiyalangan holda) aks ettiriladi.



  • 1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   277




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling