15-chizma. Auditning predmetini tashkil qiluvchi ob’ektlar
Audit fan sifatida «Moliyaviy hisob», «Boshqaruv hisobi», «Tarmoqlarda buxgalteriya hisobi», «Moliyaviy tahlil», «Boshqaruv tahlili», «Moliya», «Soliq va soliq solish» va shu kabi korxonalarning moliyaviy xo‘jalik faoliyatini turli jabxalarini o‘rganuvchi barcha boshqa iqtisodiy fanlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Ushbu fanlar beruvchi iqtisodiy bilimlarsiz, bir tomondan, audit fanining mohiyatini to‘liq tushunib bo‘lmaydi, ikkinchi tomondan auditni amaliy faoliyat sifatida o‘tqazib bo‘lmaydi. Bilimdan auditor bo‘lish ushbu tizim xodimlaridan barcha iqtisodiy bilimlar sohalarini nazariy asoslarini, shuningdek amaliy ko‘nikmalarini chuqur bilishni ta’qazo etadi.
14.3. Auditning metodi va unda qo‘llaniladigan usullar
Audit tekshirish ob’ektlarini makon va zamonda mavjudligiga, ularni doimiy rivojlanish dialektikasiga asoslanadi. Aynan shunday yondashish auditning faoliyat va fan sifatidagi metodini tashkil etadi.
Audit metodining mohiyati uning ob’ektlarini aks ettirish va o‘rganishda qo‘llaniladigan usullarning mazmunida o‘zining yorqin aksini topadi. Bunday usullar bo‘lib, jumladan, quyidagilar hisoblanadi (16-chizmaga qarang)
Auditning usullari
Hujjatlashtirish
Inventarizatsiya
Baholash
Kalkulyatsiya
Schyotlar
Ikki yoqlama yozuv
Balans
Hisobot
Sud-buxgalteriya ekspertizasi
Buxgalteriya hisobi va sud ekspertizasi
usullari
Tahlil va matematik-statistika usullari
Do'stlaringiz bilan baham: |