K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit
Download 1.67 Mb.
|
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов
Tashabbusli audit deganda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, shuningdek huquqni muhofaza qilish organlari tashabbusi bilan o‘tqaziladigan audit tushuniladi. Bunday auditning buyurtmachilari bo‘lib xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning o‘zlari, ularning investorlari, ta’sischilari, aksionerlari, shuningdek ochilgan jinoiy ishlarni yakunlash maqsadida auditni tayinlagan huquqni himoya qilish va boshqa nazorat organlari (prokuratura, sud, ichki ishlar organlari, soliq qonunchiligini buzilishiga qarshi kurashish deportamentlari) hisoblanadi. Tashabbusli audit kompleks va tematik harakterga ega bo‘lishi mumkin.
Tematik audit deganda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning, shuningdek boshqa qiziquvchi tomonlarning tashabbusi bilan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatiga tegishli bo‘lgan u yoki bu operatsiyalarni, jarayonlarni, aniq aktivlar va majburiyatlarni, moliyaviy munosabatlarni, buxgalteriya hisobining tegishli bo‘limlarini yoki hujjatlarini auditorlik tekshiruvidan o‘tqazish tushuniladi. Tematik auditda auditorlik xulosasi faqatgina tekshirish ob’ektiga nisbatan beriladi. Maqsadiga ko‘ra tematik audit tasdiqlovchi audit hisoblanadi, chunki uning natijasida auditorlar tekshirish ob’ekti bo‘yicha mavjud holatlarni harakatdagi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga mos kelish yoki kelmasligi to‘g‘risida xulosa beradilar. Iqtisodiy adabiyotlarda tematik auditni turlicha boshqa nomlar bilan ham ataydilar, masalan, moliyaviy audit, boshqaruv auditi va boshqalar. Moliyaviy audit – bu xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy holatiga baho berish maqsadida o‘tqazilgan audit.Ushbu audit korxonalarning o‘zlari, uning investorlari va ta’sischilari, aksionerlari, kuzatuv kengashi va nazorat organlari tashabbusi bilan o‘tqaziladi. Boshqaruv auditi deganda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish maqsadida amalga oshirilgan audit tushuniladi. Boshqaruv auditining ob’ekti bo‘lib xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning tashkiliy tuzilmalari (bo‘linmalari) faoliyati, xo‘jalik jarayonlari, ularga sarflangan harajatlar va boshqalar hisoblanadi. Ushbu audit xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, ularning ta’sischilari va investorlarining tashabbusi bilan o‘tqaziladi. Auditning asosiy vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: shartnomalarda ko‘rsatilgan kompleks yoki tematik audit ob’ektlari bo‘yicha harakatdagi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga amal qilinganlikni aniqlash, mavjud kamchiliklarni ochib berish; xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning buxgalteriya hisobi va hisoboti holatini baholash va unga xulosa berish; mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq tavsiyalarni ishlab chiqish; xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga hisobni yuritish, uni tiklash, soliq deklaratsiyalarini tuzish, mavjud kamchiliklarni bartaraf qilishda amaliy yordam ko‘rsatish, maslahatlar berish va boshqalar. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling