5.2. Auditning tashkiliy asoslari
Auditni tashkil etishni shartli ravishda quyidagi to‘rtta bosqichga bo‘lish mumkin:
Bosqich
| Bosqichning nomi va unda amalga oshiriladigan ishlar |
1- bosqich
|
Auditni boshlashga qadar bo‘lgan bosqich. Ushbu bosqichda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
audit o‘tqazuvchi sub’ektning yozma buyurtmasi qabul qilinadi;
audit o‘tqazuvchi sub’ektga audit o‘tqazishga auditor yuborilib, audit o‘tqazuvchi sub’ekt, uning hisob va hisobotining dastlabki holati o‘rganiladi, auditning ob’ektlari, ish hajmi, auditorlik xatarining darajasi belgilanadi;
audit o‘tqazuvchi sub’ekt nomiga audit o‘tqazish majburiyatini olish to‘g‘risida rozilik xati tayyorlanadi,ushbu xatda audit o‘tqazish bo‘yicha shartlar, jumladan auditorlik xatari darajasi, ko‘rsatiladi;
audit o‘tqazish bo‘yicha shartlar o‘zaro kelishilgandan so‘ng audit o‘tqazish to‘g‘risida shartnoma tuziladi;
auditning dasturi tuziladi va uni o‘tqazish grafigi belgilanadi.
Auditorlar o‘rtasida funksional majburiyatlar o‘zaro taqsimlanadi, ularga yordamchilar belgilanadi.
|
2- bosqich
|
Auditorlik tekshiruvini o‘tqazish bosqichi. Ushbu bosqichda tasdiqlangan dasturga muvofiq audit ob’ektlari tanlangan usullarda tekshirishdan o‘tqaziladi
|
3-bosqich
|
Auditorlik tekshiruvi natijalarini jamlash va rasmiylashtirish bosqichi. Ushbu bosqichda auditorlik tekshiruvi ma’lumotlari (isbotlari) har bir ob’ekt bo‘yicha jamlanadi. Ma’lumotlar (isbotlar) jadvallar ko‘rinishida jamlanadi. Barcha ma’lumotlar (isbotlar) jamlangach, yozma auditorlik hisoboti tayyorlanadi. Auditorlik hisobotida barcha kamchiliklar ko‘rsatiladi va ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |