K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit


-bosqich Auditorlik tekshiruvi natijalarini tadbiq etish bosqichi


Download 1.67 Mb.
bet249/277
Sana18.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1707960
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   277
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов

4-bosqich

Auditorlik tekshiruvi natijalarini tadbiq etish bosqichi. Ushbu bosqichda auditorlik tekshiruvi natijalari muhokama etiladi, aniqlangan chetlanishlar bo‘yicha tuzatishlar, qayta hisob-kitoblar amalga oshiriladi. Tuzatilgan hisobot bo‘yicha auditorlik xulosasi beriladi.

Quyida auditni tashkil etishning 1-bosqichida amalga oshiriladigan ishlarning va tuziladigan hujjatlarning mohiyatiga to‘xtalib o‘tamiz.




Audit o‘tqazuvchi sub’ektning yozma buyurtmasi – bu xo‘jalik yurituvchi sub’ektning auditorlik tashkilotiga bergan rasmiy xati –murojaatnomasi bo‘lib, unda qaysi hisobot davri uchun, qanday ob’ektlar bo‘yicha auditning aniq turini o‘tqazib berish bo‘yicha shartnoma tuzish so‘raladi. Yozma buyurtma buyurtmachi korxonaning rahbari tomonidan imzolanadi.
Buyurtmachida o‘tqaziladigan dastlabki kuzatishlar. Bunday kuzatishni auditorlik tashkilotining rahbari yoki uning vakil etib yuborgan auditori amalga oshiradi. Dastlabki kuzatishda korxonaning ta’sis hujjatlari o‘rganib chiqiladi, uning yuridik statusining to‘liqligi aniqlanadi, bosh kitob va moliyaviy hisobot ma’lumotlari dastlabki vizual nazoratdan o‘tqaziladi. Korxonaning moliyaviy xo‘jalik faoliyati ko‘rsatkichlari, jumladan bankrotlik belgilari o‘rganiladi, operatsiyalar va ularga tegishli hujjatlarning soni va xajmi aniqlanadi. Hujjatlarning sifati, ularning ma’lumotlarini hisob ma’lumotlari bilan uyg‘unligi tanlab tekshiriladi. Korxonada ichki nazorat tizimining mavjudligi, uning ta’sirchanligi baholanadi. Bu kuzatishlar audit tekshiruvi bo‘yicha ish xajmini aniqlashga, auditorlik xatarining darajasini belgilashga, shuningdek ish qiymatini kelishishga asos bo‘ladi.
Audit bo‘yicha ish hajmi . Auditorlik tekshiruvida auditorlar tomonidan bajariladigan ishning hajmi auditorlik tekshiruvining turiga, ob’ektlar soniga, operatsiyalar va ular bo‘yicha tuzilgan boshlang‘ich hujjatlar soniga, hisobni yuritish holati va usullariga, soliq to‘lovlari tarkibiga va boshqalarga qarab taxminlanadi. Ish hajmini har bir tekshiruv ob’ektiga sarflanishi mumkin bo‘lgan kunlar soniga qarab ham belgilash mumkin.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling