K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit


Korxonalar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlarining auditi


Download 1.67 Mb.
bet257/277
Sana18.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1707960
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   277
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов

16.2. Korxonalar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlarining auditi

Korxonalar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlarini audit tekshiruvidan o‘tqazishga asos bo‘lib «Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot», daromad va harajatlarni aks ettiruvchi vaqtinchalik schyotlarning Bosh kitobdagi hisob-varaqalarining ma’lumotlari, ularga guvohlik beruvchi boshlang‘ich va oraliq hujjatlar hisoblanadi. Moliyaviy –xo‘jalik faoliyatning asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha asosiy ob’ektlar, ularni tekshirish ketma-ketligi, tekshirishdan olinishi lozim bo‘lgan natijalar, shuningdek auditorlarning mumkin bo‘lgan xatarlari quyidagilardan iborat bo‘ladi.





Auditni o‘tqazish ketma-ketligi

Audit tekshiruvi natijalari

Mumkin bo‘lgan auditorlik xatari

1.Sof sotish hajmi bo‘yicha

1.Sotish turlari aniqlanadi
2.Schyot-fakturalar va kirim kassa orderlari bo‘yicha sotish hajmi hisobot davrlari bo‘yicha jamlab chiqiladi
3.Schyot-fakturalarni va kirim kassa orderlarining to‘g‘ri tuzilganligi, ishonchnomalarni borligi va haqqoniyligi, ulardagi baholarni shartnomalar bilan mosligi tekshiriladi.
4.Oldindan to‘lovsiz, barter, natura hollarida amalga oshirilgan sotish hajmlari aniqlanadi
5.Har oylik ma’lumotlar-ning Bosh kitobda 9010 «Mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlar», 9020 «Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar», 9030 «Bajarilgan ish va xizmatlardan olingan daromadlar», 9040 «Sotilgan tovarlarni qaytarilishi», 9050 «Haridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar» schyotlarining ma’lumotlari bilan uyg‘unligini tekshiriladi.
6.Hisobot davrlari ma’lumotlari «Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot»da aks ettirilgan ma’lumotlar bilan taqqoslab ko‘riladi.
7. Chetlanishlar bo‘yicha isbotu- dalillar to‘planadi



1.Sotish hajmi uning turlari bo‘yicha hisoblash tamoyiliga muvofiq tasdiqlanadi
2.Sotish xajmidagi chetlanishlar aniqlanadi
va isbotlanadi
3.Schyot-fakturalar va boshqa boshlang‘ich tasdiq
lovchi hujjatlardagi kamchiliklar ochiladi
4.Bosh kitobdagi noto‘g‘ri yozuvlar ko‘rsatiladi
5.Savdo Qoidalarini buzilishlari ko‘rsatiladi
6.Oldindan to‘lov bo‘lmagan hollar aniqlanadi
7.Barter hollari ochib beriladi
8.Natura to‘loviga yo‘l qo‘yilganlik hollari aniqlanadi
9.Chetlanishlarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar beriladi

1.Sotish xajmining haqiqiy summasi noto‘g‘ri topilishi mumkin
2.Schyot-fakturalar va boshqa boshlang‘ich hujjatlardagi kamchiliklar to‘liq ko‘rsatilmay qolinishi mumkin.
3.Savdo Qoidalari buzilganligi ko‘rsatilmay qolinishi mumkin
4.Oldindan to‘lovi bo‘lmagan sotish hollari aniqlanmay qolinishi mumkin
5.Barter hollari ochilmay qolinishi mumkin
6.Natura to‘loviga yo‘l qo‘yilganligi ochilmay qolinishi mumkin
7.Bosh kitobdagi noto‘g‘ri yozuvlar ko‘rsatilmay qolinishi mumkin
8.Chetlanishlarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar berilmay qolinishi yoki noto‘g‘ri berili-shi mumkin


Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling