Auditorlik tekshiruvi dasturi – bu auditor tomonidan tuziladigan, auditorlik tashkiloti rahbari va buyurtmachi tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadigan hujjat. Dastur o‘z ichiga tekshiriladigan ob’ektlar, jarayonlar, operatsiyalar, savollar ro‘yxatini, tekshirish muddatlarini, shuningdek jalb etiladigan auditor yordamchilarining familiyasi, ismi-sharifini va buyurtmachi tashkilot tomonidan jalb etiladigan ma’sul xodimlarning familiyasi va ismi-shariflarini oladi. Auditorlik dasturi shartnomaga ilova sifatida yoki alohida hujjat sifatida tasdiqlanadi. Auditorlik dasturidan namuna 5-ilovada keltirilgan.
Auditorlik tashkiloti rahbarining buyrug‘i –bu tuzilgan shartnoma va dasturga muvofiq xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga auditorlik teshiruviga safarbar etilgan auditorlar va ularning yordamchilari shaxslarini tasdiqlovchi hujjat. Ushbu buyruq auditorlik tashkilotida auditorlarga va ularning yordamchilariga bajargan ishlari uchun mehnat haqini hisoblashga ham asos bo‘ladi. Auditorlik tekshiruviga auditorlarni safarbar etish to‘g‘risidagi buyruqdan namuna 6-ilovada keltirilgan.
1.Quyidagilarning qaysi biri to‘g‘ri
a) audit Qonun ustivorligiga daxldor emas
b) audit Qonun ustivorligiga bo‘ysinadi
v) audit standartlari me’yoriy hujjat hisoblanmaydi
g) audit standartlari birinchi darajali me’yoriy hujjatdir
2.Auditor
a) malakali buxgalter
b) malaka sertifikatiga ega jismoniy shaxs
v) maxsus litsenziyaga ega jismoniy shaxs
g) taftishchi
3.Auditor yordamchisi
a) malaka sertifikatga ega jismoniy shaxs
b) litsenziyaga ega jismoniy shaxs
v) boshqaruvchi
g) auditorlik hisobotida imzo huquqiga ega bo‘lmagan auditorlik firmasi
xodimi
4.Quyidagilarni qaysi biri auditorlik tashkilotining huquqiga kirmaydi?
a) debitorlardan ma’lumotlarni tasdig‘ini so‘rash
b) buyurtmachi axborotlarini prokuraturaga yetqazish
v) moddiy javobgar shaxslardan tushintirishlar olish
g) korxona faoliyatini ta’sischilar yig‘ilishidagi muhokamasida qatnashish
Do'stlaringiz bilan baham: |