K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit
Download 1.67 Mb.
|
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xatolarni topa olmaslikdan vujudga keladigan xatar
- DR = AR / IR *CR
Nazorat tizimi xatari (CR) – bu auditorning korxonada mavjud ichki nazorat tizimining mavjud holatiga, uning ta’sirchanligiga bergan bahosidan kelib chiqadigan xatar. Ichki nazorat tizimining mavjudligi, uning haqiqatda kuchli ta’sirining borligi, samarali faoliyat ko‘rsatayotganligi auditorning xulosada kam xato qilishining muhim omili hisoblanadi. Nazorat tizimi xatarini past darajada belgilanishi, albatta, auditor tomonidan yig‘iladigan isbotlar sonini kamayishiga olib keladi, bu o‘z navbatida auditorning umumiy auditorlik xatarini oshishiga sababchi bo‘ladi.
Xatolarni topa olmaslikdan vujudga keladigan xatar (DR) deganda auditor tomonidan o‘tqazilgan auditorlik teshiruvida mavjud xatolarni topa olmaganligidan kelib chiqadigan xatar tushuniladi. Auditor isbot va dalillarni qanchalik kam to‘plasa, ushbu xatarning darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi, mos ravishda auditorning umumiy auditorlik xatari darajasi ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Auditor isbot va dalillarni qanchalik ko‘p to‘plasa, xatolarni topa olmaslikdan vujudga keladigan uning xatari shunchalik past bo‘ladi. Xatolarni topa olmaslikdan vujudga keladigan xatar darajasini umumiy auditorlik xatarining belgilangan darajasi, shuningdek ichki xo‘jalik xatari va nazorat tizimi xatarining belgilangan darajalaridan kelib chiqgan holda yuqorida keltirilgan matematik model bo‘yicha quyidagicha topish mumkin: DR = AR / IR *CR Misol. Aytaylik auditor dastlabki kuzatishda foyda solig‘i hisob-kitobi bo‘yicha xatar darajalarini taxminan quyidagicha baholadi: IR – 80 %, CR –70%, AR –1 %. Ushbu holda DR = 0,01 / 0,8 * 0,7 = 0,018 ya’ni umumiy auditorlik xatari o‘rtacha 1,8 % ni tashkil etadi. Aytaylik, korxona o‘rtacha bir yilda 10 mln. so‘m miqdorida foyda solig‘i to‘lovchi deb hisoblasak, auditorning tekshirish oldidan belgilagan umumiy xatari ushbu soliqni tekshirishda 180 ming so‘mgacha xatoga yo‘l qo‘yish ehtimolini bildiradi. Demak, DR – xatoni topa olmaslik ehtimoli qanchaliq katta bo‘lsa, noto‘g‘ri xulosa berish ehtimoli shunchalik bqori bo‘ladi. IR va CR darajalarini auditor qanchalik katta belgilasa, ya’ni ularga qanchalik ko‘p ishonchsizlik bilan qarab, isbotlar sonini oshirsa, AR ning belgilangan darajasi 1 foizdan oshmasa, xatoni topmaslik ehtimoli shunchalik kam bo‘ladi, bu -ishonchli auditorlik xulosasiga erishish mumkin degani. Auditorlik xatarlarining turlari bir-birlari bilan uzviy bog‘liq hisoblanadi. Ularning darajalarini to‘g‘ri baholash auditor tomonidan to‘plashi lozim bo‘lgan isbot va dalillarning sonini, ya’ni uning ish hajmini, to‘g‘ri aniqlashga imkon beradi. Auditorlik isboti sonlarining auditorlik xatari turlari darajasi bilan aloqalarini quyidagicha ifodalash mumkin:
Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling