K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit


Buxgalteriya hisobining tashkiliy shakllari


Download 1.67 Mb.
bet43/277
Sana18.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1707960
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   277
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов

3.2. Buxgalteriya hisobining tashkiliy shakllari

Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida Qonunga muvofiq (7-modda) korxonada buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish ma’suliyati bevosita uning rahbariga yuklatiladi.


Korxona rahbari, jumladan, qo‘yidagilarni ta’minlashi lozim:

  • Hisob va hisobotning ichki tizimini ishlab chiqish;

  • Xo‘jalik operatsiyalarini nazorat qilish tartibini belgilash;

  • Buxgalteriya hisobini to‘liq va aniq bo‘lishligi;

  • Hisob hujjatlarini butligi;

  • Moliyaviy hisobotni tashqi foydalanuvchilar uchun tayerlash;

  • Hisob-kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshishi va taqdim etilishi;

  • Imzo chekish huquqiga ega shaxslarni belgilash;

  • Korxona aktivlarini inventarizatsiya qilish muddatlarini va komissiyalarini belgilash, ularni o‘z vaqtida amalga oshishini nazorat qilish.

Qonunning 7-moddasiga muvofiq korxonada buxgalteriya hisobini tashkil qilish qo‘yidagi to‘rtta shakllardan birida amalga oshishi mumkin.

  1. Bosh buxgalter rahbarligidagi maxsus buxgalteriyani tashkil etish.

  2. Shartnoma asosida jalb etilgan buxgalterni xizmatidan foydalanish.

  3. Shartnoma asosida buxgalteriya hisobini yuritish vakolatini maxsus buxgalterlik (auditorlik) firmasiga yoki o‘z birlashmasining markaziy buxgalteriyasiga berish.

  4. Buxgalteriya hisobini rahbarning o‘zi tomonidan mustaqil olib borish.

Buxgalteriya hisobini tashkil qilishning birinchi shakli xodimlar soni ko‘p bo‘lgan, ish hajmi katta bo‘lgan korxonalarda (zavod, fabrika, kompaniya, shirkat xo‘jaligi, jamoa xo‘jaligi va boshqalar) qo‘llaniladi. Bu shaklda buxgalteriya hisobini korxonaning maxsus bo‘linmasi, ya’ni buxgalteriya olib boradi.
Buxgalteriya – bu korxonaning hisob-kitoblarni yurituvchi bo‘limi.
Buxgalteriya o‘z ishini, odatda, rahbariyat tomonidan tasdiqlangan “Korxona buxgalteriyasi to‘g‘risida Nizom”ga muvofiq yuritadi. Ushbu nizomda buxgalteriyaning maqsadi, vazifalari, tarkibiy tuzilishi, har bir tuzilmaning va uning lavozimli xodimlarining huquq va funksional majburiyatlari, javobgarliklari ko‘rsatiladi.
Buxgalteriya ishiga rahbarlikni bosh buxgalter olib boradi.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling