Shaxslar va guruhlarning motivatsiyasi ta'lim va rivojlanish sertifikatlash


Download 7.13 Kb.
Sana31.01.2024
Hajmi7.13 Kb.
#1818094
Bog'liq
2.Moliyaviy malumotlarning sifat xususiyatlari

Mоliyaviy mа’lumоtlаrning sifаt хususiyatlаri


Ma’lumki buxgalteriya hisobi ma’lum bir xo‘jalik yurituvchi sub’ekt to‘g‘risida moliyaviy ma’lumotlarni aniqlash, kayta ishlash va moliyaviy hisobot shaklida faoliyat yurituvchi sub’ektning moliyaviy holatiga qiziquvchi foydalanuvchilarga ma’lumotni yetkazib berishni amalga oshiradigan axborot tizimdir. Buxgalteriyaning maqsadi - turli foydalanuvchilarni ma’lumotga bo‘lgan ehtiyojini, ushbu ma’lumotni olish uchun eng kam sarf-xarajatlar bilan qondirishdir.

Buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalanuvchilar.


• sub’yekt faoliyatida bilvosita moliyaviy manfaatga ega bo‘lganlar.
Sub’yektdan tashqarida bo‘lib, unda bevosita moliyaviy manfaatga ega bo‘lganlarga quyidagilar kiradi:
• Mavjud va bo‘lg‘usi investorlar;
• Mavjud va bo‘lg‘usi kreditorlar;
• Xaridorlar.
• korxonani boshqaruvchilar;
  • Menejerlar

• sub’ektdan tashqarida bo‘lib, unda bevosita moliyaviy manfaatga ega bo‘lganlar;
O‘z navbatida buxgalteriya ma’lumotidan foydalanuvchilarning ushbu guruxlarini foydalanuvchilarning quyidagi turkumlariga ajratish mumkin

Sub’ekt faoliyatida bilvosita moliyaviy manfaatga ega bo‘lganlarga quyidagilar kiradi:


•Soliq organlari; Tartibga soluvchi organlar
•Statistik organlar;

Moliyaviy hisobotlarda aks ettiriluvchi axborotlar sifat xususiyatlari


Moliyaviy hisobotlar bir qator fundamental hisob-kitob taxminlari va shartliligi asosida tayyorlanadi.
Moliyaviy hisobotlardagi ko'pgina raqamlar ushbu taxminlarni amali`yotda amalga oshirishdan kelib chiqadi.
Moliyaviy hisobotlar – tadbirkorlik sub’ektining moliyaviy holati va moliyaviy natijalarining tartibga solingan ifodasidir. Moliyaviy hisobotlarning maqsadi turli foydalanuvchilar uchun iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda foydali bo‘lgan, tadbirkorlik sub’ektining moliyaviy holati, moliyaviy natijalari va pul oqimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ta’minlashdan iboratdir. Moliyaviy hisobotlar, shuningdek, rahbariyat tomonidan unga ishonib topshirilgan resurslar boshqarilishining natijalarini aks ettiradi. Ushbu maqsadga erishish uchun, moliyaviy hisobotlar tadbirkorlik sub’ektiga tegishli bo‘lgan quyidagi jihatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ta’minlaydi:
  • Aktivlar;
  • Majburiyatlar;
  • Kapital;
  • Daromad va xarajatlar, jumladan foyda va zararlar;
  • Mulk egalari tomonidan ularning mulk egalari sifatida amal qilishidagi qilingan qo‘yilmalar va ularga taqsimlanadigan summalar;
  • Pul oqimlari.

Foydali moliyaviy ma’lumotning sifat tavsiflari
Foydali moliyaviy ma’lumotning sifat tavsiflari moliyaviy hisobotda taqdim etiladigan moliyaviy ma’lumotga, shuningdek boshqa tarzda taqdim etiladigan moliyaviy ma’lumotga nisbatan qo‘llanadi. Hisobot beruvchi tashkilotning foydali moliyaviy ma’lumotni taqdim etishga sarflar bilan bog‘liq imkoniyatini muqarrar cheklash mazkur holda ham qo‘llanadi. Lekin, sifat tavsiflarini va sarflarga nisbatan cheklovni qo‘llashda baholanadigan jihatlar turli ma’lumot turlari uchun farqlanishi mumkin. Masalan, ularni prognoz ma’lumotga nisbatan qo‘llash ularni mavjud iqtisodiy resurslar va talab qilish huquqlari, shuningdek mazkur resurslar va talab qilish huquqlaridagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotga nisbatan qo‘llashdan farqlanishi mumkin.

Fundamental sifat tavsiflari o‘rinlilik va ro‘yi-rost taqdim etishdan iborat


O‘rinli moliyaviy ma’lumot foydalanuvchilar tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga ahamiyatli ta’sir ko‘rsatishga qodir. Ma’lumot hatto ayrim foydalanuvchilar undan o‘zi uchun manfaatli foydalanmaslikka qaror qilgan yoki allaqachon uni boshqa manbalardan olgan taqdirda ham qaror qabul qilishga ahamiyatli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Agar moliyaviy ma’lumot prognoz qiymatiga yoki tasdiqlash qiymatiga yoki har ikkisiga ega bo‘lsa, u qarorlarga ahamiyatli ta’sir ko‘rsatishga qodir hisoblanadi.

Ma’lumotlar foydaliligi


Ma’lumot foydali bo‘lishi uchun u ham o‘rinli bo‘lishi, ham nimani taqdim etishga mo‘ljallangan
bo‘lsa, shuni ro‘yi-rost taqdim etishni ta’minlashi lozim. O‘rinli bo‘lmagan iqtisodiy hodisani
ro‘yi-rost taqdim etish ham, o‘rinli iqtisodiy hodisani ro‘yi-rost taqdim etmaslik ham
foydalanuvchilarga to‘g‘ri qarorlar qabul qilishga yordam bermaydi.
Ayrim hollarda, iqtisodiy hodisalar to‘g‘risida foydali ma’lumot taqdim etishdan iborat bo‘lgan moliyaviy hisobotlar taqdim etishning maqsadiga erishish uchun asos bo‘ladigan sifat tavsiflari o‘rtasida optimal nisbatni tanlash zarur bo‘lishi mumkin.

Ma’lumotning foydaliligini oshiradigan sifat tavsiflari


Qiyosiylik, tekshiriluvchanlik, o‘z vaqtida taqdim etish va tushunarlilik o‘rinli va nimani taqdim etishga mo‘ljallangan bo‘lsa, shuni ro‘yi-rost taqdim etishni ta’minlaydigan ma’lumotning foydaliligini oshiradigan sifat tavsiflari hisoblanadi. Ma’lumotning foydaliligini oshiradigan sifat tavsiflari, agar ikkala usul teng darajada o‘rinli ma’lumot taqdim etadi va ushbu iqtisodiy hodisani teng darajada ro‘yi-rost taqdim etishni ta’minlaydi deb hisoblansa, bunday iqtisodiy hodisani aks ettirish uchun ikkita usuldan qaysi biridan foydalanish lozimligini aniqlashga ham yordam berishi mumkin.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!

  • E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!

Download 7.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling