K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit


Asosiy vositalarni ko‘payishining hisobi


Download 1.67 Mb.
bet57/277
Sana18.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1707960
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   277
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов

4.1.2. Asosiy vositalarni ko‘payishining hisobi.

Asosiy vositalar yangi kapital investitsiyalarni kiritish, ularni bepul kelib tushishi, ta’sis badali sifatida kirim qilinishi evaziga ko‘payishi, shuningdek ularning boshlang‘ich qiymati qayta baholash hisobidan oshishi mumkin.


Kapital investitsiyalar – bu yangi ob’ektlarni qurishga, eski ob’ektlarni kengaytirish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilishga, shuningdek yangi asosiy vositalarni sotib olishga sarflangan mablag‘lar majmuasi. O‘zbek tili lug‘atida bu so‘zning «kapital qo‘yilmalar» nomli sinonimi ham mavjud.
Xalqaro standartlarda va O‘zbekiston Respublikasining milliy standartlarida (BHMS № 5, 17) bu harakterdagi harajatlar asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatini ko‘paytiradigan harajatlar deb tan olinadi.
Kapital investitsiyalar harakteriga ko‘ra ichki investitsiya hisoblanadi, ular bevosita korxonaning qudratini oshirishga yo‘naltirilgan mablag‘lardir.
Kapital investitsiyalar ikki usulda amalga oshirilishi mumkin: pudrat usulida va xo‘jalik usulida.
Pudrat usulidagi kapital investitsiyalar 17 – son BHMS «Kapital qurilishga doir pudrat shartnomalari» ga muvofiq pudratchi, ya’ni qurib beruvchi, va buyurtmachi o‘rtasida tuziladigan pudrat shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Pudratchi shartnomaga muvofiq yangi ob’ektni qurish, mavjud ob’ektlarni kengaytirish, rekonstruksiya yoki modernizatsiya qilish kabi ishlarni bajaradi. Buyurtmachi esa shartnomada ko‘rsatilgan bajarilgan ishlar uchun pudratchiga haq to‘laydi. Bajarilgan ishlar bosqichma–bosqich yoki to‘lig‘icha komissiya tomonidan qabul qilinishi mumkin. Bosqichma-bosqich usulda pudratchi ishning tugatilgan qismini qabul qilish-topshirish dalolatnomalariga asosan buyurtmachiga topshiradi. To‘lig‘icha usulda shartnomada ko‘rsatilgan ish to‘lig‘icha bajarilgandan so‘ng qabul qilish-topshirish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Birinchi usulda buyurtmachi uchun ishning qabul qilingan bosqichi qiymati, ikkinchi usulda esa to‘lig‘icha qabul qilingan ish qiymati kapital investitsiya summasini tashkil etadi.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling