K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit


Xo‘jalik usulidagi kapital investitsiyalar


Download 1.67 Mb.
bet58/277
Sana18.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1707960
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   277
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов

Xo‘jalik usulidagi kapital investitsiyalar korxonaning o‘z kuchi bilan amalga oshirilgan yangi qurilish, kengaytirish, rekonstruksiya yoki modernizatsiya ishlarining qiymatidan tashkil topadi. Bu usulda barcha ishlar korxonaning maxsus balansga ajratilmagan qurilish guruhi yoki bo‘limi tomonidan tasdiqlangan loyiha va harajat smetalariga muvofiq amalga oshiriladi. Bajarilgan ish xuddi pudrat usulidagidek bosqichma-bosqich yoki to‘lig‘icha komissiya tomonidan qabul qilinadi va tegishli dalolatnomalar bilan rasmiylashtiriladi.
Pudrat yoki xo‘jalik usulida amalga oshirilgan kapital investitsiyalarning hisobi schyotlar rejasida ko‘zda tutilgan № 0800 «Kapital qo‘yilmalar hisobi schyotlari» yordamida hisobga olinadi. 21-son BHMSda asosiy vositalarga doir kapital investitsiyalarni hisobga olish uchun qo‘yidagi schyotlar ko‘zda tutilgan:

  • 0810 «Tugallanmagan qurilish»

  • 0820 «Asosiy vositalarni sotib olish»

  • 0840 «Asosiy podani shakllantirish»

  • 0890 «Boshqa kapital qo‘yilmalar»



0810 «Tugallanmagan qurilish» schyoti pudrat va xo‘jalik usullarida olib borilgan yangi qurilishga sarflangan kapital investitsiyalarning hisobi uchun mo‘ljallangan. Uning debetida sarflangan kapital qo‘yilmalar to‘g‘risida ma’lumotlar jamlanadi, kreditida esa kapital investitsiya summasini asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatiga kiritilishi aks ettiriladi. Schyotning qoldig‘i faqat debet tomonida bo‘lib, u tugallanmagan qurilishga to‘g‘ri keladigan kapital qo‘yilmalar summasini ko‘rsatadi.
0820 «Asosiy vositalarni sotib olish» schyoti korxonaning yangi asosiy vositalarni sotib olishga yo‘naltirgan kapital investitsiyalarini hisobga olishga mo‘ljallangan. Ushbu schyotning debetida ta’minotchidan qabul qilingan asosiy vositaning qiymati, shuningdek uni tashib keltirish, o‘rnatish, montaj qilish va boshqa harajatlari aks ettiriladi, kreditida esa schyotning debetida to‘plangan summani asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatiga kiritilishi ko‘rsatiladi. Debet va kredit oborotlari summalari teng bo‘lganligi uchun bu schyot saldoga ega bo‘lmaydi.



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling