Debet 2010 «Asosiy ishlab chiqarish»;
Kredit 6710 «Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisob-kitoblar». ATV haydovchilariga hisoblangan mehnat haqi summasiga nisbatan belgilangan stavkalarda ijtimoiy sug‘urtaga qilingan majburiy ajratma summasiga quyidagi yozuv beriladi:
Debet 2010 «Asosiy ishlab chiqarish»;
Kredit 6520 «Davlatning maqsadli fondlariga to‘lovlan>.
Yordamchi ishlab chiqarish va umumishlab chiqarish xodimlariga hisoblangan barcha turdagi mehnat haqi summalari buxgalteriya hisobida mos ravishda quyidagi yozuvlar bilan aks ettiriladi:
Debet 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish»;
2510 «Umumishlab chiqarish xarajatlari»;
Kredit 6710 «Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisob-kitoblar».
Mos ravishda ushbu xodimlarga hisoblangan mehnat haqi summasiga nisbatan belgilangan stavkalarda ijtimoiy sug‘urtaga qilingan majburiy ajratma summasiga quyidagi yozuv beriladi:
Debet 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish»;
2510 «Umumishlab chiqarish xarajatlari.
Kredit 6520 «Davlatning maqsadli fondlariga to‘lovlar».
Yordamchi ishlab chiqarish va umumishlab chiqarish xarajatlariga olib borilgan mehnat haqi hamda ijtimoiy sug‘urtaga majburiy to‘lovlaming bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmatjlar tannarxiga kiritilishiga quyidagi yozuv qilinadi:
Debet 2010 «Asosiy ishlab chiqarish»;
Kredit 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish»;.
2510 «Umumishlab chiqarish xarajatlari».
Bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lar tannarxga kiritiladigan mehnatga haq to dash xarajatlarining tahliliy hisobi avtotransport korxonalarining alohida olinganjavobgarlik markazlari (garaj, ustaxona, AY OQSH, yuvish kompleksi va boshqalar) bo‘yicha 10 jumal-orderda olib boriladi.
Amortizatsiya xarajatlarining hisobi
Avtotransport korxonalarida bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmatjlar tannarxiga bevosita ulaming ynritilishigaaloqador bo'lgan asosiy vositalar hamda nomoddiy aktivlargahisoblangan amortigatsiya (eskirish) snmmalari kiritiladi. Ushbu aktivlarga amortizatsiya (eskirish) hisoblash respublikamizning 5-son BUMS «Asosiy vositalar» hamda 7-son BHMS «Nomoddiy aktivlar»da nazarda tutilgan usullarga, ya’ni bir maromda hisobkish usuli, bajarilgan ish hajmigamutanosib hisoblash nsuli, kumulyativ usul hamda kamayib boruvchi qoldiq qiymatdan hisoblash usuliga asosan amalgaoshiriladi.
Quyida amortizatsiya (eskirish) hisoblash usullarini avtotransport korxonalarida qodlashdagi xususiyatlarni, ularning afzalliklari va kamchiliklarini avtotransport vositalari misolida ko‘rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |