bob. SAVDO KORXONALARIDA DAROMADLAR,
XARAJATLAR VA YAKUNIY MOLIYAVIY NATIJALAR
HISOBINING XUSUSIYATLARI
Savdo korxonalarida daromadlar hisobi Sotishdan olingan daromadlarning hisobi. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining tovarlami sotishdan olingan daromadlari 21 - son BHMSga muvofiq 9020 “Tovarlami sotishdan olingan daromadlar” schotining kredit aylanmasidan 9040 “Sotilgan tovarlaming qaytarilishi” va 9050 “Xaridor va buyurtmachi larga berilgan chegirmalar” schotlarining debet aylanmalari summalarini ayirish yo‘ li bilan topiladi.
Sotilgan tovarlaming qaytarilishi va xaridorlarga berilgan cheginnalar ular yuz bergan hisobot davrida quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 9040 “Sotilgan tovarlaming qaytarilishi”;
9050 “Xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar”;
Kredit 4010 «Xaridorlardan olinadigan schotlar».
Sotilgan tovarlamingqaytaiilishivaxaridorlaigaterilgrinchegimTalamihisobga oluvchi schotlamingyopilishi hisobot davri oxiridaquyidagicha aks ettiriladi: Debet 9020 «Tovarlarni sotishdan olingan daromad»;
Kredit 9040 “Sotilgan tovarlaming qaytarilishi”;
9050 “Xaridor va buyurtmachilarga berilgan cheginnalar”.
Hisobot davri oxirida sotishdan olingan sof tushumning yakuniy moliyaviy natijalar schotiga yopilishiga quyidagicha yozuv qilinadi:
Debet 9020 «Tovarlami sotishdan olingan daromad»;
Kredit 9910 “Yakuniy moliyaviy natija”.
Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlarning hisobi. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlari 21 -son BHMSga muvofiq quyidagi schotlarda hisobga olinadi: 9310 “Asosiy vositalarning chiqimidan olingan foyda” - bu
schotda savdo korxonalari o‘zlarining asosiy vositalarini sotishdan va boshqa chiqimlaridan olgan foydasini hisobga olishda foydalanadilar. Schotning kreditida olingan foyda yil mobaynida to‘planib boradi. Ushbu foyda asosiy vositalarning sotish qiymatidan ulaming qoldiq qiymatini ayirgandan qolgan summa, shuningdek oldingi davrlarda amalga oshirilgan qayta baholashdan vujudga kelgan rezerv kapitali summasidan iborat bo‘ladi. Ushbu foyda summasi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi.
Debet 9210 “Asosiy vositalaming chiqimi”;
Krcdit 9310 “Asosiy vositalaming chiqimidan olingan foyda”.
Do'stlaringiz bilan baham: |