K. B. Urazov, S. V. Vaxidov boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xu su si yatl ari


Debet 9120 «Sotilgan tovarlar tannarxi» Kredit


Download 6.22 Mb.
bet258/269
Sana18.06.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1583758
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   269
Bog'liq
boshqa tarmoqda bux.

Debet 9120 «Sotilgan tovarlar tannarxi»
Kredit 2910 «Ombordagi tovarlar».
Chakana savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida tovarlami savdo ustamalari bilan birgalikda hisobga olinishi, shuningdek tovailaming uzluksiz tizimini sotish jarayonidaqoMlashning imkoniyati bo‘lmaganligi sababli sotish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar, ya’ni sotilgan tovarlar tannarxini sotish paytida aniqlab boMmaydi. Shuning uchun oy oxirida sotilgan tovarlarning tannarxi (St) tovarlarni sotishdan olingan daromad (Sd) summasidan sotilgan tovarlarga to‘g‘ri keladigan savdo va umumiy ovqatlanish ustamalari (Su)ni ayirish orqali topiladi, ya’ni:
St = Sd - Su
Chakana savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida sotish tannarxiga kiritilgan xarajatlar yoki sotilgan tovarlarning tannarxi quyidagi ketma- ketlikda topiladi: Birinchidan, 9020 «Tovarlami sotishdan olingan daromadlar» schotining kredit aylanmasi asosida naqd pulga, kreditga, mayda ulgurj i tarzda, ish haqi hisobidan va boshqa sotish turlaridan ol ingan daromad summasianiqlanadi. Ikkinchidan, 2980 «Savdo ustamasi»

  1. jadval

Sotilgan tovarlarga to‘g‘ri keladigan savdo ustamalarining
hisob- kitobi

Л*

Savdo do4kon

Savdo

ustamasi (2980

schot)

Sotilgan
tovarlar
summasi
(9020-
schotning
kredit
aylanmasi)

Bosh qoldiq (kredit)

kirim
qiiingan
tovarlarga
qo'yilgan
ustama
(kredit
aylanmasi)

Jami
(1+2)

A

в

i

2

3

4

i.

«Xo‘ialik tovarlari»

60000

300000

360000

1600000

2

«Oziq -ovqatlar»

50000

500000

550000

2800000




Shu kitbi btishtfa/ar
















Jami

110000

800000

910000

4400000







Oy oxiridagi tovarlar summasi (2920- sehotning qoldig'i)

Jami tovarlar summasi (4+5)

Savdo ustamasi- ning o‘rtacha foizi
(3/6*100)

Qoldiq
tovarlarga
to'g'ri
keladigan
savdo
ustamasi
(7*5/100

Sotilgan tovarlarga to'g‘ri keladigan savdo ustamasi (3-8)

5

6

7

8

9

400000

2000000

18%

72000

288000

500000

3300000

16.7 %

83500

466500
















900000

5300000

17,28 %

155500

754500




schotining kreditida aks ettirilgan qoldiq tovarlarga to‘g‘ri keluvchi va kirim qilingan tovarlarga qo‘yilgan savdo ustamalari asosida sotilgan tovai'larga to‘g‘ri keluvchi savdo ustamasining miqdori maxsus hisob-kitob orqali topiladi. Ushbu hisob-kitob barcha savdo shoxobchalari bo‘yicha quyidagi tarzda amalga oshiriladi (27.1 -jadvalga qarang).


Uchinchidan, sotishdan olingan daromad summasidan sotilgan tovarlarga to‘g‘ri keluvchi savdo ustamasini ayirish orqali sotilgan tovarlaming tannarxi aniqlanadi. Yuqoridakeltirilgan ma’lumotlar bo‘yicha ushbu summa 3645500 so‘mni tashkil qilgan (4400000- 745500).

  1. -jadvalda keltirilgan hisob- kitoblarga asosan sotilgan tovarlaming tannarxi 21 - son BUMS ga muvofiq schotlarda quyidagicha aks ettiriladi:

  • Debet'>Sotilgan tovarlarni sotish baholarida hisobdan chiqarilishiga:

Debet 9120 «Sotilgan tovarlar tannarxi» - 4400000;
Kredit 2920 «Chakana savdodagi tovarlar» - 4400000.

  • Sotilgan tovarlarga to ‘g ‘ri keluvchi savdo ustamasi summasiga:

Debet 2980 «Savdo ustamasi» -754500;
Kredit 9120 «Sotilgan tovarlar tannarxi» - 754500.
9120 «Sotilgan tovarlaming tannarxi» schotining debet va kredit aylanmalari farqi (bizning misolda 3645500 so‘m)jami sotilgan tovarlaming tannarxini bildiradi va ushbu summa korxonaning oxirgi moliyaviy natijalarini aks ettiruvchi 9910 «Oxirgi moliyaviy natija» schotga o‘tkaziladi,ya’ni:
Debet 9910 «Oxirgi moliyaviy natija» -3645500;
Kredit 9120 «Sotilgan tovarlar tannarxi» - 3645500.
Chakana savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida sotish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar, ya’ni sotilgan tovarlar tannarxi davriy hisob tizimida boshqacha tartibda ham aniqlanishi mumkin. Ushbu tartibga ko‘ra savdo korxonasida 9120 “Sotilgan tovarlaming tannarxi” qo‘llanilmaydi, uning o‘ miga 9140 “Davriy hisob usulida TMB ni sotib olish” va 9150 “Davriy hisob usulida TMB bo‘yicha tuzatishlar” vaqtinchalik schotlaridan foydalaniladi. Tovarlarni sotib olinishi tannarxi bo‘yicha dastlab 9140 “Davriy hisob usulida TMB ni sotib olish” schotining debetida va 6010 «Ta’minotchilarga todanadigan schotlar» schotining kreditida aks ettiriladi. Oy oxirida inventarizatsiya qilish yo‘ li bilan tovarlaming haqqoniy qolgan qoldig‘i topiladi. Topilgan oxirgi qoldiq summasi 2920 «Chakana savdodagi tovarlar» schotining bosh qoldig‘i bilan taqqoslanadi va aniqlangan farq 9150 “Davriy hisob usulida TMB bo‘yicha tuzatishlar” schotida aks ettiriladi. Chunonchi, oxirgi qoldiq summasi bosh qoldiq smnmasidan ko‘p boTsa, u holda farq summasiga quyidagichayoziiv qilinadi:
Debet 2920 «Chakana savdodagi tovarlar»;
Kredit 9150 “Davriy hisob usulida TMB bo‘yicha tuzatishlar”.
Agar oxirgi qoldiq summasi bosh qoldiq summasidan kichik boTsa, u holda farq summasigaquyidagicha yozuv qilinadi:
Debet 9150 “Davriy hisob usulida TMB bo‘yicha tuzatishlar”; Kredit 2920 «Chakana savdodagi tovarlar».
Hisobot davri oxirida 9140 “Davriy hisob usulida TMB ni sotib olish” schotining debetida to‘plangan, shuningdek 9150 “Davriy hisob usulida TMB bo‘yicha tuzatishlar” schotining debeti yoki kreditida to‘plangan summa to‘lig‘icha 9910«Yakuniymoliyaviy natija»schotigao‘tkaziladi. Bunda Debet 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» Kredit 9140 “Davriy hisob usulida TMB ni sotib olish” va 9150 “Davriy hisob usulida TMB bo‘yicha tuzatishlar” yozuvlari summalarining yig‘ indisi jami sotish tannarxiga kiritilgan xarajatlar ya’ni sotilgan tovarlar tannarxi summasini ifodalaydi. Agar tovarlaming oy oxiridagi qoldigT oy boshidagi qoldig‘idan katta boTsa, bu holda sotilgan tovarlar tannarxi Debet 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» Kredit 9140 “Davriy hisob usulida TMB ni sotib olish” yozuvi summasidan Debet 9150 “Davriy hisob usulida TMB bo‘yicha tuzatishlar” Kredit 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» yozuvining summasini ayirish orqali topiladi.
Davr xarajatlarining hisobi. Savdo korxonalarida davr xarajatlariga tovarlarni sotishga, ma’muriy-boshqaruviga va boshqa operasion faoliyatiga doir xarajatlar kiradi.
21 -son BHMS ga muvofiq savdo korxonalarining davr xarajatlari hisobi boshqa korxonalar singari quyidagi schotlarda olib boriladi:
9410 “Sotish xarajatlari”- ushbu schotning debetida yil mobaynida sotishga doir xarajatlar (reklama xarajatlari, sotish bilan bogTiq xodimlaming ish haqi, ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar, amortizatsiya xarajatlari, tashish va boshqa shu kabi sotish bilan bogTiq xarajatlar) aks ettiriladi. Xarajatlaming aniq turlari ushbu schotning debetida va bu xarajatlami ifodalovchi schotlaming kreditida (5110,5010,6710,6520, 6990 va boshqa schotlar) aks ettiriladi.
9420 “Ma‘muriy-boshqaruv xarajatlari”- ushbu schotning debetida yil mobaynida boshqaruvga doir xarajatlar (ish haqi, ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar, amortizatsiya xarajatlari, safar xarajatlari, telefon aloqasi va boshqa shu kabi boshqaruv bilan bogliq xarajatlar) aks ettiriladi. Xarajatlarning aniq turlari ushbu schotning debetida va bu xarajatlami ifodalovchi schotlaming kreditida (0200,0500,1000,5110,5010,6710,

  1. va boshqa schotlar) aks ettiriladi.

9430 “Boshqa operasion xarajatlar” - ushbu schotning debetida yil mobaynida savdo korxonalarining sotish va boshqaruvdan tashqari umumfaoliyatiga doir davr xarajatlari (moddiy yordam, kompensasion to‘lovlar, mulkni sotishdan va berishdan ko‘rilgan zararlar, turli xizmatlar va boshqa shu kabi operasion xarajatlar) aks ettiriladi. Xarajatlarning aniq turlari ushbu schotning debetida va bu xarajatlami ifodalovchi schotlaming kreditida (1000, 5110, 5010, 6400, 6710, 6520, 6990, 9210,9220 va boshqa schotlar) aks ettiriladi.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling