Mollar vaparrandalarni jo ‘natish-qabul qilish tovar-transport nakladnoyi (1-k/x(chor)). Bu hujjatga asosan xaridor va buyurtmachilarga sotilgan hayvonlar hisobga olinib, jo‘natilgan mollar bosh soni, tirik vazni va boshqa ma’lumotlar aks ettiriladi.
Mollar va parrandalarni hisobdan chiqarish dalolatnomasi (100-shakl). Ushbu hujjat mollar so‘yilganda, kasalligi tufayli nobud bo‘ lganda tuziladi, unda mollaming hisobdan chiqish sabablari ko‘rsatiladi.
Schot-faktura. Bu hujjat o‘stirishdagi va boquvdagi mollaming chetdan sotib olinishi va chetga sotilishida tuziladi. Nasldor bo‘lgan yosh mollar bo‘yicha schot fakturalarga ulaming «nasldorlik guvohnomasi ilova qilinadi.
Sutkalik yosh parrandalarning chiqishi va saralash dalolatnomasi (106-shakl). Ixtisoslashganxo‘jaliklarda inkubatsiyadan chiqqan jo‘ja va boshqa parrandalami hisobga olishda tuziladi.
Chorvalik fermalaridao‘stirishdagi vaboquvdagi mollami hisobga olish daftari (34-shakl) yuritiladi. Ushbu daftarda yuqorida nomlari keltirilgan hujjatlar asosida hayvon va parrandalar tai'kibidagi o‘zgarishlar hisobi yuritiladi. Har oyning oxirida daftardagi ma’lumotlar jamlanadi ular asosida “Mollar va parrandalar harakati to‘g‘risida hisobot” (102-shakl) tuziladi. Ushbu hisobot ikki nusxadatuzilib, birnusxasi fennada, ikkinchi nusxasi boshlang‘ich hujjatlar ilova qilingan holda buxgalteriyaga topshiriladi.
0‘stirishdagi vaboquvdagi mollaming, chunonchi qoramol, cho‘chqa, ishchi hayvonlar, qo‘y va echkilarning bolalari, boquvga qo‘yilgan hayvonlar, asosiy podadan brak qilinib bo‘rdoqiga qo‘yilgan hayvonlar, parrandalar, yovvoyi hayvonlar, quyonlar, asalari oilalari va boshqa hayvonlaminghisobi 1110 «0‘stirishdagi vaboquvdagi mollar» schotida olib boriladi. Ushbu hayvonlami saqlash xarajatlari 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” schotlartizimining “Chorvachilik” schotida hisobga olib boriladi.
1110 “0‘stirishdagi vaboquvdagi hayvonlar” schotida ulaming harakati quyidagi yozuvlar bilan aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |