«Mehnatga haq to‘lash va ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar»
moddasida bevosita ekin o‘stirish bilan band bo‘lgan ishchilar mehnatiga haq to‘lash, navbatdagi va qo‘shimcha ta’tillarga haq to‘lash hamda bu summalarga nisbatan hisoblangan tegishli ijtimoiy sug‘urta ajratmalari hisobga olinadi. Bu xarajatlar boshlang‘ich hujjatlar asosida bevosita tegishli ekinlar va ish turlariga o‘tkaziladi. Qo‘shimcha mehnat haqi summalari to‘g‘ri ish haqiga mutanosib taqsimlanadi.
«Urug‘Iik>> moddasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun sarflangan urug‘liklarhisobgaolinadi. Urugdami ekishgatayyorlash, ulami ekishjoyigatashib keltirish xarajatlari urugdar qiymatigakiritilmaydi, balki ekinlarga tegishli xarajatlar moddalari bo‘yichao‘tkaziladi.
«0‘g‘it» moddasida qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun tuproqqa solinadigan o‘g‘itlar, shu jumladan sanoatda ishlab chiqiladigan mineral, bakterial vaboshqa o‘g‘itlar hamda organik o‘g‘itlar xarajatlari hisobga olinadi. Xarajatlar tahliliy hisobga olishda mineral va organik o‘g‘itlar bo‘yicha alohidaaks ettiriladi. 0‘g‘itlarni tayyorlash vayerga solish xarajatlari bevositamuayyan qishloq xo‘jaligi ekinigategishli xarajatlar moddalari bo‘yichao‘tkazilib, bumoddagakiritilmaydi.
«0‘simliklarni himoya qilish vositalari» moddasida begona o‘tlar, qishloq xo‘jaligi ekinlari zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashda ishlatiladigan pestitsid, kimyoviy dorilar, gerbitsid va boshqa kimyoviy, shuningdek biologik vositalami xarid qilish va saqlash xarajatlari kiritiladi. Xo'jalikning o‘zi bu vositalar bilan ko'chatlar, ekinlarga ishlov beigandagi xarajatlar moddalari bo‘yicha ekinning tannarxiga o‘tkaziladi.
«Ish va xizmatlar» moddasi o‘z korxonasining ishlab chiqarish ehtiyojlarini qonduruvchi yordamchi ishlab chiqarishlaming xizmatlari hamda shu korxonaga boshqa korxona va tashkilotlar tomonidan ko‘rsatiladigan ishlab chiqarish xarakteridagi xizmatlarga haq to‘lash xarajatlari aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |