Dehqonchilik - moddiy ishlab chiqarish bo‘lib, o‘z ichiga quyidagi jarayonlami oladi:
yerni ekishga tayyorlash - shudgorlash, zaxni qochirish, juyaklash va boshqalar;
е/г/л/7-niholni o‘stirish, urug‘ni ekishga tayyorlash, uni qadash, baranalash;
parvarishlash - sug‘orish, kultivatsiya, dorilash, chopish, yaganalash va boshqalar;
hosilniyig ‘ib olish - hosilni terish, tashish, omborlarga topshirish va saqlash.
Mos ravishda, dehqonchilik ishlab chiqarish xarajatlari o‘z ichiga quyidagilami oladi:
yerni ekishga tayyorlash xarajatlari;
ekish xarajatlari;
ekinni parvarishlash xarajatlari;
hosilni yig‘ib olish, omborgayetkazish va uni saqlash bilan bog‘liq barcha xarajatlar.
Dehqonchilik ishlab chiqarish xarajatlarini turli belgilari bo‘yicha tasniflash mumkin.
Moddiyligiga ko‘ra ular moddiy va nomoddiy bo‘lgan xarajatlarga bo‘linadi. Moddiy xarajatlar dehqonchilikkasarflanganurug‘liklar,o‘g‘it, dori-darmonlar, yem-xashaklar va boshqa materiallar hisoblanadi. Moddiy bo‘lmagan xarajatlarga ish haqi, ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar, amortizatsiya, sug‘urta, ish va xizmatlarga doir xarajatlar kiritiladi.
Tannarxga kiritish usuliga ko‘ra dehqonchilik xarajatlari bevosita va bilvosita xarajatlarga bo‘ linadi. Bevosita xarajatlar bo‘ lib dehqonchilikka sarllangan bevosita material xarajatlari, bevosita mehnat haqi xaraj atlari va boshqa xarajatlar hisoblanadi. Bilvosita xarajatlarga amortizatsiya, yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari, umumishlab chiqarish xarajatlari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |