K Bajardi; Ibragimov. R qabul qildi; Jamolova. G elektron sxema simulyatorlari. Elektr kattaliklar va ularni tadqiq etish


Passiv iste’molchilarning ulanish sxemalarini analizi


Download 485.83 Kb.
bet7/7
Sana27.10.2023
Hajmi485.83 Kb.
#1728000
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Elektronika va sxemalar fani

Passiv iste’molchilarning ulanish sxemalarini analizi

Yqorida ko‘rib o‘tilganidek, passiv elementlarning ulanish sxemalari ketma - ket, parallel va aralash bog‘lanishda bo‘lishi mumkin.


Ketma - ket bog‘lanish deb, har bir elementdan o‘tayotgan tokning qiymati bir xil bo‘lgan holatdagi bog‘lanishga aytiladi. 5.5-rasm, a,b dagi sxema uchun Kirxgofning ikkinchi qonuniga binoan

U1+U2+...+Un=U,


yoki

R1I+R2I+...+RnI=RekvI,
bundan

Rekv=R1+R2+...+Rn. (2.15)
Ketma-ket ulangan elementlarning ekvivalent qarshiligi, elementlar qarshiligining yig‘indisidan iborat. Zanjirdagi tok

I=U/Rekv , (2.16)
n - elementning kuchlanishi uchun

Un=RnU/Rekv (2.17)
n - elementda iste’mol qilinayotgan quvvat:
 (2.18)

5.5– rasm.
5.6-rasm, a da elementlar qarshiliklari parallel ulangan sxema berilgan. Hamma elementlar A va V tuguni oralig‘ida joylashgan. Tugunlar orasidagi kuchlanish manba kuchlanishiga teng. SHuning uchun har bir tarmoq toki

munosabatlar bilan aniqlanadi.


5.6 – rasm.
5.6-rasm, a dagi sxema uchun Kirxgofning birinchi qonuniga binoan:
Iekv=I=I1+I2+...+In ,
yoki
gekvU=g1U+g2U+...+gnU,

bu erda gekv = g1+g2+...+gn= ,
yoki


Demak, parallel bog‘lanishda ekvivalent o‘tkazuvchanlik, zanjirdagi barcha tarmoqlar o‘tkazuvchanliklarining yig‘indisiga teng. Ekvivalent qarshilik  . Bu qarshilik zanjir tarmoqlaridagi eng kichik qarshilikdan ham kichkina bo‘ladi (5.6-rasm, b). Umumiy qarshilikning kamayishi tokning ortishiga sabab bo‘ladi.
Quvvat quyidagicha ifodalanadi:

R=UI=U(I1+I2+...+In),
yoki
R=R1+R2+...+Rn.


Zanjirning quvvati alohida tarmoqlar quvvatlarining yig‘indisidan iborat.

5.7 – rasm.


Tarkibidagi elementlar aralash ulangan zanjirlardaham ketma-ket, ham parallel ulangan uchastkalar mavjud bo‘ladi. 5.7 -rasmda aralash ulangan sxema berilgan. Bunday zanjirlarni hisoblashda ekvivalent almashtirish sxemalaridan foydalaniladi. Zanjir faqat bitta ekvivalent qarshilikdan iborat bo‘lgan holatgacha soddalashtiriladi. Soddalashtirish sxemaning oxiridan boshlanadi.
,

,

.
Ekvivalent qarshilik berilgan zanjirdagi umumiy tok I1 ni topish imkonini beradi I1=U/Rekv. Qolgan tarmoqlarning toklari bosqichma - bosqich Om va Kirxgof qonunlaridan foydalanilgan holatda aniqlanadi. Amaliyotda ba’zan shunday sxemalar uchrab turadiki, ular tarkibidagi elementlar o‘zaro uchburchak yoki yulduzcha shaklida bog‘langan bo‘ladi. Ularni, na parallellik, na ketma-ketlik alomatiga qarab ixchamlash imkoniyati bo‘lmaydi. Bunday hollarda uchburchakdan ekvivalent yulduzga, yoki yulduzdan ekivalent uchburchakka o‘tish yuli bilan zanjirni ixchamlash imkoniyati axtariladi (5.8-rasm, a, b). Uchburchakdan yulduzga o‘tish formulalari:

5.8– rasm.


Yulduzdan uchburchakka o‘tish formulalari:

Download 485.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling