K. D. Ushinskiyning pedagogik merosi
Download 22.5 Kb.
|
K.D.Ushinskiyning pedagogik merosi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
K.D.Ushinskiyning pedagogik merosi Rеjа:
K.D.Ushinskiyning hayoti, pedagogik faoliyati va dunyoqarashi. K.D.Ushinskiy pedagogika fani va tarbiya san`ati haqida. K.D.Ushinskiy tarbiyaning xalqchillik prinsipi to'g'risida. Axloqiy va mehnat tarbiyasi haqida K.D.Ushinskiy. K.D.Ushinskiyning o'qitish prinsiplari va metodlari. K.D.Ushinskiyning darsliklari va o'qituvchi haqidagi fikrlari, pedagogika- ning rivojlanishda uning roli. K.D.Ushinskiy 19 fevral` 1824 yilda Tula shahrida tug'ildi. Uning otasi 1812 yilgi Vatan urushining veterani, uncha boy bo'lmagan chenovnik edi. Ushinskiy bolalik va o'smirlik davrlarini Chernigov gubernasiga qarashli Novgorod-Seversk shahri yaqinida bo'lgan ota-onasining katta bo'lmagan erida o'tqazadi. 22 yoshdan boshlab Ushinskiy Yaroslovldagi adliya liseyida ensiklopediya, qonun-shunoslik, davlat huquqi va moliya fanlari kafedrasi (kamerial fanlar)ga professorlik vazifasida ishlay boshladi. K.D.Ushinskiy o'qituvchilik va professorlik faoliyati davrida hamma bilimini studentlarga berishga ularda ilm-fanlarni qunt bilan, jiddiy suratda o'qish havasini to'g'dirishga, ularda xalqqa muhabbat, unga xizmat qilish uchun tayyor turishi hissasini tarbiyalashga intiladi. Ushinskiyning progressiv faoliyatini ko'rolmagan reaksion kayfiyatiga professorlar, lisey rahbarlari, ichki ishlar ministrligining xodimlari uning ustidan hukumatga chaqiq xati yozdilar, K.D.Ushinskiyning fikri mavjud tuzumga noto'g'ri, buzuq, xavfli kishi deb tuhmat toshi otilgan. 1884 yilda YEvropada bo'lib o'tgan revolyusilar podsho hukumatini chuchitadi. Podsho hukumati shubhali kishilarni ta`qib ostiga ola boshlaydi. Shu jumladan Ushinskiy ham 1849 yilda liseydan “yomon otliq” qilib ishdan bo'shatiladi. Shundan so'ng u moddiy jihatdan qiynaladi. Shu yillari o'z zamonasiga progressiv bo'lgan “Sovremennik” va “Biblioteka dlya chiteniya” jurnallarida adabiy xodim bo'lib ishlaydi chet tillarini (ingliz tili) o'rganadi. Chet tillardagi asarlarni rus tiliga tarjima qiladi. 1859 yilda Ushinskiy Smol`niy aslzoda qizlar institutida o'qituvchi va inspektorlik vazifasida ishga o'tadi. Bu o'rta ma`lumot beradigan maktabdir. Yopiq o'quv yurti bo'lgan, bunda qizlar ta`lim va tarbiya olganlar. Ushinskiy institutga ishga borgach tubdan reformalar o'tkazadi. 1860-61 yillarda «Xalq maorifi ministrligi» jurnaliga rahbarlik qildi, quruq, kishilarni qiziqtirmaydigan umumiy jurnalni ilmiy pedagogika jurnaliga aylantirdi. Ushinskiy “Mehnatning psixologik va tarbiyaviy ahamiyati” nomli maqolasida ijtimoiy qarama-qarshiliklarni qayd qildi. “Har xil mustaqil ishlab chiqarish uchun katta-katta kapitallarga bo'lgan ehtiyoj o'sa bormoqda: mustaqil ishlab chiqarishning soni kamaymoqda: bitta zo'r fabrika minglab kichik fabrikalarni yutib yubormoqda: birov semirib tentaklashmoqda, birov qashshoqlanib yakson bo'lmoqda: birovni boylik halok qilmoqda, birovni o'ta ketgan kambag'allik mashinaga aylantirmoqda.” K.D.Ushinskiy tarbiya nazariyasini ishlagan vaqtida filosofiya, filologiya, pedagogika, psixologiya, anatomiya, fiziologiya, tarix fanlarni chuqur o'rgandi. Uning fikricha tarbiyaning vazifasi yoshlarni har tomonlama rivojlantirishdan iborat: tarbiyachi va o'qituvchilar tarbiyaning prinsipini, qoidalarini o'rganishlari kerak va shu bilan birga ana shu qoida va qonunlarni amalyotga qo'llay bilishlari kerak. Ushinskiy “Inson tarbiya predmeti sifatida” nomli asarida tarbiyaning psixologik asoslarini ishlab chiqdi. Bu asar pedagogik-psixologik asardir. Chunonchi, sezgilarning fiziologik asoslari: xotira, idrok, nutq, tafakkur kabi psixik prosesslar va ularning rivojlanishi yoritilgan. Bu asarda psixik xodisalarning ro'y berishi haqida xulosalar chiqariladi. K.D.Ushinskiy pedagogika sistemasiga xalqchillik prinsipini asos qilib olgan. Ushinskiy “Ijtimoiy tarbiyada xalq ruxligi xaqida” nomli maqolasida ingliz, nemis, fransuz va AQSh dan tarqalgan tarbiya sistemasini tanqid qildi va bu sistemani ko'r ko'ronalarcha rus xalqiga qo'llash xato ekanligini qayd qiladi. Ushinskiy tarbiyaning xalqchilligi degan iborani xalqning barcha bolalarini maktabda o'qitish, ona tilini ta`limning asosi qilib olish, bolalarga o'z vatanlari tarixidan, geografiyasidan, tabiatidan keng bilim berish deb bildi. Xalq ruxi bilan sug'orilgan tarbiya bolalarga vatanga muhabbat, vatan oldidagi burchlarini sezish hissini o'stirish va butun kuchlarini vatan, xalq xizmatiga qaratilgan bo'lishi lozim. Xar bir avlod o'z xis tuyg'ularini, tarixiy voqialar, diniy e`tiqod, maslak natijalarini, boshidan kechirgan qayg'u va xursanchiliklarini ona tili xazinasiga qo'shadi. Xalq butun ma`naviy xayoti natijalarni ehtiyot qilib o'z tilida saqlab keladi. Til bor ekan, xalq ham bor, xalqning xayot ekanligini til orqali bilish mumkin. Bola ona tilini o'zlashtirganda tovush va birikmalarni bilibgina qolmasdan tushunchalar, fikrlar va tuyg'ular badiiy obrazlarni ham o'zlashtiradi. Ushinskiy kishi kаmоlgа еtgаn bўlishi uchun uning ақliy, jismоniy vа аxlоқiy ўsishi bir-birigа uyғun bўlishi kеrаk dеb bildi. Ushinskiyning fikrichа аxlоқiy tаrbiyaning vоsitаlаri қўyidаgilаr: 1. Ta`lim; 2. O'qituvchining shaxsiy namunasi yoshlar qalbiga quyosh nuridek ta`sir etadi. 3. E`tiqod bolalarda-e`tiqodni tarbiyalamay turib ular qalbini rivojlantirib bo'lmaydi. 4. O'qituvchining mohirligi bilan munosabatda bo'lishi (pedagogik odob). 5. Ogohlantirish. 6. Qiziqtirish va jazolash. Ushinskiy insonning to'g'ri rivojlanishida zarur shart mehnat deb biladi. Mehnat moddiy boylik yaratadi, insonning aqliy, axloqiy va jismoniy jihatdan takomil-lashtiriladi, qadr-qimmatini oshiradi. U jismoniy mehnat bilan aqliy mehnatning birlashtirilishini talab qildi. “O'qish ham mehnatdir va mehnat bo'lib qoladi, ammo to'la ma`noli mehnat bo'lishi lozim” – deb hisoblaydi. Ushinskiy didaktika sohasidagi qarashlarini “Ona-tili”ni o'qitish yuzasidan qo'llanma, “Maktab-maorif ishlarini o'rganish uchun Shveysariya bo'ylab sayohat” maqola-larida bayon etdi. Ushinskiyning fikricha ta`lim prinsiplari qo'yidagilar Bolalarning kuchi etadigan bo'lishi. Izchil bo'lishi. Ko'rsatmali. Puxta va mustaxkam o'zlashtirishi. Ushinskiy Komenskiy va Pestalossiga nisbatan ta`limning ko'rsatmalilik prinspini nazariy jixatdan ishlab chiqdi. Bu prinsipni kishining yoshi va psixologiya-sidagi xususiyatlar jixatidan asosladi. U ko'rsatmalilik tushunchasiga, suratlar, kolleksiyalar, modellar va hokozolarni kiritgan. Ushinskiy o'quv materialni anglab, puxta va mustaxkam o'zlashtirishga e`tibor berdi. O'quv materiallarini takrorlash xaqida to'liq metodikani ishlab chiqdi. Ushinskiy ta`lim prosessida ikki stadiya borligini ko'rsatdi: birinchidan, bolalar o'qituvchining raxbarligi bilan buyum yoki xodisani kuzatadilar va shu buyum yoki xodisa xaqida umumiy tushuncha xosil qiladilar. Buning o'zi uchga bo'linadi: 1.Bolalar o'qituvchining raxbarligida buyum yoki xodisani bevosita o'zlashtiradilar. 2.O'qituvchining raxbarligida o'rganilayotgan buyum yoki xodisa to'g'risida olgan tasavvurlarini bir-biridan ajratadi, farq qiladi, solishtirib ko'radilar ular to'g'risida tushuncha xosil qiladilar. 3.O'qituvchi o'zi izox berib, bolalar olgan tushunchalarni to'ldiradi, asosiy momentlarni ikkinchi darajali momentlardan ayirib, tushunchalarni bir sestemaga soladi. Ushinskiy “Rus tilining dastlabgi o'qitish”nomli maqolasida metodik ko'rsatmalar berdi. Uning fikricha o'qitishning uch vazifasi bor. 1. Bolalarning nutqini o'stirish. 2. Bolalarni o'z tilidan foydalanishga o'rgatish. 3. Tilning mashqini o'zlashtirish. Bu vazifalar bir vaqtda bajariladi. K. D. Ushinskiy o'qitish prinsipiga asoslangan holda boshlang'ich ta`limga doir darslik ham tuzdi. 1. Ona-tili darsligi – bu alifbedan boshlanadi, bunda bolalarning fikrini o'stirish va tasavvurlarini kengaytirish ko'zda tutilgan. Bolalar dunyosi darsligi-bu 3-4 sinfga mo'ljallangan bo'lib, bunda bolalarga geografiya va tabiyotdan boshlangich ma`lumot berishi ko'zda tutilgan. 2. Ushinskiyning fikricha o'qituvchi xalq orasida chiqqan bo'lishi kerak: u pedagogika va psixologiyani bilishi, pedagogik odob va maxoratlarga ega bo'lishi kerak. O'qituvchi o'z ustida mustaqil ishlab, ongini turli yangiliklari bilan boyitib borishi lozim. Ushinskiy 1861 yilda “O'qituvchilar seminariyasining proekti”maqolasida boshlan-gich maktablar uchun o'qituvchilar tayyorlash tizimini ishlab chiqdi. Xulosa qilganimizda Ushinskiy Rossiyada maorif soxasida ko'p xizmat qildi. U «Rus dumboqchalarining do'sti»,“Rus muallimlarining muallimidir”. Adabiyotlar: 1.Karimov I. A. Barkamol avlod O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. Tosh. 1999. 2.K.Hoshimov va boshqalar. Ped. Tarixi. 1996-2005 y. 3.O'zbek pedagogikasi antologiyasi.II-j. Download 22.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling