K imyoviy ommaviy qirg’in qurollaridan himoyalash
Kimyoviy razvedkaning qo‘shin asbobi — VPXR (a) va indikatorlar
Download 1.25 Mb.
|
7-amaliy mashg`ulot
Kimyoviy razvedkaning qo‘shin asbobi — VPXR (a) va indikatorlar
kassetasi (b): 1—nasos; 2— nasos kiydirmasi; 3— himoya qalpoqchalari; 4—tutunga qarshi filtrlar; 5—elektr fonar: 6—grelkaga (qizdirgichga) patronlar; 7— elkurak; 8— grelka (qizdirgich); 9—shtir; 10—indikatorli trubkalarning qog‘oz kassetas; 11—korpus qopqog’i:12 – korpus asosi Undan tashqari, jamlamaga namuna olish uchun kurakcha, asbob ishi bo‘yicha zoman tipidagi zararli moddalarni xavoda aniqlash, asbobni ishlatish buyicha ko‘rsatmalar va pasport kiradi. Аsbobni olib yurish uchun elkadan o‘tkaziladigan qayish bor. Jamlama og‘irligi 2,2 kg. Qo‘l nasosi zararlangan havoni indikatorli trubkada joylashgan reaktiv orqali so‘rish uchun xizmat qilib, bu trubka nasos bosh qismidagi teshikka o‘rnatiladi. Nasos bilan 50-60 marta so‘rilganda 1 daqiqada indikatorli trubka orqali 2 l.ga yaqin havo o‘tadi.Nasos havoni bir yo‘nalishda so‘radi. Nasos ruchkasida 2 ta ampula ochgich bo‘lib, ular yordamida indikatorli trubkalardagi reaktivli ampulalar sindiriladi. Indikatorli trubkalarning uchlarini sindirish va yo‘nish uchun nasos bosh qismida moslama o‘rnatilgan. Nasos kiydirmasi xar xil predmetlarda, sochiluvchi materiallarda (ximoya qalpoqchalaridan foydalangan xolda) va tutunli havoda (tutunga qarshi filtrlardan foydalangan xolda) zaharli moddalarni aniqlash uchun xizmat qiladi. Indikatorli trubkalar zaharli moddalarni aniqlash uchun mo‘ljallangan va kavsharlangan shisha trubkalardan iborat bo‘lib, ularning ichida to‘ldirgich va reaktivli shisha ampulalar joylashgan. Trubkalar rangli xalqalar ko‘rinishidagi belgilarga ega; bitta qizil xalqa va qizil nuqta —zarin, zoman va Vi-iks gazlarni, uchta yashil xalqa — fozgen, difozgenni, sinil kislota, xlortsianni; bitta sarik; xalqa — ipritni aniqlash uchun mo‘ljallangan. Reaktivlar ma`lum vaqt saqlangandan keyin ularni yangilari bilan almashtirish kerak. Bir xil belgili indikatorli trubkalar 10 tadan qog‘oz kassetaga joylashtirilgan. Kassetalarda reaktiv tayyorlangan vaqti va nasosi bilan necha marta havo tortishligi ko‘rsatilgan bo‘lib, to‘ldiruvchi modda rangi, havoda zaharli moddalar bor yoki yo‘q bo‘lganda qanday bo‘lishi ko‘rsatilgan. Tutunga qarshi filtrlar maxsus kartondan qilingan plastinkalar bo‘lib, xavoda nordon bug‘lar miqdorini, tutunda, tuproqda va sochiluvchi materiallarda zaharli moddalarni aniqlash uchun foydalaniladi. Ximoya qalpoqchalari voronkasimon kiydirmaning ichki yuzasini xar xil ob`ektlarda (texnikada, tuproqda, binoda) zaharli moddalarni aniqlashda zararlanishdan saqlaydi. Qizdirgich havo xarorati past bo‘lganda indikatorli trubkalarni qizdirib, zaharli moddalarni aniqlashga mo‘ljallangan. B undan tashqari, sariq va qizil xalqali indikatorli trubkalar 10°S dan past harorat bo‘lganda qizdiriladi. Undan indikatorli trubkalar ampulalaridagi reaktivni eritish uchun ham foydalaniladi. VPXRning umumi ko’rinishi Trubkasimon indicator Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling