K. Linney, J. B. Lamarkning ilmiy ishlari, J. Kyuvening evolutsion g‘oyalari


Download 0.98 Mb.
bet2/2
Sana17.10.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1706904
1   2
Bog'liq
K. Linney

Lamark turlar o‘zgarmaydi, degan g‘oyaga tanqidiy ko‘z bilan qaragan va evolutsion ta’limotni targ‘ib qilgan. Lamark fi kricha, sinf, turkum, avlod, tur kabi sistematik kategoriyalar sun’iy, real emas. Tabiatda faqat individlar realdeb hisoblagan.

  • Lamark turlar o‘zgarmaydi, degan g‘oyaga tanqidiy ko‘z bilan qaragan va evolutsion ta’limotni targ‘ib qilgan. Lamark fi kricha, sinf, turkum, avlod, tur kabi sistematik kategoriyalar sun’iy, real emas. Tabiatda faqat individlar realdeb hisoblagan.

Olim hayvonlar quyi bosqichdan yuqori bosqichga ko‘tarilar ekan, qayd etilgan organlar sistemasi murakkablasha borganligini e’tirof etdi. U organizmlarni sistemaga solish ustida ishlar ekan, tuzilishiga qarab ularni tartib bilan joylashtirish mumkinligini aytgan. Lamark fikricha, sodda mavjudotlar o‘z-o‘zidan anorganik tabiatdan paydo bo‘ladi.

  • Olim hayvonlar quyi bosqichdan yuqori bosqichga ko‘tarilar ekan, qayd etilgan organlar sistemasi murakkablasha borganligini e’tirof etdi. U organizmlarni sistemaga solish ustida ishlar ekan, tuzilishiga qarab ularni tartib bilan joylashtirish mumkinligini aytgan. Lamark fikricha, sodda mavjudotlar o‘z-o‘zidan anorganik tabiatdan paydo bo‘ladi.

Olim organik olam evolutsiyasi haqidagi nazariyaga asos solgan bo‘lsa-da, lekin evolutsiyaning harakatlantiruvchi kuchlari yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish ekanligini bila olmadi.

  • Olim organik olam evolutsiyasi haqidagi nazariyaga asos solgan bo‘lsa-da, lekin evolutsiyaning harakatlantiruvchi kuchlari yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish ekanligini bila olmadi.
  • Biologiya fani rivojiga fransuz olimi Jorj Kyuve ham katta hissa qo‘shdi. U morfoligiya, anatomiya, sistematika, paleon tologiya sohalarida tadqiqot olib borgan. Kyuve mulohazasiga ko‘ra, har qanday tirik mavjudot bir butun sistema bo‘lib, uning organlari bir-biri bilan uzviy bog‘liq.

J. Kyuve ilgari surgan mulohazaga binoan har bir hayvon turi o‘zi yashaydigan muhitga muvofi q ravishda yaratilgan va o‘zgarmasdir. Shu bois, hayvonlarda hech qanday o‘zgarish sodir bo‘lmaydi. Kyuve o‘zi kashf qilgan korrelatsiya prinsipini hayvonlar sistematikasiga ham tatbiq etdi.

  • J. Kyuve ilgari surgan mulohazaga binoan har bir hayvon turi o‘zi yashaydigan muhitga muvofi q ravishda yaratilgan va o‘zgarmasdir. Shu bois, hayvonlarda hech qanday o‘zgarish sodir bo‘lmaydi. Kyuve o‘zi kashf qilgan korrelatsiya prinsipini hayvonlar sistematikasiga ham tatbiq etdi.
  • U K. Linneydan farqli ravishda hayvonlarni sistemaga solishda nerv sistemasi tuzilishiga e’tiborni qaratish lozimligini aytdi. Nerv sistemasi tuzilishiga qarab olim barcha hayvonlarni 4 ta guruh (tip) ga ajratdi. Bular: umurtqalilar, molluskalar, bo‘g‘imlilar, shu’lalilar.
  • Qazilma holda saqlangan hayvon va o‘simliklar to‘g‘risidagi paleontologiya fani rivojlanishida Jorj Kyuvening xizmatlari nihoyatida katta bo‘ldi. Olim qazilma holdagi sutemizuvchilar, sudralib yuruvchilarning 150 dan ortiq turini o‘rgandi.
  • XVII–XIX asrlarda hayvon va o‘simliklarning shaxsiy taraqqiyotini o‘rganish sohasida ham birmuncha tadqiqotlar olib borildi. Birinchi marta Karl Ber 1827-yili sutemizuvchi hayvonlarda tuxum hujayrasini kashf etdi. Olim jo‘ja taraqqiyotini sinchiklab o‘rganib, uning organlari asta-sekinlik bilan rivojlanishini va umurtqalilarning turli sinfl ariga mansub hayvonlar embrioni rivojlanishining dastlabki bosqichlarida o‘zaro o‘xshashliklarini aniqladi.
  • XIX asrning 40-yillariga kelib, hujayra nazariyasini nemis olimlari T. Shvann, M. Shleyden yaratdilar. Hujayra nazariyasining kashf qilinishi XIX asr dagi tabiatshunoslik fanining ulkan yutuqlaridan biri hisoblanadi. Hujay ra nazariyasiga ko‘ra, barcha tirik mavjudotlar (o‘simliklar, hayvonlar, odamlar) tanasi hujayralardan tashkil topgan.

Savol va topshiriqlar

  • K. Linney ta’limotini gapirib bering.
  • J. Kyuve ta’limotini tushuntirib bering.
  • J. B. Lamark ta’limoti haqida nimalar bilasiz?
  • Umurtqalilarning turli sinfl ariga mansub hayvonlar embrion rivojlanishining dastlabki bosqichlarida o‘zaro o‘xshashligini qanday izohlaysiz?
  • J. Kyuvening paleontologiya sohasidagi ishlari haqida nimalar bilasiz?

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling