K u rsish I mavzu : Sanoat korxonalarida personalni samarali boshqarish Bajardi: 3-3iqtim-20 guruh talabasi Kamalov Zarif Voxid o`g`li (imzo)


- rasm. ―Toshkent Respublika Fond Birjasi Aksiyadorli Jamiyatining boshqaruv strukturasi.8


Download 0.59 Mb.
bet11/26
Sana24.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1653522
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
Bog'liq
3-3iqtim-20 korx iq kurs ishi (1)

1- rasm. Toshkent Respublika Fond Birjasi Aksiyadorli Jamiyatining boshqaruv strukturasi.8







8 Uzse.uz saytda muallif tomonidan tayyorlandi.
Jamiyatning boshqaruv organlari:
*Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi;
*Kuzatuv kengashi;
*Ijroiya organ (Boshqaruv va uning organlari).
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi jamiytning yuqori boshqaruv organidir. Jamiyat har yili aksiyadorlarning yillik (navbatdagi) umumiy yig‘ilishi o‘tkazishi shart va aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi yil tugagandan keyin olti oydan kechiktirilmagan muddatda o‘tkaziladi va asosan iyun oyida o‘tkaziladi. Jamiyatning kuzatuv kengashi Jamiyat faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining vakolatiga talluqli masalalar bundan mustasno. Jamiyat kuzatuv kengashi a‘zolari 9 kishidan iborat. Jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik boshqaruv va uning raisi tomonidan amalga oshiriladi. Boshqaruv vakolatiga Jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik qilishga doir masalalar kiradi, Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi va Kuzatuv kengashining vakolatlariga kiritilgan masalalar bundan mustasno.
    1. Korxonaning iqtisodiy-moliyaviy ko‘rsatkichlari tahlili


Korxonalarning xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish, ularning ishlarini yaxshilash, samaradorligini oshirishning muhim omili bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish korxonalarning ishlab chiqarish, moliyaviy, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish darajasini aniqlashga yoodam beradi, foydalanilmagan resurslarni aniqlab korxonalarning kelgusida rivojlanishi, ularning moliyaviy holatini yaxshilash uchun zarur tavsiyalarni ishlab chiqishga imkon beradi. Korxonalarning moliyaviy holati bu:
tizimini oladi, ular korxonalarning moliyaviy resurslari borligini, holatini, joylashganligini va ulardan foydalanishdarajasini ifodalaydi;
ishlab chiqarish va xo‘jalik omillarining harakati, ularning o‘zaro aloqadorlik natijasidir;
uchun zarur bo‘lgan moliyaviy resurslar bilan ta‘minlanganligi va ulardan samarali foydalanish ifodasidir;
o‘zaro aloqalarni haqiqiy aks ettirishidir.
Moliyaviy tahlil korxonalarning moliyaviy holatini tahlil qilishda quyidagi vazifalarni bajarishga yo`naltirilishi kerak9:

  1. Korxonalarning moliyaviy darajasini baholash;

  2. Moliyaviy holatning o‘zgarishini aniqlash;

  3. Korxonaning to‘lov qobiliyatiga baho berish;

  4. Moliyaviy holatiga ta‘sir ko‘rsatuvchi omillarni tahlil qilish;

  5. Korxonaning moliyaviy barqarorligi va moliyaviy mustahkamligiga baho berish;

  6. Korxona balansi likvidligiga baho berish va unga ta‘sir etuvchi omillarni aniqlash;

  7. Aylanma mablag‘lar aylanishiga baho berish;

  8. Korxonalarda qo‘lga kiritilgan moliyaviy holat darajasini ifodalab, bu borada hali foydalanilmagan imkoniyatlarni, mavjud zahiralarni ko‘rsatib berish.

  9. Korxonalarda hali foydalanilmagan imkoniyatlarni safarbar etish maqsadida tavsiyalar, takliflar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish shart- sharoitlarini ko‘rsatib berish.


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling