K11-sinf 1- qism bo’yicha tuzilgan test savollari Kirish


Download 64.2 Kb.
bet4/4
Sana03.11.2023
Hajmi64.2 Kb.
#1743479
1   2   3   4
Bog'liq
K11-sinf 1- qism bo’yicha tuzilgan test savollari Kirish-fayllar.org

Nosiruddin Rabg’uziy :
1.Nosiruddin Rabg’uziyning asl ismi qanday ?
A) Burhon B) Nosiruddin C) To’qbo’g’a D) Rabg’uziy
2. Rabg’uziy qayerda tug’ilgan ?
A) Buxoro B) Xiva C) Xorazm D) Samarqand
3. “ Qissasi Rabg’uziy” nechchinchi hijriy yilda yozilgan ?
A) 1309-1310 B) 910 C) 710 D) 820
4. Rabg’uziyning otasining ismi nima ?
A) Burhon B) Nosiruddin C) To’qbo’g’a D) Rabg’uziy
5. Rabg’uziy quyida kimni ta’riflagan : «... yigitlar arig‘i (poki), ulug‘ otlig‘,qutlug‘ zotlig‘, ezgu xulqlig‘, islom yorig‘liq, mo‘g‘ul sanilig‘, musulmon dinlig‘, odamiylar inonchi, mo‘minlar quvonchi, himmati adiz (yuksak), aqli tengiz beg» ?
A) Burhon B) viloyat begini C) To’qbo’g’a D) podshohni
6. «ortug‘ yaroqlig‘ siyrati», «arslon mengizlik savlati», «ko‘rklug sifatlig‘ surati», «tuz so‘zlayur so‘zni uqa». Mazkur sifatlar kimga tegishli ?
A) Burhon B) viloyat begiga C) To’qbo’g’aga D) podshohga
7. «Qisasi Rabg‘uziy» asarining qaysi qismida adibning otasi haqida
ma’lumot keltiriladi?
A) she’riy madhiyada B) hikoyat ichida C) xotimada D) muqaddimada
8. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Uzum hikoyati»da: «Uzumg‘a uch marta suv quymoqni manga bersangiz topib beray», – deb kim aytadi?
A) tulki B) shayton C) sher D) to‘ng‘iz
9. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Uzum hikoyati»dan olingan quyidagi parchada qo‘llanilgan nuqtalar o‘rniga mos so‘zlarni qo‘ying.
«Andin so‘ng, Nuh alayhissalom ikki marta suv berdilar, biri behishti
zanjabildin erdi, andin ... paydo bo‘ldi. Biri salsabildin, andin ... paydo
bo‘ldi».
A) shinni, sirka B) sirka, shinni C) chog‘ir, sirka D) shinni, sag‘roq
10. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Yilon va qarlug‘och hikoyati»da suv kirib yotgan kemaning teshigini qaysi obraz berkitadi?
A) ilon B) qarlug‘och C) toshbaqa D) fil
11. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Yilon va qarlug‘och hikoyati»da oru (ari) gung bo‘lib g‘ingshib qolganida, uning ahvolini qaysi jonzot tushuntiradi?
A) qo‘ng‘iz B) sichqon C) qaldirg‘och D) baqa
12. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Yilon va qarlug‘och hikoyati»ning so‘nggida qaysi jonzotning odamga yaxshilik qilib, odam farzandi bilan bir uyda yashashi aytiladi?
A) sichqonning B) arining C) mushukning D) qaldirg‘ochning
13. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Sulaymonning qarinchg‘a bilan so‘zlashgani» hikoyatida mo‘rcha qaysi voqeadan keyin Sulaymon payg‘ambarga: «Baxil ekansiz», – deydi?
A) Sulaymon payg‘ambarning Ollohdan hech kimga berilmagan bir ilm
tilaganini eshitganidan keyin
B) Sulaymon payg‘ambarning Ollohdan hech kimga berilmagan bir baxt
tilaganini eshitganidan keyin
C) Sulaymon payg‘ambarning Ollohdan hech kimga berilmagan bir mulk
tilaganini eshitganidan keyin
D) Sulaymon payg‘ambarning Ollohdan hech kimga berilmagan bir hunar tilaganini eshitganidan keyin
14. «Qisasi Rabg‘uziy» o‘zbek nasrining eng qadimiy namunalaridan biri
bo‘lib, unda nechanchi asrlardagi o‘zbek adabiyotining bir qator o‘ziga xos xususiyatlari juda yorqin namoyon bo‘lgan?
A) XIII asr oxiri XIV asr boshlaridagi
B) XII asr oxiri XIII asr boshlaridagi
C) XI asr oxiri XII asr boshlaridagi
D) XIV asr oxiri XV asr boshlaridagi
15. «Qisasi Rabg‘uziy»dan olingan quyidagi parchada kim ta’riflangan?
«…bani Isroildan erdi. O‘n qarindosh erdilar. Otalari Is’hoq otlig‘ ...
qamug‘idin (barchasidan) kichik erdi. Tun-kun yig‘layur erdi ibodat
ichinda».
A) Yusuf payg‘ambar B) Sulaymon payg‘ambar
C) Nuh payg‘ambar D) Dovud payg‘ambar
16. Quyidagi ma’lumotlar «Qisasi Rabg‘uziy»da nomi zikr qilingan qaysi payg‘ambar haqida?
«Dovud payg‘ambarning o‘n ikkinchi, kenja o‘g‘li. U ham boshqa
akalariday «olim, faqih, oqil» yigit edi. Dovud podshohligi unga meros
qoldi. Ammo otasiga o‘xshab o‘z hunarini ham qo‘ymas edi. U temirchilik hunarini oliy darajaga yetkazdi. Bu hunarning keng tarqalishiga sabab bo‘ldi».
A) Yusuf payg‘ambar B) Ya’qub payg‘ambar
C) Nuh payg‘ambar D) Sulaymon payg‘ambar
17. Rabg‘uziyning «Kun hamalg‘a kirdi...» g‘azali bilan bog‘liq to‘g‘ri
ma’lumotlarni toping.
1) Tasvirda jonlantirish, sifatlash va o‘xshatishlar asosiy o‘rin tutadi;
2) Rabg‘uziy g‘azalning barcha shakliy-badiiy talablarini mukammal
darajada ado etolmagan bo‘lsa-da, g‘azal mumtoz adabiyotimizning nodir namunalaridan biri hisoblanadi;
3) Matla’dan to maqta’gacha navro‘z va go‘zal yorga muhabbat mavzulari uyg‘unlikda vasf etiladi;
4) Qofiyalarda qo‘llanilgan so‘zlar turkiy til tarovatini ko‘rsatuvchi
omillardan biri bo‘lgan: navro‘zi, buzi, yuzi, yozi, tuzi, qo‘y-qo‘zi,
juzi, qo‘zi, qunduzi, kunduzi, yulduzi;
5) Lola, bulbul, turna, qo‘zi kabi so‘zlar bahorning turli belgilarini
ko‘rsatish vositasi bo‘lgan;
6) Yer-osmon zidligi asosida bahorning o‘ziga xos tasviri berilgan.
A) 1, 4, 5, 6 B) 2, 3, 4, 6
C) 1, 2, 3, 5 D) 1, 2, 4, 5, 6
18. «Qisasi Rabg‘uziy»da qaysi payg‘ambar bilan bog‘liq hikoyatda
halollikka, o‘z mehnati bilan kun ko‘rishga, boshqalarga zulm qilmaslikka undash asosiy maqsaddir?
A) Yusuf payg‘ambar B) Nuh payg‘ambar
C) Dovud payg‘ambar D) Sulaymon payg‘ambar
19. «Qisasi Rabg‘uziy»dan olingan quyidagi parchada kim ta’riflangan?
«Aytmishlar, ... yalavoch tunla o‘zin belgusiz qilib ra’iyatlardin so‘rar
erdikim, podshoh sizing birla netag muomala qilur? Aytur erdilar: yavloq
(juda) odil turur».
A) Yusuf payg‘ambar B) Dovud payg‘ambar
C) Nuh payg‘ambar D) Sulaymon payg‘ambar
20. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Sulaymonning qarinchg‘a bilan so‘zlashgani» hikoyatida Manzara: «Shuncha tilag‘oningizcha nima berdi?» – deb so‘raganida Sulaymon qanday javob beradi?
1) «Shamolni musaxxar qilib berdi. Muncha hashamat va saltanat
lashkarimni taxt-baxtlarim birla ko‘tarib yurur»;
2) «Bu kitobni berdi. Hamma olamning ilmi shu kitobdadur».
3) «Bu uzukni berdi. Hamma olamning bandi shu uzukdadur».
4) «Bu hassani berdi. Hamma olamning bandi shu hassadadir».
A) 2, 3 B) 1, 4 C) 1, 2, 3 D) 1, 3
21. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Sulaymonning qarinchg‘a bilan so‘zlashgani» hikoyatida: «Man alarning kattasidurman. Ulug‘lar, raiyasiga base mehribon bo‘lur. Balog‘a ulug‘lar o‘zlarini ro‘baro‘ qilib, kichiklarni xalos qilsa yaxshidur», – fikrlarini qaysi obraz aytadi?
A) Manzara B) Sulaymon payg‘ambar
C) Nuh payg‘ambar D) Muso payg‘ambar
22. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Yilon va qarlug‘och hikoyati»ning so‘nggida qaysi jonzotlar bir-biriga dushman bo‘lib qoladilar?
A) baqa va ilon B) ari va ilon
C) ari va baqa D) ilon va qaldirg‘och
23. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Yilon va qarlug‘och hikoyati»da kema qancha vaqt suv ichida yuradi?
A) 9 oy B) 6 oy C) 3 oy D) 12 oy
24. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Uzum hikoyati»dan olingan quyidagi jumlada nimalar nazarda tutilgan?
«Bu nimarsalar har uyda bo‘lsa, uydin hargiz farishta kam bo‘lmas,
deydurlar».
A) shinni, sag‘roq B) sirka, shinni
C) chog‘ir, sirka D) shinni, sirka
25. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Uzum hikoyati»da shayton uzumning suvini dastlab nima bilan sug‘oradi?
A) tulkining qoni bilan B) sherning qoni bilan
C) to‘ng‘izning qoni bilan D) ilonning qoni bilan
26. «Qisasi Rabg‘uziy»dan olingan quyidagi jumlani davom ettiring.
«...bu kitobni tuzgan, toat yo‘lida tizgan, ma’siyat yobonin kezgan, oz
ozuqlug‘, ko‘p yozuqlug‘...»
A) Rabot o‘g‘uzining hokimi Burhon o‘g‘li Nosiruddin
B) Rabot o‘g‘uzining hokimi Nosiruddin o‘g‘li Burhoniddin
C) Rabot o‘g‘uzining qozisi Burhon o‘g‘li Nosiruddin
D) Rabot o‘g‘uzining a’lami Nosiruddin o‘g‘li Rabg‘uziy
27. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Yilon va qarlug‘och hikoyati»da kema ichida uch jonzot (nimarsa) yo‘q edi. Ular qaysilar?
A) sichqon, mushuk, qo‘ng‘iz B) mushuk, sichqon, ilon
C) qo‘ng‘iz, mushuk, chumoli D) sichqon, qo‘ng‘iz, kabutar
28. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Yilon va qarlug‘och hikoyati»da ari (oru):
«Odamning go‘shtidan totlig‘ go‘sht yo‘q ekan», – deb kelayotganida qaysi jonzotga duch keladi?
A) baqaga B) qaldirg‘ochga C) mushukka D) ilonga
29. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Sulaymonning qarinchg‘a bilan so‘zlashgani» hikoyatida Sulaymon payg‘ambar bilan gaplashgan chumolilar podshohining ismini toping.
A) Chumoli B) Mo‘rcha C) Qarinchg‘a D) Manzara
30. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Sulaymonning qarinchg‘a bilan so‘zlashgani» hikoyatida quyidagi fikrlarni aytib tavba qilgan kim?
«Ilohi, man o‘zumni dono bilib yurur erdim. Maning bilganim bu
qarinchg‘aning oldida hech nimarsa ekan».
A) Sulaymon B) Manzara C) Nuh D) Dovud
31. «Qisasi Rabg‘uziy»da qaysi payg‘ambarning taqachilik (temirchilik)
hunarini o‘rganganligi va uning qo‘lida temirning xamir kabi yumshaganligi aytiladi?
A) Yusuf payg‘ambarning B) Dovud payg‘ambarning
C) Nuh payg‘ambarning D) Sulaymon payg‘ambarning
32. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Sulaymonning qarinchg‘a bilan so‘zlashgani» hikoyatida qaysi podshoh dono, tadbirkor, xalq g‘amini yeydigan hukmdor, ma’rifatparvar, olim, orif sifatida ko‘zga tashlanadi?
A) Sulaymon payg‘ambar B) chumolilar podshosi
C) Ya’qub payg‘ambar D) Nuh payg‘ambar
33. «Qisasi Rabg‘uziy» necha qissadan iborat?
A) 73 qissadan B) 72 qissadan C) 74 qissadan D) 75 qissadan
34. «Qisasi Rabg‘uziy» asaridagi qaysi qissada bir necha hikoyat, latifa,
bayt, g‘azal va boshqa janr namunalari uchraydi?
A) Yusuf qissasida B) Dovud qissasida
C) Nuh qissasida D) Muso qissasida
35. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Sulaymonning qarinchg‘a bilan so‘zlashgani» hikoyatida Manzara: «Haq taolodan nima talab qildingiz?» – deganida Sulaymon payg‘ambar qanday javob beradi?
A) «Bir baxt tiladimki, andog‘ baxt hech kimga berilmish yo‘q».
B) «Bir ilm tiladimki, andog‘ ilm hech kimga berilmish yo‘q».
C) «Bir qalb tiladimki, andog‘ qalb hech kimga berilmish yo‘q».
D) «Bir mulk tiladimki, andog‘ mulk hech kimga berilmish yo‘q».
36. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Uzum hikoyati»da shayton uzumni uchinchi marta nimaning qoni bilan sug‘oradi?
A) tulkining qoni bilan B) to‘ng‘izning qoni bilan
C) sherning qoni bilan D) ilonning qoni bilan
37. «Qisasi Rabg‘uziy»dan olingan quyidagi parchada qo‘llanilgan
«ma’siyat» so‘zining ma’nosini toping.
«... bu kitobni tuzgan, toat yo‘lida tizgan, ma’siyat yobonin kezgan, oz
ozuqlug‘, ko‘p yozuqlug‘...»
A) mas’uliyat, burch, vazifa
B) erkin, ozod, hur diyor
C) tasavvufning tariqat bosqichidan o‘tish
D) shariatga xilof tarzda ish tutish, gunoh
38. «Qisasi Rabg‘uziy»da: «Taxti bir yig‘och yer ichinda. Ul taxtni oltun,
kumush birla qilmish erdi», – deya kimning taxti ta’riflanadi?
A) Yusuf payg‘ambarning B) Ya’qub payg‘ambarning
C) Nuh payg‘ambarning D) Sulaymon payg‘ambarning
39. «Qisasi Rabg‘uziy»da adib qaysi payg‘ambar bilan bog‘liq hikoyatlarda adolat va zulm, hunar egalari, ota-ona va farzandlar munosabati singari mavzularga asosiy e’tiborni qaratgan?
A) Yusuf payg‘ambar B) Dovud payg‘ambar
C) Nuh payg‘ambar D) Sulaymon payg‘ambar
40. «Qisasi Rabg‘uziy»da kimga bag‘ishlangan she’riy madhiyada uning
«ortug‘ yaroqlig‘ siyrati», «arslon mengizlik savlati», «ko‘rklug sifatlig‘ surati», «tuz so‘zlayur so‘zni uqa» singari sifatlari keltiriladi?
A) Nosiriddin To‘qbo‘g‘aga B) Tabg‘ach Bug‘raxonga
C) Muhammad Xo‘jabekka D) Burhoniddinga
41. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Yilon va qarlug‘och hikoyati»da qaysi jonzot kemani teshib qo‘yadi va suv kira boshlaydi?
A) to‘ng‘iz B) turna C) sichqon D) yo‘lbars
42. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Yilon va qarlug‘och hikoyati»da mushuk
qayerdan paydo bo‘ladi?
A) Yo‘lbarsning peshonasidan silaganda, qulog‘idan tushadi.
B) Yo‘lbarsning peshonasidan silaganda, og‘zidan tushadi.
C) Yo‘lbarsning peshonasidan silaganda, tuklaridan paydo bo‘ladi.
D) Yo‘lbarsning peshonasidan silaganda, burnidan tushadi.
43. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Sulaymonning qarinchg‘a bilan so‘zlashgani» hikoyatida quyidagi so‘zlar qaysi obraz tilidan aytiladi?
«Man bu zaif holim birla har kecha uxlamay hamma lashkarlarimning
atrofini aylanib, agar ag‘riqi bo‘lsa, borib ko‘rub sihatligiga muhojot
qilurman...»
A) Sulaymon payg‘ambar B) Manzara
C) Nuh payg‘ambar D) Muhammad payg‘ambar
44. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Uzum hikoyati»da keltirilishicha, chog‘ir (may, sharob, kishini sarxush qiladigan ichimlik) ichgan odam qanday fe’lli bo‘lishini toping.
1) «...tulki bo‘lib notanish kishi bilan do‘stluq og‘oz qilur»;
2) «...bo‘ridek yuraklik bo‘lub, hech ishdin qo‘rqmas, har qism yomon
ishlar sodir bo‘lur»;
3) «...yo‘lbarsdek bo‘lib, himmati jo‘sh bo‘lub, har kimga bir narsa berur»;
4) «...ayiqdek bo‘lib, himmati jo‘sh bo‘lub, har kimga bir narsa berur»;
5) «...to‘ng‘izdek yuraklik bo‘lub, hech ishdin qo‘rqmas, har qism yomon
ishlar sodir bo‘lur».
A) 2, 3, 4 B) 1, 3, 5 C) 1, 4, 5 D) 1, 2, 3


http://fayllar.org
Download 64.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling