K11-sinf 1- qism bo’yicha tuzilgan test savollari Kirish


Download 57.55 Kb.
Sana15.11.2020
Hajmi57.55 Kb.
#146385

k11-sinf 1- qism bo’yicha tuzilgan test savollari

Kirish :

1. Quyidagi misralar qaysi asardan olingan?

Elig bir kun o‘ldurdi yangluz o‘zun

Kemishti kitob, o‘tru baqti ko‘zin.

A) «Qutadg‘u bilig» B) «Devonu lug‘ot at-turk»

C) «Hibat ul-haqoyiq» D) «Nazm ul-javohir»

2. Quyidagi hadisda nuqtalar o‘rniga mos so‘zni qo‘ying.

«... agar siz yaxshi narsalarni ko‘rib xursand bo‘lsangiz va, aksincha, yomon narsani ko‘rib ranjisangiz, haqiqiy ... ekansiz».

A) er kishi B) mard kishi C) olim D) mo‘min

3. Quyidagilardan qaysi ijodkor inson ma’naviyatini boyitishga har qanday adabiyot emas, balki yuksak badiiyat talablariga javob bera oladigan asarlargina xizmat qila olishini alohida ta’kidlaydi?

A) Lutfiy B) Yusuf Xos Hojib C) A. Yugnakiy D) A. Navoiy

4. «Qut belgusi − bilig» (Har qanday fazilatning boshlanishi bilimdir) degan maqolning turkiy xalqlar og‘zaki ijodida juda qadim davrlardan boshlab faol iste’molda bo‘lganini kimning asaridan bilib olishimiz mumkin?

A) Mahmud Koshg‘ariy B) Y.X. Hojib

C) A. Yugnakiy D) M. Zamaxshariy

5. Quyidagi fikrlar Alisher Navoiyning qaysi dostonidan olingan?

O‘z vujudingg‘a tafakkur aylagil,

Har ne istar sen o‘zingdan istagil.

A) «Lison ut-tayr» B) «Farhod va Shirin»

C) «Layli va Majnun» D) «Hayrat ul-abror»

6 . Quyidagilardan qaysi adib o‘z asarida elchi – diplomat lavozimidagi kishi uchun asosiy fazilat ko‘p kitob o‘qish va so‘zning mohiyatini bilishdan iboratligini yozadi?

A) Lutfiy B) Yusuf Xos Hojib

C) Ahmad Yugnakiy D) Ahmad Yassaviy

7. Yusuf Xos Hojib o‘zining qaysi bosh qahramonini kitobning doimiy yo‘ldoshi sifatida tasvirlaydi?

A) O‘zg‘urmishni B) Oyto‘ldini

C) Kuntug‘dini D) O‘gdulmishni

8. Alisher Navoiyning «Layli va Majnun» asarida qaysi qabila boshlig‘ining qizi uchun maktab ochib beriladi?

A) Hay qabilasi boshlig‘i B) Bani Omar qabilasi boshlig‘i

C) Qipchoq qabilasi boshlig‘i D) No‘g‘ay qabilasi boshlig‘i

9. Turli fan sohalaridan boxabar bo‘lgan Farhod, atrofidagi qizlarning barchasi hayoli va oqila, har bir san’atda mohir bo‘lgan Shirin obrazlari qaysi ijodkor qalamiga mansub?

A) Ahmad Yassaviy B) Yusuf Xos Hojib

C) Ahmad Yugnakiy D) Alisher Navoiy

10. Quyidagilardan qaysi ijodkorning asarlarining asosiy qahramonlari bilimi, shijoati, go‘zal xulqi bilan ajralib turadi?

A) Alisher Navoiy B) Yusuf Xos Hojib

C) Ahmad Yugnakiy D) Bobur

11. Bobur qaysi yaqin insoni haqida yozganida uning botirligi, shijoati, kitobsevarligi «Xamsa» dostonlarini sevib o‘qishiga alohida urg‘u beradi?

A) otasi B) onasi C) opasi D) do‘sti

12. Alisher Navoiyning qaysi asarida insonni ulug‘laydigan imon, karam, adab, qanoat, vafo, rostlik, ilm kabi fazilatlar haqida alohida fikrlar bayon qilinadi?

A) «Lison ut-tayr»da B) «Farhod va Shirin»da

C) «Layli va Majnun»da D) «Hayrat ul-abror»da

Go’ro’g’li “ dostoni

1. So’zi yaylovga chiqmagan obraz ?

A) Xamza B) Holmon C) Urayxon D) Ravshan

2.Bibi Hilolga kimlar doyalik qildi ?

A) Zaydinoy, Fotima buvi, Xiloloy

B) Momo havo, Anbar ena, xizmatkor qiz

C) Fotima buvi, Momo Havo, Anbar ena

D) Zaydinoy, Xiloloy, xizmatkor qiz

3. Rustam qay tariqa boyib ketadi ?

A) mukofotlanadi C) ovi baroridan keladi

B) Gajdumbekning boyliklariga ega bo’ladi D) xazina topib oladi

4. Yovmit yurtining podshohi kim ?

A) Qovishtixon B) Odilxon C) Jig’alixon D) Shohdorxon

5. To’liboyning yurti qayer?

A) Taka turkman B) Mari qo’rg’oni C) Yovmit eli D) Boysun

6. Gajdumbekning singlisi kim ?

A) Bibi Oysha B) Xoljuvon C) Bibi Hilol D) Zaydinoy

7. Ravshanni kim asrab oladi ?

A) Xakim B) Hamza C) Gajdumbek D) Jig’alixon

8. To’liboyning otasi qanday o’ldiriladi ?

A) boshi tanasidan judo qilinadi B) kata qozonga solinib C) kamondam o’q yeb D) to’pda otilib

9. To’liboy nechchi yoshligida bandi qilinadi ?

A) 8 B) 7 C) 14 D) 11

10. To’liboyni kim o’z qarmog’iga oladi ?

A) Qovishtixon B) Odilxon C) Jig’alixon D) Shohdorxon

11. To’liboy kimga uylanadi ?

A) Bibi Oysha B) Xoljuvon C) Bibi Hilol D) Zaydinoy

12. Go’ro’g’lini boqyotgan ot kimga tegishli edi ?

A) Gajdumbekka B)Rustamga

C) To’liboyga D) Ahmadxonga

13. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida «Bul otingiz yaxshi, bul otingiz yomon» deb podshoning tabladagi otlarini sinab beradigan sinchi kim edi?

A) To‘liboy B) Ravshanbek

C) Ahmadbek D) Urayxon

14. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi fikrlarni qaysi qahramon ikki yuz guburlari oldida aytadi?

«Mening bir o‘yim bor. Yovmit yurtidan Odilxon podshoni yo‘q qilaman, qo‘rg‘onini qulataman o‘ligini silataman, xazinasini o‘lja qilib sizlarni talataman».

A) Shohdorxon B) Jig‘alixon

C) Gajdumbek D) Qovishtixon

15. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi xat qaysi qahramonga tegishli? «Bu qanday behurmatlik, podsholardan bunday behurmatlik lozim emas edi-ku. Podsholar yurishni, turishni oldin elchilar bilan bildirib,

elchiga ko‘nmasa, so‘ngra safar qilib kelar edi. Bu rasm avvaldan oxir qoida bo‘lib kelayotgan edi...»

A) Odilxonga B) Shohdorxonga

C) Qovishtixonga D) Holmonga

16. 18. Go’ro’g’li kimni olib qochadi ?

A) Xoljuvon B) Xumoroy C) Bibi Hilol D) Bibi Oysha

17. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi parchada nuqtalar o‘rniga mos ismlarni qo‘ying.

« ... ... ni o‘g‘il qilib olaman deb, har kuni tong otguncha uning kokilini yetti martaba o‘rib, har o‘rganda mushkning suvini berar edi. U ham bir bola bo‘ldiki, ko‘rganlar havasda, ko‘rmaganlar armonda, kamsiz, suluvxushro‘y».

A) Hamza, Bibi Hilol B) Shohdorxon, Gajdumbek

C) Hamza, Ravshan D) Shohdorxon, Bibi Hilol

18. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Shohdorxonning tushiga kirgan «ko‘kargan chinor»ning ta’biri nima edi?

A) madrasaning ilmli mullavachchalari B) baxtli va ko‘p xalq

C) Haqning kalimasi D) masjidda namoz o‘qiyotgan fuqarolar

19. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida kim haqida: «Birovlar Gajdumbekning quli der edi, birovlar o‘g‘li der edi», – fikrlari bildiriladi?

A) Gajdumbek B) Ravshanbek C) Rustambek D) Shohdorxon

20. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi portret qaysi qahramonga tegishli?

«...qoshi qora, zulfi bo‘yniga tushgan, kokili o‘ziga juda ham

yarashgan, bodom qovoq, ko‘rganlar bo‘lur aftoda».

A) Bibi Oyshaga B) Ravshanga

C) Bibi Hilolga D) Zaydinoyga

21. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi parcha qaysi podshohning amaldorlari tomonidan aytilgan?

«Bibi Hiloldan sohibqiron chiqadi ekan, o‘ldiramiz, kuydirib kulini elakdan o‘tkazamiz, undan keyin sohibi xurush yo‘q bo‘ladi, yurt bizlarga qoladi. Hamma yurtga shahanshoh bo‘lamiz».

A) Gajdumbekning B) Shohdorxonning

C) Odilxonning D) Qovishtixonning

22. Go’ro’g’lining otining ismi ?

A) G’irko’k B) Tajan C) Shirvon D) Gulshan

23. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida «Bibi Hilol arvohining dod deb yig‘lagan tovushini bilib» kim(lar) qabr oldiga keladi?

A) abdal B) Xizr C) ovtar D) qirq chiltanlar

24. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Go‘ro‘g‘li nimani qo‘liga olgach, «Shu mozordagi o‘liklarning barini keldim, gartkam» so‘zlarini aytadi?

A) ro‘molni B) uch oshiqni C) qo‘g‘irchoqni D) egarni

25. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Go‘ro‘g‘lini boqqan biyani toping.

A) Boychibor B) Saman ot C) G‘irot D) To‘riq ot

26. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Go‘ro‘g‘li qaysi yurtni: «Katta taraf – dushmanimning mamlakati», – deya tilga oladi?

A) Marini B) Taka turkmanni C) Yovmitni D) Shirvonni

27. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida: «Kir yuvaman,» – deb Zaydinoyni qirga olib chiqaman, shuni olib qochib ketsangiz, hamma or-nomusga barobar bo‘ladi, siz Gulshan chorbog‘da yotib turing», – deb Go‘ro‘g‘liga kim, nima uchun aytadi?

A) Xumoroy, Rayhon arabni yomon ko‘rgani uchun

B) Xoljuvon, qiz olib qochish odati shunaqa bo‘lgani uchun

C) Xoljuvon, Rayhon arab o‘zini olib qochgani uchun

D) Xumoroy, Shirvonda bandi bo‘lganligi uchun

28. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi so‘zlarni Xoljuvon qanday maqsadda aytadi?

Yangi olamday qilganman o‘zimni,

Yo‘lingga to‘rt qildim shahlo ko‘zimni.

Sen qanday bemazasan, yo‘lovchi,

Qo‘yib yubor, mahkam ushla qizimni!

A) o‘ch olish maqsadida

B) Rayhon arabdan qo‘rqqani uchun

C) Zaydinoyning ko‘ngli undan qolmasligi uchun

D) o‘z yurtiga tezroq ketish uchun

29. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Go‘ro‘g‘lining bobosi kim?

A) Shohdorxon B) Odilxon C) Qovishtixon D) Ravshan

30. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Go‘ro‘g‘lining g‘ayritabiiy tug‘ilishi nimaga ishora hisoblanadi?

A) nomusulmonlar – g‘ayridinlar qilgan nohaqliklar o‘tkinchi ekanligiga

B) kelajakda favqulodda kuch-qudrat va aql-idrok egasi bo‘lib kamol topishiga

C) onasining e’tiqodi salomatligiga, ishonch va umidi meva berganligiga

D) kelajakda har narsaga qodir ilmli imom va kuch-qudratli sarkarda

bo‘lishiga

31. «Go‘ro‘g‘li» nomining talqinlari haqidagi to‘g‘ri fikrlarni toping.

1) Uning «go‘r» – qabrda tug‘ilishi motivini asoslaydigan qarashlar

ustuvorlik kasb etadi;

2) Uning «ko‘r otaning farzandi» ekanligiga urg‘u beradigan yo‘nalish ham mavjud;

3) Po‘lkan shoir variantida «Go‘ro‘g‘li» nomining talqinlari haqidagi ikkala qarashning ham ta’siri ochiq seziladi;

4) Nomning «go‘r» va «ko‘r»dan tashqari «kur» o‘zagi ham mavjud bo‘lib, bu narsa talqinda rang-baranglikni keltirib chiqaradi;

5) «Kur» o‘zagi alp, botir, mard, kar kabi ma’nolarni ifodalaydi.

A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 3, 5

C) 1, 2, 4, 5 D) 1, 3, 4, 5

32. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Go‘ro‘g‘li Zaydinoyni olib qochgach, uni kimga nikohlaydilar?

A) Rustambekka B) Go‘ro‘g‘liga

C) Gajdumbekka D) Ahmadbekka.

33. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi parchada Zaydinoy kimga nopisandlik bilan javob beryapti?

G‘o‘non toyni o‘ynatasan,

Sen ko‘nglimni qabartasan.

Yuraging kuysa, yo‘lovchi,

Chashmaning boshiga tushib,

O‘zing suv ichib ketarsan.

A) Xoljuvonga B) Ravshanga C) Go‘ro‘g‘liga D) Gajdumbekka

34. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi parchada qaysi qahramon portreti chizilgan?

«Yarim belidan pasti uch botmon, yarim belidan yuqorisi ikki botmon. Shirin so‘zli, qizil yuzli, jodu ko‘zli, saraton yulduzli, la’l munchoqli, oyday suluv, oftobdan ortiq, oy desa og‘zi bor, kun desa ko‘zi bor».

A) Bibi Hilol B) Bibi Oysha C) Xoljuvon D) Zaydinoy

35. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Go‘ro‘g‘li 7 yoshga yetganida kim uning tushiga kirib quyidagi so‘zlarni aytadi?

Sarg‘aygandir Hiloloyning siyog‘i,

Sening otang Yovmit shahrining begi,

Bora solib keta bergin Yovmitga,

Rozi bo‘lsin Hiloloyning arvohi,

Arvoh rozi, Xudo rozi, farzandim...

A) Bibi Hilol B) Hazrat Xizr C) Ravshanbek D) Gajdumbek

36. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qaysi qahramon sherni bir tarsaki urganda sher nimta-nimta bo‘lib tirqirab ketadi?

A) Rustam B) Qo‘ng‘irboy

C) Xizr D) Go‘ro‘g‘li

37. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Gajdumbekdan qolgan barcha hovliharam va mol-pullarga kim ega bo‘ladi?

A) Bibi Hilol B) Rustambek C) Shohdorxon D) Ravshan

38 «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi parchada qaysi qahramon tasvirlangan?

«Gajdumbekning cho‘ldagi yilqisini boqib yuradigan yilqiboqar

bolalarning oldida hamma vaqt: «Unday qilinglar, bunday qilinglar», – deb aytib xizmat buyurib yurar edi. «Men borib, xo‘jayinlarni ko‘rib, salom berib, yillik pullarni olib, kiyim-kechak qilib kelayin», – deb Zargar shahriga yetdi».

A) Hamza B) Rustambek C) Gajdumbek D) Ravshan

39. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Hamza qulni nechta tangaga sotmoqchi bo‘ladi?

A) 100 tanga B) 1000 tanga C) 40 tilla D) 9 tanga

40. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi misralarni kim kimga qarata aytgan?

Suluv qizlar burab qo‘yar sochini,

Mard yigit g‘animdan olar o‘chini.

Bag‘ring kuygandayin bo‘zlab yig‘laysan,

Menga aytgin yig‘laganing vajini!

A) Hiloloy Gajdumbekka B) Hiloloy Ravshanga

C) Ravshan Hiloloyga D) Hamza Ravshanga

41. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida urush tugagach, Shohdorxon necha oy yo‘l yurib, o‘z yurti Zargarga yetadi?

A) 2 oy B) 4 oy C) 3 oy D) 6 oy

42. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qaysi podshoh manmanlik qilib, dushmanini nazariga ilmaganligi sabab yengiladi?

A) Odilxon B) Shohdorxon C) Qovishtixon D) Urayxon

43. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Shohdorxonning lashkari Taka- Yovmit Urganch yurtining Asqar degan tog‘iga yetib qo‘nganda qaysi kun edi?

A) shanba B) dushanba C) payshanba D) juma

44. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Odilxon podsho: «Bu ham o‘zimning suyagimda», – deb qizini kimga nikohlab beradi?

A) To‘liboyga B) Qovishtixonga C) Jig‘alixonga D) Shohdorxonga

45. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostoni qahramoni Odilxon podshoning qizi kim edi?

A) Bibi Oysha B) Bibi Xadicha

C) Bibi Fotima D) Bibi Hilol

46. Rayhon arab kimni olib qochadi ?

A) Xoljuvon B) Zaydinoy C) Hiloloy D) Xumoroy.

47. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Shohdorxon Odilxon podsho ustiga qo‘shin tortganda o‘zining o‘rniga kimni qo‘yib ketadi?

A) vaziri Subyonni B) noibi Subyonni

C) vaziri Holmonni D) noibi Holmonni

48. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida urush vaqtida Odilxonning lashkariga kim boshchiligida ko‘p lashkar kelib qo‘shiladi?

A) Nu’mon B) Nozim C) Nazar D) Zamon

49. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida uchraydigan «mushk» nima?

A) qora tusli va xush isli dur

B) qora tusli va xush isli marvaridlar shodasi

C) qora tusli va xush isli suyuq modda

D) qora tusli va xush isli dorivor giyoh

50. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi parchada qaysi qahramonning iztiroblari tasvirlangan?

«Bu shaharda menda oshna yo‘q g‘ayridin,

Ko‘p dard qo‘shding yana dardning ustiga...»

«Ajal yetib shu vaqtlarda o‘lmadim,

Yovmit elning qadrini hech bilmadim».

A) Gajdumbekning B) Hiloloyning

C) Ravshanning D) Jig‘alixonning

51. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qaysi qahramon qabristonda yurgan chaqaloqning o‘g‘il yoki qizligini bilish uchun uch oshiq va egarni bir tarafga, ikkita qo‘g‘irchoq va ro‘molni bir tarafga qo‘yib sinaydi?

A) Rustambek B) Ravshanbek C) Gajdumbek D) Qovishtixon

52. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi parchada qaysi shahar xalqi haqida gap ketgan?

«Gajdumbek bilan Ravshanbek qochib ketibdi. Ketsa-ku, mayliga-ya, Shohdorxonning ko‘nglini qora qilib ketibdi. Orqasidan bir ming amaldor quvib ketgan edi, hammasi cho‘lda otidan ayrilib, piyoda bo‘lib o‘libdi. Endigi maslahat Bibi Hilolni kuydirib, kulini elakdan o‘tkarib yubormoqchi bo‘lib yotibdi».

A) Zargar B) Yovmit C) Mari D) Taka turkman

53. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida: «Endi davlatga ega bo‘ldim, xotin olmasam sira bo‘lmaydi», – deya Rustambek kimning singlisini oladi?

A) Yusufning B) Nazarning C) Badgirning D) To‘liboyning

54 . «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidagi Xumoroyning laqabini toping.

A) Zaydinoy B) Barchinoy C) Zulxumoroy D) Gulshanoy

55. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Shohdorxonning hukamo, qurandoz – munajjimlarining ichida qaysi qurandozi unga tushi ta’birini aytib berishga jur’at qiladi?

A) Nazar B) Holmon C) Hamza D) Yusuf

56. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qaysi ot yuz quloch Tajan daryosiga duch kelganda, «mening otim toy» deya xavotirga tushib, ko‘zlarini yumib olgan egasini narigi tomonga o‘tkazib qo‘yadi?

A) Boychibor B) G‘irot C) Jiyronqush D) Rayhon arabning oti

57. Darslikdagi «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostoni qaysi baxshining varianti hisoblanadi?

A) Muhammad Jomurot o‘g‘li Po‘lkan shoirning

B) Ergash Jumanbulbul o‘g‘lining

C) Fozil Yo‘ldosh o‘g‘lining

D) Saidmurod Panoh o‘g‘lining

58. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Go‘ro‘g‘lining ota-onasini toping.

A) Xoljuvon va Ravshanbek B) Xoljuvon va Gajdumbek

C) Bibi Hilol va Ravshanbek D) Bibi Hilol va Rustambek

59. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Rayhon arabning Xoljuvonni olib qochishida kim o‘zini aybdor his qiladi?

A) Ahmadbek B) Go‘ro‘g‘li C) Xoljuvon D) Urayhon

60. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida quyidagi she’r qaysi qahramon tilidan aytilgan?

Ko‘zlaring – tongning yulduzi,

Qoshlaring – daryo qunduzi,

O‘zing Shirvonning azizi,

Suv bergin, arabning qizi.

A) Ravshanbek B) Gajdumbek C) Go‘ro‘g‘libek D) Rustambek

61. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Shohdorxon va Odilxon o‘rtasida bo‘lib o‘tgan jang tufayli Go‘ro‘g‘lining ota-onasi qaysi elga borib qolib, musofirchilikda voyaga yetadi?

A) Zargar B) Mari C) Yovmit D) Shirvon

62. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi parcha qaysi qahramon tomonidan Go‘ro‘g‘liga qarata aytilgan?

Buralib bo‘yningga qo‘lim solaman,

Harna bo‘lsam sening bilan bo‘laman.

Yig‘lama, chirog‘im, ko‘nglim buzildi

Rostin aytsam, sening tog‘ang bo‘laman.

A) Rustam B) Ravshan C) Gajdum D) Jig‘alixon

63. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Go‘ro‘g‘li tug‘ilgach, qancha vaqtdan keyin go‘rdagi chiroq o‘chadi?

A) 2 yildan keyin B) 3 yildan keyin

C) 3 oydan keyin D) 2 oydan keyin

64. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida vafot etgan Bibi Hilol qancha muddatdan keyin ko‘zi yoriydi?

A) uch oy, to‘qqiz kun, to‘qqiz soat, to‘qqiz daqiqadan keyin

B) to‘rt oy, to‘qqiz kun, to‘qqiz soat, to‘qqiz daqiqadan keyin

C) besh oy, to‘qqiz kun, to‘qqiz soat, to‘qqiz daqiqadan keyin

D) ikki oy, to‘qqiz kun, to‘qqiz soat, to‘qqiz daqiqadan keyin

65. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida kimning amaldorlari ko‘cha-ko‘yda yig‘ilishib, but Lot, Manot, tilla payg‘ambar, kumush chahoryordan fotiha olaylik deb yuradilar?

A) Gajdumbekning B) Shohdorxonning

C) Odilxonning D) Qovishtixonning

66. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi parchada qo‘llanilgan nuqtalar o‘rniga mos ismlarni qo‘ying.

«... Bibi Hilolni … ga nikohlab berdi».

A) Hamza, Gajdum B) Odilxon, Ravshan

C) Gajdumbek, Ravshan D) To‘liboy, Gajdum

67. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Shohdorxonning tushining ta’biridan olingan quyidagi misralarda qo‘llanilgan nuqtalar o‘rniga mos so‘zlarni ketma-ketlikda qo‘ying.

Tepangdan sochilgan tillang – ...

Og‘zingdan uchgan qush – ...

Qulagan imorat – sening ...

1) qoningdir; 2) koningdir; 3) taningdir;

4) Haqning kal(i)masidir; 5) joningdir.

A) 1, 4, 2 B) 1, 5, 3 C) 3, 5, 4 D) 2, 1, 3

68. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qaysi qahramon shahardan uzoqroq yerdan sakkiz oshyonlik imorat soladi?

A) Shohdorxon B) Gajdumbek C) Ravshan D) Odilxon

69. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Shohdorxon qachon Holmonning gapiga kirmaganidan afsuslanadi?

A) Odilxonga g‘aybdan qo‘shin kelib qo‘shilganini ko‘rgach

B) Holmon vafot etgach

C) Odilxon lashkarining qurollari kuchliligini ko‘rgach

D) o‘zining lashkari orasida janjal va ocharchilik kelib chiqqach

70. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Shohdorxon nega Taka-Yovmit madrasalaridagi katta-kichik mullavachchalarni ayaydi?

A) hammasi yosh bola bo‘lgani uchun

B) Ravshanbekdan qo‘rqqanligi uchun

C) ularni qul qilib ishlatish uchun

D) urush boshlanayotganligi uchun

71. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Odilxon podshoning bozorchi savdogarlarini kim talaydi?

A) Qovishtixon B) To‘liboy

C) Shohdorxon D) Urayxon

72. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida urush tugagach, Odilxon nima uchun Ravshandan umidini uzadi?

A) O‘lgan deb o‘ylaydi.

B) Asir tushgan deb o‘ylaydi.

C) Mendan xafa bo‘lgan deb o‘ylaydi.

D) Adashib ketgan deb o‘ylaydi.

73. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qo‘llanilgan «mirg‘azab» so‘zining ma’nosini toping.

A) shayton, dog‘uli B) mirshab, navkarboshi

C) jazo beruvchilar boshlig‘i D) jallod, jon oluvchi

74. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Hamzadan qulni kim sotib oladi?

A) Gajdumbek B) Ravshanbek C) Rustambek D) Shohdorxon

75. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qaysi obraz: «Har nima bo‘lsa o‘ljangni birovga berma, mard ekansan, sen ham o‘g‘il ekansan, halolingbo‘lsin!» – deya Go‘ro‘g‘liga taslim bo‘ladi?

A) Rustambek B) Rayhon arab C) Gajdumbek D) Ahmadbek

76. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qaysi obrazlar hali hayot tajribasiga ega bo‘lmagan qahramonga yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish bilan uni tarbiyalab boradi va qahramonni elga xizmat qilishga o‘rgatadi?

A) chiltanlar va Xizr alayhissalom B) Gajdumbek va Rustambek

C) Bibi Hilol va Ravshanbek D) Bibi Hilol va Rustambek

77. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qaysi qahramon Xoljuvonga yetisha olmasa-da, har yili Ahmadbekning yo‘qligini poylab, pana yerlardan turib uni ko‘rib ketar, ko‘rmasa kasal bo‘lib qolar va uni har doim olib qochish payida bo‘lar edi?

A) Shohdorxon B) Rayhon arab C) Go‘ro‘g‘li D) Odilxon

78. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qahramonlarning portretiga alohida e’tibor berilgan bo‘lib, quyidagi Go‘ro‘g‘lining portretida qanday tasvir vositalaridan foydalanilgan?

«Rustambek shunday qarasa , Go‘ro‘g‘li o‘n besh kunlik oyday, qaddiqomati, shoni-shavkati, har kishining bo‘lar ekan o‘ziga yarasha hurmati».

A) o‘xshatish, sa’j, ta’did B) tazod, o‘xshatish, sa’j

C) iyhom, sa’j, ta’did D) o‘xshatish, tanosib, ta’did

79. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida quyidagi so‘zlarni kim kimga qarata aytadi?

«Yosh boshing bor, senga savob darkor emasmi? Suv bergan

savobga botar emish, dilozor tip-tikka imonsiz qotar emish».

A) Go‘ro‘g‘li Zaydinoyga B) Xoljuvon Zaydinoyga

C) Xoljuvon Go‘ro‘g‘liga D) Zaydinoy Xoljuvonga

80. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi parcha kim tomonidan va kimga qarata aytilganligini toping.

«Bir kun o‘lmoq, bir kun tug‘ilmoq. Men bir xizmatkorim bilan mingashib borsam, odamlar, qarindoshlarim Gajdumbekka: «Sen o‘zing qochib kelib eding, sening singling Bibi Hilol begona bir odam bilan mingashib keldi», – deb aytar. Akamning va yorim Ravshanbekning yuzi tuman bo‘lar».

A) Xoljuvon tomonidan Gajdumbekka qarata

B) Bibi Hilol tomonidan Rustambekka qarata

C) Bibi Hilol tomonidan Shohdorxonga qarata

D) Xoljuvon tomonidan Rustambekka qarata

81. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Bibi Hilolning necha yoshda bo‘yi yetib qolgani, lekin «boshi bo‘sh» ekani aytiladi?

A) 13 yoshda B) 16 yoshda

C) 17 yoshda D) 15 yoshda

82. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Gajdumbek, Bibi Hilol kimning farzandlari?

A) Jig‘alixonning B) Odilxonning

C) Shohdorxonning D) To‘liboyning

83. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Mari yurtining podshosi kim?

A) Qovishtixon B) Odilxon C) Ahmadbek D) To‘liboy

84. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida «Dushmaning xas bo‘lsa ham qo‘rq» degan maqolni kim kimga qarata aytadi?

A) Holmon Odilxonga B) Holmon Shohdorxonga

C) To‘liboy Odilxonga D) To‘liboy Shohdorxonga

85. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Shohdorxon: «Yovmit eldan keldi ikkita bo‘ri. Kelgan bo‘ri, qurandozlar, kim bo‘ldi?» – deya tushining ta’birini so‘raganda qurandoz qanday javob beradi?

A) Ko‘kargan chinor Haqning kal(i)masi,

Fuqarongning bari musulmon bo‘lar.

B) Ko‘chalarga yaxshi raislar qo‘yar,

Masjid-madrasa elingda qilar.

C) Ikkovidan yaxshi farzandlar bo‘lar

Qo‘yingni o‘ldirgan bo‘ri ikkovi.

D) Ikkovi boshingdan tillalar sochar

Qo‘yingni o‘ldirgan bo‘ri ikkovi.

86. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Zargar xalqi Gajdumbek bilan Ravshanbekni qochib ketdi deb o‘ylab Bibi Hilolning oldiga bostirib bormoqchi bo‘lib turganida kim buni bilib qolib, Bibi Hilolni Gajdumbekning tuzi hurmati uchun Yovmitga eltib qo‘ymoqchi bo‘ladi?

A) Gajdumbek B) Ravshanbek C) Rustambek D) Shohdorxon

87. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Qo‘ng‘irboy kimning farzandi?

A) To‘liboyning B) Bibi Hilolning C) Ravshanning D) Rustamning

88. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Go‘ro‘g‘li izlab kelganda chechasi Rayhon arabning o‘g‘irlab kelganiga qancha vaqt bo‘lganini, biroq shu muddatda biror marta ham unga qo‘lidan bir kosa suv bermaganligini aytadi?

A) ikki yil B) sakkiz yil C) besh yil D) uch yil

89. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi va xalq manfaati yo‘lida qahramonlik ko‘rsatishida kimlar katta o‘rin tutadi?

A) Bibi Hilol va Ravshanbek B) Gajdumbek va Rustambek

C) Xizr alayhissalom va chiltanlar D) Bibi Hilol va Rustambek

90. Go‘ro‘g‘li ismining o‘zagi hisoblangan «kur» so‘zi qanday ma’nolarni

bildiradi?

A) «o‘t», «olov», «quyosh», «qir», «tog‘» «kir»

B) «olov», «qo‘ra», «qadah», «o‘t», «qir», «tog‘»

C) «quyosh», «o‘t», «olov», «qo‘r», «qir», «tog‘»

D) «qir», «tom», «quyosh», «o‘l», «olov», «qo‘r»

91. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida To‘liboy sinchi kimning o‘g‘li edi?

A) Qovishtixonning B) Odilxonning

C) Ahmadbekning D) Shohdorxonning

92. Sinchi kim?

A) otlarning zotini, naslini, yoshini yaxshi biladigan odam

B) odamning naslini, yaxshi-yomonini yaxshi biladigan odam

C) tarixni yaxshi biladigan odam

D) Ollohni tanigan odam

93. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Taka-Yovmit madrasalaridagi kata-kichik mullavachchalar tog‘ga kim boshchiligida sayohatga chiqishadi?

A) To‘liboy B) Holmon C) Subyon D) Ravshan

94. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Shohdorxon mag‘lub bo‘lib, mullavachchalarni qo‘yib yuborishga buyruq berganida, kim Ravshanbekni o‘g‘il qilib saqlash maqsadida uni sandiqqa yashirib qo‘yadi?

A) Jig‘alixon B) Gajdumbek C) Hamza D) Nazar

95. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Rustambek kim?

A) Gajdumbekning ukasi B) Gajdumbekning xizmatkori

C) Bibi Hilolning do‘sti D) Shohdorxonning xizmatkori

96. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Go‘ro‘g‘li kimga «checha» deb murojaat qiladi?

A) Bibi Hilolga B) Bibi Oyshaga

C) Xoljuvonga D) Zaydinoyga

97. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida «Go‘ro‘g‘li Yovmit elidan araz urib kelmay ketgan kunidan beri uyda ilonday to‘lg‘anib, ayiqday ag‘anab ham o‘g‘lidan, ham xotinidan ayrilib yotgan» obraz qaysi?

A) Gajdumbek B) Rustambek C) Ahmadbek D) Yusufbek

98. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qaysi qahramon kelishi bilan Taka- Yovmit elida burilishlar bo‘ladi, eng muhimi u el-yurt sha’nini, shavkatini, ornomusini tiklaydi?

A) Ravshan B) Gajdumbek C) Go‘ro‘g‘li D) Rustambek

99. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qaysi obraz Go‘ro‘g‘liga achchiq qilib, labini tishlab, soldarini solib, yerga qarab bir tortganida G‘irotning tizzasidan pastini yerga kirgizib yuboradi?

A) Qovishtixon B) Rayhon arab C) Zaydinoy D) Rustamxon

100. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida bolasi o‘lib, bolasining o‘lganiga ichi kuyib, kishnab yurgan baytalni kim Go‘ro‘g‘lining oldiga olib keladi?

A) Rustambek B) Xizr C) chiltanlar D) Odam ota

101. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi parcha qaysi qahramon tilidan aytilgan?

Musofirman Shohdorxonning shahriga,

Yovmitda Odilxon deydi bobomni,

Aslim so‘rsang, yaxshi odam nasliman!

A) Gajdumbek B) Hiloloy C) Ravshan D) Jig‘alixon

102. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qaysi podsho achchig‘i kelib,to‘pxonasi bilan Mari yurtini tep-tekis qilib, Qovishtixon bekni to‘pga solib ottirib yuboradi?

A) Shohdorxon B) Odilxon C) Ahmadbek D) Urayxon

103. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida «Haq saqlasa, balo yo‘q, Haq qarg‘asa, davo yo‘q» maqoli kimlarning tilidan aytilgan?

A) Gajdumbekning amaldorlari B) Shohdorxonning amaldorlari

C) Odilxonning amaldorlari D) Qovishtixonning amaldorlari

104. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qaysi qahramonning darvozasining har chekkasida, o‘n yetti joyda qorovulxonasi borligi va shu xonalardan kattakatta to‘plarni dalaga qaratib chiqarib qo‘yganligi tasvirlanadi?

A) Rayhon arabning B) Gajdumbekning

C) Ravshanbekning D) Odilxonning

105. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qaysi qahramonning maslahatga quloq solmay, o‘ylamay qaror qabul qilishi, uzoqni ko‘ra bilmasligi, ko‘plab insonlarning bevaqt o‘limiga, taqdirlarining o‘zgarib ketishiga sabab bo‘ladi?

A) Shohdorxonning B) Odilxonning

C) Qovishtixonning D) Ravshanning

106. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Shohdorxon bilan bo‘lgan birinchi jang necha soat davom etadi?

A) 5 soat B) 8 soat C) 9 soat D) 10 soat

107. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Ravshanbekni necha yoshida maktabga beradilar?

A) 4 B) 6 C) 7 D) 5

108. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida: «Meni Shohdorxonning

odamlarining qo‘lida o‘ldirma, Har nima qilsang o‘zing qil», – deb Xudoga yolvorib, barcha payg‘ambarlar, o‘tgan azizlarni shafe keltirib, yig‘lagan qahramon kim?

A) Bibi Hilol B) Rustambek C) Ravshanbek D) Xoljuvon

109. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Odilxon podshoning farzandlarini toping.

A) Urayxon, Ahmadbek, Bibi Oysha

B) Ahmadbek, To‘liboy, Bibi Oysha

C) Urayxon, Ravshanbek, Bibi Oysha

D) Ahmadbek, To‘liboy, Urayxon

110. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Xoljuvon Go‘ro‘g‘liga Zaydinoyni kimga omonat ekanligini aytadi?

A) Rustambekka B) Ahmadbekka

C) Gajdumbekka D) o’ziga

111. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida: «O‘zing tug‘may, ul bo‘lmas, sotib olmay, qul bo‘lmas ekan. O‘zingniki o‘zagiga tepsang ham, ketmaydi ekan, kishining bolasiga kishmish bersang ham, turmaydi ekan», – deya oh tortgan qahramon kim?

A) Hamza B) Odilxon podsho C) Gajdumbek D) Ravshan

112. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qaysi qahramon: «Rustam kelbatli, pahlavon, qo‘rqmas va jasur, o‘ziga ishongan podshoh. Uning mingan oti chin tulpor bo‘lib, uni quvib yetib bo‘lmas edi», – deya ta’riflanadi?

A) Shohdorxon B) Rayhon arab C) Go‘ro‘g‘li D) Odilxon

113. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Taka turkmanning begi kim?

A) Jig‘alixon B) Gajdumbek C) Shohdorxon D) Odilxon

114. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida uchraydigan «mehtara» so‘zining ma’nosini toping.

A) mehr-oqibat ko‘rsatmoq

B) suv solinadigan mesh, sanoch

C) qiblani ko‘rsatib turuvchi tomon, mehrob

D) mag‘rib tomon

115. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida kimning to‘qson turli chitdan bo‘lgan ko‘rpasi borligi aytiladi?

A) Bibi Hilolning B) Rayhon arabning

C) Xoljuvonning D) Xumoroyning

116. «Go‘ro‘g‘li» turkumi dostonlari tarkibida qancha doston mavjud?

A) 100 dan ortiq B) 60 dan ortiq C) 60 ga yaqin D) 90 ga yaqin

Mahmud Koshg’ariy :

1. Mahmud Koshg’ariy qaysi shaharda tavallud topgan ?

A) Qashqar B) Bolasog’un C) Talas D) O’tror

2. Afrosiyob o‘g‘lining nomi ?

A) Bolasog’in B) Barsg’an C) Barskon D) Husayn

3. Mahmudning qashqarlik ustozi kim ?

A) Usmon B) Husayn C) Arslonbobo D) Muqtado

4. Mahmud Koshg’ariyning : «Men bu kitobni maxsus alifbo tartibida hikmatli so‘zlar, saj’ (qofiyali nasr)lar, maqollar,rajaz (misralari nisbatan uzunroq bo‘lgan she’r turi) va nasr deb atalgan adabiy parchalar bilan bezadim... Bu ishda misol tariqasida turklarning tilida qo‘llanib kelgan she’rlaridan, shodlik va motam kunlarida qo‘llanadigan hikmatli so‘zlardan, maqollardan keltirdim» degan ta’rifi qaysi kitob haqida ?

A) «Devonu lug‘ot at-turk» B) “ Qutadg’u bilig”

C) “ Anbiyolar tarixi “ D) “ Qarolar falsafasi risolasi “

5 . «Devonu lug‘ot at-turk» yodgorligi vositasida biz nechanchi asrgacha bo‘lgan adabiyotimizdagi bir qator janrlar va badiiy tasvirning o‘ziga xos xususiyatlari haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lamiz?

A) IX asrgacha B) X asrgacha C) XI asrgacha D) XII asrgacha

6. «Devonu lug‘ot at-turk» asari qachondan boshlab yozila boshlagan ?

A) 1172-yil B) 1072-yil C) 1075-yil D) 1069-yil

7. «Devonu lug‘ot at-turk» asari kimga bag’ishlab yozilgan ?

A) Usmon B) Nosuriddin To’qbug’a C) Tavg’ach D)Muqtado

8. Mahmud Koshg’ariy «arab tili bilan ikki uloqchi ot singari teng poyga qilib, o‘zib borayotgan qaysi tilini» ko‘klarga ko‘taradi ?

A) lotin B) turk C) o’g’uz D) yag’mo

9. «Devon»ga kirgan adabiy shakllarning asosiy qismini nimalar tashkil qiladi ?

A) ruboiy B) to’rtlik C) murabba’ D) tuyuq

10.Qaysi she’rda marhumning boshqa kishilar bilan munosabatlarida namoyon bo‘ladigan xislatlariga urg‘u beriladi ?

A) “ Oltin qon “ B) «Erdi ashin taturg‘an»

C) «Iqilachim erik bo‘ldi» D) «Qish va Bahor»

11. «Bang va Chog‘ir» asari kimga tegishli ?

A) Yaqiniy B) Yusuf Amiriy C) Nishotiy D) Ogahiy

12. «Boz va Bulbul»,«Gul va Daf», «Binafsha va Chang» asarlari kimga tegishli ?

A) Yaqiniy B) Yusuf Amiriy C) Nishotiy D) Ogahiy

13. «O‘q va Yoy» asari kimga tegishli ?

A) Yaqiniy B) Yusuf Amiriy C) Nishotiy D) Ogahiy

14. Vatan himoyasi, yurt taqdiri, xalq birligi va chegaralarning daxlsizligi uchun kurash g‘oyalari kuylangan she’riy va nasriy parchalarni toping ?

A) «Tangutlar bilan jang» B) «Yaboqular bilan jang» C) “ Oltin qon “ D) A-B

15. Afrosiyob qizining nomi ?

A) Qazvin B) Qaz C) Marvash D) Xumor

16. Afrosiyob qizining nomiga qo’yilgan shahar qanday nomlanadi ?

A) Afrosiyob B) Shohijon C) Qazvin D) Dizro’yin

17. Siyovushni kim o’ldirgan ?

A) Afrosiyobning qizi B) Qazning eri C) Alp Er to’g’a D) Afrosiyobning o’g’li

18. Esiz nima ?

A) vaqt B) manfur C) olam D) taqdir

19. Ajun nima ?

A) vaqt B) manfur C) olam D) taqdir

20. O’ldak nima ?

A) vaqt B) manfur C) olam D) mehmon

21. Uma nima ?

A) vaqt B) mehmon C) olam D) taqdir

22. «Devonu lug‘ot at-turk» asari haqidagi no‘to‘g‘ri ma’lumotni toping.

A) «Devon»da yigitlarni ishga safarbar qilish, meva terish, ovchilikka

yo‘naltirish kabi qadimgi turmush tarzining ayrim lavhalari mavjud.

B) «Devon»da turkiy xalqlar turmush manzaralari bilan bog‘liq bo‘lgan

she’riy parchalar katta o‘rin tutadi.

C) «Devon»da ayrim adabiy hodisalar haqida maxsus izohlar berilgan.

D) «Devon»da ayrim shaxs va joylar bilan bog‘liq afsonalar keltirilib,

qit’alar bilan to‘ldirilgan.

23. Quyidagilar ichidan noto‘g‘ri ma’lumotni toping.

A) Alp Er To‘nga haqidagi marsiya marsiya janrining bizgacha yetib

kelgan eng qadimiy namunalaridan biridir.

B) Marsiya, odatda, jamiyat tarixida muayyan iz qoldirgan kishilarga

bag‘ishlab yoziladi yoki to‘qiladi.

C) Alp Er To‘nga haqidagi marsiya – og‘zaki ijod mahsuli hisoblanadi.

D) Alp Er To‘nga haqidagi marsiyada Siyovushning faqat bek emas, balki «beklar begi» ekanligi aytiladi.

24. «Devonu lug‘ot at-turk» asari qachon yozib tugatilgan?

A) hijriy 461-yil jumod ul-avval boshlarida

B) hijriy 463-yil jumod ul-oxirning 10-kuni

C) hijriy 464-yil jumod ul-avval boshlarida

D) hijriy 466-yil jumod ul-oxirning 12-kuni

25. Mahmud Koshg‘ariyning to‘liq ismini toping.

A) Husayn ibn Mahmud Koshg‘ariy

B) Muhammad ibn Mahmud Koshg‘ariy

C) Mahmud ibn Husayn ibn Muhammad

D) Husayn ibn Mahmud ibn Muhammad

26. «Devonu lug‘ot at-turk» asarida muallif kitobning necha karra yozilgan (ko‘chirilgan)ligini va tuzatilganligini aytadi?

A) besh karra B) uch karra C) ikki karra D) to‘rt karra

27. «Devon»da keltirilgan qaysi she’rda sho‘x, o‘ynoqi otning chopqirligi tasvirlanadi?

A) «Erdi ashin taturg‘an» B) «Bulnar meni ulas ko‘z»

C) «Iqilachim erik bo‘ldi» D) «Qish yay bila to‘qushti»

28. To‘nga Alp Er so‘zi qanday ma’no bildiradi?

A) turklarning eng kuchli bahodiri B) yo‘lbars kabi kuchli bahodir

C) to‘qson alpning eng kuchlisi D) burgut kabi kuchli bahodir

29. «Devon»dan olingan quyidagi parchada kim haqida gap ketgan?

«U Tahmuraspdan uch yuz yil keyin Marvni bino qilgan. Ba’zilar butun

Movarounnahrni turklar o‘lkalaridan deb bilganlar. U Yankanddan

boshlanadi. Uning bir oti Dizro‘yindir».

A) Siyovush B) Afrosiyob C) Qaz D) Barman

30. Marsiya nima?

A) Biror kishining vafoti munosabati bilan g‘am-alam, hasrat va qayg‘uni ifodalagan lirik she’r yoki nasriy asar.

B) Biror kishining vafoti munosabati bilan g‘am-alam, hasrat va qayg‘uni ifodalagan dramatik asar.

C) Biror kishining vafoti munosabati bilan g‘am-alam, hasrat va qayg‘uni ifodalagan lirik she’r yoki qo‘shiq.

D) Biror kishining vafoti munosabati bilan g‘am-alam, hasrat va qayg‘uni ifodalagan hikoya yoki qissa.

31. «Devon»da keltirilishicha, Qazvin so‘zining asli qanday ma’noni

anglatadi?

A) qaz o‘yini – oqqush o‘ynaydigan joy

B) qaz o‘yini – qiz o‘ynaydigan joy

C) qaz o‘yini – qor o‘ynaydigan joy

D) qaz o‘yini – g‘oz o‘ynaydigan joy

32. «Devon»da Qazvin shahrini kim qurganligi aytiladi?

A) Qaz B) Afrosiyob C) Siyovush D) Barman

33. Mahmud Koshg‘ariy «Devon»da Afrosiyobning bolalari qanday

atalganini eslatadi?

A) xoqon, xon B) alp, noib C) amir, hukmdor D) hukmdor, sardor

34. Mahmud Koshg‘ariy to‘rtlik shakliga tayanadigan she’riy janrlarni,

asosan, qanday nomlagan?

A) to‘rtlik yoki maqom B) qo‘shug‘ yoki kuy

C) to‘rtlik yoki qasida D) qo‘shug‘ yoki she’r

35. Quyidagilar ichidan noto‘g‘ri ma’lumotni toping.

A) Mumtoz adabiyotimizdagi marsiyalarning asosiy qismi aruz vaznida

bitilgan.

B) Alp Er To‘nga marsiyasi barmoq vaznida bitilgan.

C) Alp Er To‘nga marsiyasining har bir misrasi yetti bo‘g‘indan tuzilgan.

D) Alp Er To‘nga marsiyasining har bir bandi yetti misradan iborat.

Yusuf Xos Hojib:

1. Yusuf Xos Hojib qaysi asr da yashab, ijod qilgan ?

A) XII asr B) XI asr C) IX asr D) XIII asr

2. Yusuf Xos Hojib o’zi tug’ilgan joyni o’zining asarida qanday nomlanishini aytgan ?

A) Qashqar B) Quz o’rdu C) To’qmoq D) Koshg’ar

3. «Tegurdi manga algi ellik yashim» mazkur bayt qaysi asarga tegishli ?

A) “ Qissasi Rabg’uziy “ B) “ Qutag’u bilig “

C) “ Devonu lug’ot at-turk “ D) “ Muhabbatnoma “

4. “ Qutadg’u bilig “ asari qancha muddatda yozil tugatiladi ?

A) 2 yil B) 1,5 yil C) 3 yil D) 1 yil

5. “Qutadg’u bilig” asari qancha baytdan iborat ?

A) 6060 baytdan ortiq B) 6960 baytdan ortiq C) 6600 baytdan ortiq D) 9666 baytdan ortiq

6. “ Qutadg’u bilig” asari qayerda tamomlangan ?

A) Qashqarda B) Bolasog’unda C) Barsg’anda D) Qazvinda

7. “Qutadg’u bilig” asari kimga bag’ishlangan ?

A) al-Muqtadoga B) Alovuddin Ko‘rpa Arslon

C) Nosiruddin To‘qbo‘g‘a D) Bug’roxon

8. Qut so’zining ma’nosi ?

A) saodat B) bilim C) baxt D) xazina

9. Adolat timsoli kim ?

A) Kuntug’di B) Oyto’ldi C) O’gdulmish D) O’zg’urmish

10. Aql timsoli kim ?

A) Kuntug’di B) Oyto’ldi C) O’gdulmish D) O’zg’urmish

11. Qanoat ( ofiyat ) timsoli kim ?

A) Kuntug’di B) Oyto’ldi C) O’gdulmish D) O’zg’urmish

12. Davlat timsoli kim ?

A) Kuntug’di B) Oyto’ldi C) O’gdulmish D) O’zg’urmish

13. Aql bilan ziynatlangan obraz ?

A) Kuntug’di B) Oyto’ldi C) O’gdulmish D) O’zg’urmish

14. Qaysi obrazning ismining ma’nosi “ Hushyor qiluvchi “,

“ Sergaklantiruvchi “ degan ma’nolarni anglatadi ?

A) Kuntug’di B) Oyto’ldi C) O’gdulmish D) O’zg’urmish

15. Qaysi obraz zohid qiyofasida ko’ringan ?

A) Kuntug’di B) Oyto’ldi C) O’gdulmish D) O’zg’urmish

16. O’zg’urmish qaysi taklifni 3 marta rad etadi ?

A) jang qilishni B) Eligning shaharga kelishini

C) Soliqlarni kamaytirishni D) Qullarni ozod qilishni

17. Asardagi taqvodor kishi kim ?

A) Kuntug’di B) Oyto’ldi C) O’gdulmish D) O’zg’urmish

18. «Qutadg‘u bilig» asarida O‘zg‘urmish eligdan nechta hojatini ravo qilishini so‘raydi va ular qaysilar?

A) 3 ta: dard-u kasalsiz hayot, nuqsonsiz tiriklik, qariliksiz yigitlik

B) 4 ta: kambag‘allik ko‘rmaydigan boylik, nihoyasiz ilm, qariliksiz yigitlik, dard-u kasalsiz hayot

C) 3 ta: nihoyasiz ilm, nuqsonsiz tiriklik, kambag‘allik ko‘rmaydigan boylik

D) 4 ta: nuqsonsiz tiriklik, qariliksiz yigitlik, dard-u kasalsiz hayot,

kambag‘allik ko‘rmaydigan boylik

19. «Qutadg‘u bilig» asarining «Kuntug‘di elig Oyto‘ldiga adl sifatlarini aytadi» qismida Oyto‘ldi eligdan nega bunday kursida o‘tirganligini so‘rasa, elig qanday javob beradi?

A) «Barcha to‘rt oyoqli narsa siljimas bo‘ladi».

B) «Barcha uch oyoqli narsa siljimas bo‘ladi».

C) «Agar uch (poyali) bo‘lsa, ko‘rgin, biri egri bo‘ladi».

D) «Agar ikki (poyali) bo‘lsa, ko‘rgin, biri egri bo‘ladi».

20. «Qutadg‘u bilig» asarida eligga qaysi qahramon: «Mening barcha

qilmishlarim jafo, menga ishonma... Oqar suv, ravon til, baxt-davlat bir yerda turmaydi», – deydi?

A) O‘gdulmish B) Kuntug‘di C) Oyto‘ldi D) O‘zg‘urmish

21. «Qutadg‘u bilig» asaridan olingan quyidagi parcha kim tomonidan kimga qarata aytilgan?

To‘p (koptok) (bir barqaror) o‘rinsiz dumalab yurgani kabi,

Men ham uning kabi (o‘rinsiz) kezaman.

Iltifot bilan boqqaningda ko‘zimni yumganim (sababi),

Senga o‘zimning qandayligimni ko‘rsatmoqchi edim.

Bu kunlarda men ham bir ko‘r kishi kabiman,

Kim menga ilashib qolsa, unga qattiq yopishib olaman.

A) elig tomonidan O‘gdulmishga qarata

B) Oyto‘ldi tomonidan eligga qarata

C) elig tomonidan Oyto‘ldiga qarata

D) Oyto‘ldi tomonidan O‘gdulmishga qarata

22. «Qutadg‘u bilig» asarida qaysi donishmand yigit eligning ovozalarini

eshitib, elig huzuriga xizmat uchun keladi va ular birgalikda mamlakatni

boshqarib, budun – xalqni idora qila boshlashadi?

A) O‘gdulmish B) Kuntug‘di C) Oyto‘ldi D) O‘zg‘urmish

23. «Qutadg‘u bilig» asarida qaysi qahramon dunyoviy ishlarning barchasi hayotiy zarurat ekanligini tinmay uqtiradi va shu maqsadda dehqon, savdogar, chorvador, hunarmand, kambag‘allar, oila, bola-chaqa, ularning tarbiyasi haqida ham gapiradi, tushuntiradi?

A) O‘gdulmish B) Kuntug‘di C) Oyto‘ldi D) O‘zg‘urmish

24. «Qutadg‘u bilig» asarida O‘zg‘urmish kimning oqilona tushuntirishlaridan so‘ng, ziyorat maqsadidagina elig huzuriga boradi?

A) O‘gdulmishning B) Kuntug‘dining C) Oyto‘ldining D) Kulteginning

25. Mumtoz adabiyotimizda (adabiy an’analar natijasi sifatida) qiyinchilikka duch kelgan qahramon, ma’shuqa ishqida o‘rtanayotgan oshiq qaddi ko‘pincha arab alifbosidagi qaysi harflarga qiyoslanadi?

A) «mim» yoxud «yo» harflariga B) «dol» yoxud «alif» harflariga

C) «lom» yoxud «yo» harflariga D) «yo» yoxud «dol» harflariga

26. Yusuf Xos Hojib qo‘llagan o‘xshatishlar yozma adabiyotda an’anaga

aylanib ketgan bo‘lib, adib zolim amaldorlarni nimaga o‘xshatgan?

A) arslonga B) sherga C) bo‘riga D) burgutga

27. Yusuf Xos Hojibning quyidagi misralarida nuqtalar o‘rniga adibning

nimani qafasda yotgan arslonga o‘xshatganini topib, qo‘ying.

«... hovlida (ya’ni qafasda) yotgan arslon kabidir,

Ey, qafasdagi (makkor) vahshiy boshingni yeydi».

A) nodonlik B) qalb C) aql D) til

28. Yusuf Xos Hojib ijodidagi qaysi obrazning bo‘riga qiyoslanishida ularning ochofat va johilligi ta’kidlangan?

A) o‘limning B) dushmanning

C) saroy amaldorining D) lashkarboshining

29. «Qutadg‘u bilig»da yuzga nisbatan ishlatilgan qaysi obraz kishi tashqi ko‘rinishining yoqimliligiga ishora?

A) arg‘uvon B) oy C) osh D) gul

30. «Qutadg‘u bilig»da lashkarboshiga nisbatan ishlatilgan qaysi obraz

lashkarboshining doimiy hushyorligiga ishora?

A) arslon B) zag‘izg‘on C) lochin D) quyon

31. Yusuf Xos Hojib zulmni nimaga o‘xshatadi?

A) yonib turgan o‘tga

B) hayotni so‘ndiruvchi zaharga

C) hamma narsani vayron qiluvchi toshqinga

D) hamma narsani vayron qiluvchi bo‘ronga

32. Yusuf Xos Hojib ijodida qaysi obrazning bo‘riga o‘xshatilishida uning dushmanga ayovsiz va katta kuch bilan dahshat solishi nazarda tutilgan?

A) o‘limning B) dushmanning

C) saroy amaldorining D) lashkarboshining

33. «Qutadg‘u bilig»da lashkarboshining jang taktikasidagi mohirligi, hiyla va tadbirkorligi nimaga o‘xshatiladi?

A) qoplonga B) arslonga

C) bo‘riga D) tulkiga

34. Yusuf Xos Hojib tasvirida «Qutadg‘u bilig» asaridagi qaysi qahramon «qilmishlari to‘g‘ri, fe’l-u raftori rost, tili chin, yetuk, ko‘zi va ko‘ngli boy, bilimli, zakovatli, hushyor, yomonlarga misli bir olov» edi?

A) O‘gdulmish B) Kuntug‘di C) Oyto‘ldi D) O‘zg‘urmish

35. Yusuf Xos Hojib adolatni nimaga o‘xshatadi?

A) hayot uchun zarur kimyoga B) ko‘ngillarni yorituvchi mash’alga

C) oqib turgan suvga D) hammani go‘zalligi ila bahramand etuvchi oyga

Nosiruddin Rabg’uziy :

1.Nosiruddin Rabg’uziyning asl ismi qanday ?

A) Burhon B) Nosiruddin C) To’qbo’g’a D) Rabg’uziy

2. Rabg’uziy qayerda tug’ilgan ?

A) Buxoro B) Xiva C) Xorazm D) Samarqand

3. “ Qissasi Rabg’uziy” nechchinchi hijriy yilda yozilgan ?

A) 1309-1310 B) 910 C) 710 D) 820

4. Rabg’uziyning otasining ismi nima ?

A) Burhon B) Nosiruddin C) To’qbo’g’a D) Rabg’uziy

5. Rabg’uziy quyida kimni ta’riflagan : «... yigitlar arig‘i (poki), ulug‘ otlig‘,qutlug‘ zotlig‘, ezgu xulqlig‘, islom yorig‘liq, mo‘g‘ul sanilig‘, musulmon dinlig‘, odamiylar inonchi, mo‘minlar quvonchi, himmati adiz (yuksak), aqli tengiz beg» ?

A) Burhon B) viloyat begini C) To’qbo’g’a D) podshohni

6. «ortug‘ yaroqlig‘ siyrati», «arslon mengizlik savlati», «ko‘rklug sifatlig‘ surati», «tuz so‘zlayur so‘zni uqa». Mazkur sifatlar kimga tegishli ?

A) Burhon B) viloyat begiga C) To’qbo’g’aga D) podshohga

7. «Qisasi Rabg‘uziy» asarining qaysi qismida adibning otasi haqida

ma’lumot keltiriladi?

A) she’riy madhiyada B) hikoyat ichida C) xotimada D) muqaddimada

8. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Uzum hikoyati»da: «Uzumg‘a uch marta suv quymoqni manga bersangiz topib beray», – deb kim aytadi?

A) tulki B) shayton C) sher D) to‘ng‘iz

9. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Uzum hikoyati»dan olingan quyidagi parchada qo‘llanilgan nuqtalar o‘rniga mos so‘zlarni qo‘ying.

«Andin so‘ng, Nuh alayhissalom ikki marta suv berdilar, biri behishti

zanjabildin erdi, andin ... paydo bo‘ldi. Biri salsabildin, andin ... paydo

bo‘ldi».

A) shinni, sirka B) sirka, shinni C) chog‘ir, sirka D) shinni, sag‘roq

10. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Yilon va qarlug‘och hikoyati»da suv kirib yotgan kemaning teshigini qaysi obraz berkitadi?

A) ilon B) qarlug‘och C) toshbaqa D) fil

11. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Yilon va qarlug‘och hikoyati»da oru (ari) gung bo‘lib g‘ingshib qolganida, uning ahvolini qaysi jonzot tushuntiradi?

A) qo‘ng‘iz B) sichqon C) qaldirg‘och D) baqa

12. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Yilon va qarlug‘och hikoyati»ning so‘nggida qaysi jonzotning odamga yaxshilik qilib, odam farzandi bilan bir uyda yashashi aytiladi?

A) sichqonning B) arining C) mushukning D) qaldirg‘ochning

13. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Sulaymonning qarinchg‘a bilan so‘zlashgani» hikoyatida mo‘rcha qaysi voqeadan keyin Sulaymon payg‘ambarga: «Baxil ekansiz», – deydi?

A) Sulaymon payg‘ambarning Ollohdan hech kimga berilmagan bir ilm

tilaganini eshitganidan keyin

B) Sulaymon payg‘ambarning Ollohdan hech kimga berilmagan bir baxt

tilaganini eshitganidan keyin

C) Sulaymon payg‘ambarning Ollohdan hech kimga berilmagan bir mulk

tilaganini eshitganidan keyin

D) Sulaymon payg‘ambarning Ollohdan hech kimga berilmagan bir hunar tilaganini eshitganidan keyin

14. «Qisasi Rabg‘uziy» o‘zbek nasrining eng qadimiy namunalaridan biri

bo‘lib, unda nechanchi asrlardagi o‘zbek adabiyotining bir qator o‘ziga xos xususiyatlari juda yorqin namoyon bo‘lgan?

A) XIII asr oxiri XIV asr boshlaridagi

B) XII asr oxiri XIII asr boshlaridagi

C) XI asr oxiri XII asr boshlaridagi

D) XIV asr oxiri XV asr boshlaridagi

15. «Qisasi Rabg‘uziy»dan olingan quyidagi parchada kim ta’riflangan?

«…bani Isroildan erdi. O‘n qarindosh erdilar. Otalari Is’hoq otlig‘ ...

qamug‘idin (barchasidan) kichik erdi. Tun-kun yig‘layur erdi ibodat

ichinda».

A) Yusuf payg‘ambar B) Sulaymon payg‘ambar

C) Nuh payg‘ambar D) Dovud payg‘ambar

16. Quyidagi ma’lumotlar «Qisasi Rabg‘uziy»da nomi zikr qilingan qaysi payg‘ambar haqida?

«Dovud payg‘ambarning o‘n ikkinchi, kenja o‘g‘li. U ham boshqa

akalariday «olim, faqih, oqil» yigit edi. Dovud podshohligi unga meros

qoldi. Ammo otasiga o‘xshab o‘z hunarini ham qo‘ymas edi. U temirchilik hunarini oliy darajaga yetkazdi. Bu hunarning keng tarqalishiga sabab bo‘ldi».

A) Yusuf payg‘ambar B) Ya’qub payg‘ambar

C) Nuh payg‘ambar D) Sulaymon payg‘ambar

17. Rabg‘uziyning «Kun hamalg‘a kirdi...» g‘azali bilan bog‘liq to‘g‘ri

ma’lumotlarni toping.

1) Tasvirda jonlantirish, sifatlash va o‘xshatishlar asosiy o‘rin tutadi;

2) Rabg‘uziy g‘azalning barcha shakliy-badiiy talablarini mukammal

darajada ado etolmagan bo‘lsa-da, g‘azal mumtoz adabiyotimizning nodir namunalaridan biri hisoblanadi;

3) Matla’dan to maqta’gacha navro‘z va go‘zal yorga muhabbat mavzulari uyg‘unlikda vasf etiladi;

4) Qofiyalarda qo‘llanilgan so‘zlar turkiy til tarovatini ko‘rsatuvchi

omillardan biri bo‘lgan: navro‘zi, buzi, yuzi, yozi, tuzi, qo‘y-qo‘zi,

juzi, qo‘zi, qunduzi, kunduzi, yulduzi;

5) Lola, bulbul, turna, qo‘zi kabi so‘zlar bahorning turli belgilarini

ko‘rsatish vositasi bo‘lgan;

6) Yer-osmon zidligi asosida bahorning o‘ziga xos tasviri berilgan.

A) 1, 4, 5, 6 B) 2, 3, 4, 6

C) 1, 2, 3, 5 D) 1, 2, 4, 5, 6

18. «Qisasi Rabg‘uziy»da qaysi payg‘ambar bilan bog‘liq hikoyatda

halollikka, o‘z mehnati bilan kun ko‘rishga, boshqalarga zulm qilmaslikka undash asosiy maqsaddir?

A) Yusuf payg‘ambar B) Nuh payg‘ambar

C) Dovud payg‘ambar D) Sulaymon payg‘ambar

19. «Qisasi Rabg‘uziy»dan olingan quyidagi parchada kim ta’riflangan?

«Aytmishlar, ... yalavoch tunla o‘zin belgusiz qilib ra’iyatlardin so‘rar

erdikim, podshoh sizing birla netag muomala qilur? Aytur erdilar: yavloq

(juda) odil turur».

A) Yusuf payg‘ambar B) Dovud payg‘ambar

C) Nuh payg‘ambar D) Sulaymon payg‘ambar

20. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Sulaymonning qarinchg‘a bilan so‘zlashgani» hikoyatida Manzara: «Shuncha tilag‘oningizcha nima berdi?» – deb so‘raganida Sulaymon qanday javob beradi?

1) «Shamolni musaxxar qilib berdi. Muncha hashamat va saltanat

lashkarimni taxt-baxtlarim birla ko‘tarib yurur»;

2) «Bu kitobni berdi. Hamma olamning ilmi shu kitobdadur».

3) «Bu uzukni berdi. Hamma olamning bandi shu uzukdadur».

4) «Bu hassani berdi. Hamma olamning bandi shu hassadadir».

A) 2, 3 B) 1, 4 C) 1, 2, 3 D) 1, 3

21. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Sulaymonning qarinchg‘a bilan so‘zlashgani» hikoyatida: «Man alarning kattasidurman. Ulug‘lar, raiyasiga base mehribon bo‘lur. Balog‘a ulug‘lar o‘zlarini ro‘baro‘ qilib, kichiklarni xalos qilsa yaxshidur», – fikrlarini qaysi obraz aytadi?

A) Manzara B) Sulaymon payg‘ambar

C) Nuh payg‘ambar D) Muso payg‘ambar

22. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Yilon va qarlug‘och hikoyati»ning so‘nggida qaysi jonzotlar bir-biriga dushman bo‘lib qoladilar?

A) baqa va ilon B) ari va ilon

C) ari va baqa D) ilon va qaldirg‘och

23. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Yilon va qarlug‘och hikoyati»da kema qancha vaqt suv ichida yuradi?

A) 9 oy B) 6 oy C) 3 oy D) 12 oy

24. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Uzum hikoyati»dan olingan quyidagi jumlada nimalar nazarda tutilgan?

«Bu nimarsalar har uyda bo‘lsa, uydin hargiz farishta kam bo‘lmas,

deydurlar».

A) shinni, sag‘roq B) sirka, shinni

C) chog‘ir, sirka D) shinni, sirka

25. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Uzum hikoyati»da shayton uzumning suvini dastlab nima bilan sug‘oradi?

A) tulkining qoni bilan B) sherning qoni bilan

C) to‘ng‘izning qoni bilan D) ilonning qoni bilan

26. «Qisasi Rabg‘uziy»dan olingan quyidagi jumlani davom ettiring.

«...bu kitobni tuzgan, toat yo‘lida tizgan, ma’siyat yobonin kezgan, oz

ozuqlug‘, ko‘p yozuqlug‘...»

A) Rabot o‘g‘uzining hokimi Burhon o‘g‘li Nosiruddin

B) Rabot o‘g‘uzining hokimi Nosiruddin o‘g‘li Burhoniddin

C) Rabot o‘g‘uzining qozisi Burhon o‘g‘li Nosiruddin

D) Rabot o‘g‘uzining a’lami Nosiruddin o‘g‘li Rabg‘uziy

27. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Yilon va qarlug‘och hikoyati»da kema ichida uch jonzot (nimarsa) yo‘q edi. Ular qaysilar?

A) sichqon, mushuk, qo‘ng‘iz B) mushuk, sichqon, ilon

C) qo‘ng‘iz, mushuk, chumoli D) sichqon, qo‘ng‘iz, kabutar

28. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Yilon va qarlug‘och hikoyati»da ari (oru):

«Odamning go‘shtidan totlig‘ go‘sht yo‘q ekan», – deb kelayotganida qaysi jonzotga duch keladi?

A) baqaga B) qaldirg‘ochga C) mushukka D) ilonga

29. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Sulaymonning qarinchg‘a bilan so‘zlashgani» hikoyatida Sulaymon payg‘ambar bilan gaplashgan chumolilar podshohining ismini toping.

A) Chumoli B) Mo‘rcha C) Qarinchg‘a D) Manzara

30. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Sulaymonning qarinchg‘a bilan so‘zlashgani» hikoyatida quyidagi fikrlarni aytib tavba qilgan kim?

«Ilohi, man o‘zumni dono bilib yurur erdim. Maning bilganim bu

qarinchg‘aning oldida hech nimarsa ekan».

A) Sulaymon B) Manzara C) Nuh D) Dovud

31. «Qisasi Rabg‘uziy»da qaysi payg‘ambarning taqachilik (temirchilik)

hunarini o‘rganganligi va uning qo‘lida temirning xamir kabi yumshaganligi aytiladi?

A) Yusuf payg‘ambarning B) Dovud payg‘ambarning

C) Nuh payg‘ambarning D) Sulaymon payg‘ambarning

32. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Sulaymonning qarinchg‘a bilan so‘zlashgani» hikoyatida qaysi podshoh dono, tadbirkor, xalq g‘amini yeydigan hukmdor, ma’rifatparvar, olim, orif sifatida ko‘zga tashlanadi?

A) Sulaymon payg‘ambar B) chumolilar podshosi

C) Ya’qub payg‘ambar D) Nuh payg‘ambar

33. «Qisasi Rabg‘uziy» necha qissadan iborat?

A) 73 qissadan B) 72 qissadan C) 74 qissadan D) 75 qissadan

34. «Qisasi Rabg‘uziy» asaridagi qaysi qissada bir necha hikoyat, latifa,

bayt, g‘azal va boshqa janr namunalari uchraydi?

A) Yusuf qissasida B) Dovud qissasida

C) Nuh qissasida D) Muso qissasida

35. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Sulaymonning qarinchg‘a bilan so‘zlashgani» hikoyatida Manzara: «Haq taolodan nima talab qildingiz?» – deganida Sulaymon payg‘ambar qanday javob beradi?

A) «Bir baxt tiladimki, andog‘ baxt hech kimga berilmish yo‘q».

B) «Bir ilm tiladimki, andog‘ ilm hech kimga berilmish yo‘q».

C) «Bir qalb tiladimki, andog‘ qalb hech kimga berilmish yo‘q».

D) «Bir mulk tiladimki, andog‘ mulk hech kimga berilmish yo‘q».

36. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Uzum hikoyati»da shayton uzumni uchinchi marta nimaning qoni bilan sug‘oradi?

A) tulkining qoni bilan B) to‘ng‘izning qoni bilan

C) sherning qoni bilan D) ilonning qoni bilan

37. «Qisasi Rabg‘uziy»dan olingan quyidagi parchada qo‘llanilgan

«ma’siyat» so‘zining ma’nosini toping.

«... bu kitobni tuzgan, toat yo‘lida tizgan, ma’siyat yobonin kezgan, oz

ozuqlug‘, ko‘p yozuqlug‘...»

A) mas’uliyat, burch, vazifa

B) erkin, ozod, hur diyor

C) tasavvufning tariqat bosqichidan o‘tish

D) shariatga xilof tarzda ish tutish, gunoh

38. «Qisasi Rabg‘uziy»da: «Taxti bir yig‘och yer ichinda. Ul taxtni oltun,

kumush birla qilmish erdi», – deya kimning taxti ta’riflanadi?

A) Yusuf payg‘ambarning B) Ya’qub payg‘ambarning

C) Nuh payg‘ambarning D) Sulaymon payg‘ambarning

39. «Qisasi Rabg‘uziy»da adib qaysi payg‘ambar bilan bog‘liq hikoyatlarda adolat va zulm, hunar egalari, ota-ona va farzandlar munosabati singari mavzularga asosiy e’tiborni qaratgan?

A) Yusuf payg‘ambar B) Dovud payg‘ambar

C) Nuh payg‘ambar D) Sulaymon payg‘ambar

40. «Qisasi Rabg‘uziy»da kimga bag‘ishlangan she’riy madhiyada uning

«ortug‘ yaroqlig‘ siyrati», «arslon mengizlik savlati», «ko‘rklug sifatlig‘ surati», «tuz so‘zlayur so‘zni uqa» singari sifatlari keltiriladi?

A) Nosiriddin To‘qbo‘g‘aga B) Tabg‘ach Bug‘raxonga

C) Muhammad Xo‘jabekka D) Burhoniddinga

41. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Yilon va qarlug‘och hikoyati»da qaysi jonzot kemani teshib qo‘yadi va suv kira boshlaydi?

A) to‘ng‘iz B) turna C) sichqon D) yo‘lbars

42. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Yilon va qarlug‘och hikoyati»da mushuk

qayerdan paydo bo‘ladi?

A) Yo‘lbarsning peshonasidan silaganda, qulog‘idan tushadi.

B) Yo‘lbarsning peshonasidan silaganda, og‘zidan tushadi.

C) Yo‘lbarsning peshonasidan silaganda, tuklaridan paydo bo‘ladi.

D) Yo‘lbarsning peshonasidan silaganda, burnidan tushadi.

43. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Sulaymonning qarinchg‘a bilan so‘zlashgani» hikoyatida quyidagi so‘zlar qaysi obraz tilidan aytiladi?

«Man bu zaif holim birla har kecha uxlamay hamma lashkarlarimning

atrofini aylanib, agar ag‘riqi bo‘lsa, borib ko‘rub sihatligiga muhojot

qilurman...»

A) Sulaymon payg‘ambar B) Manzara

C) Nuh payg‘ambar D) Muhammad payg‘ambar

44. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Uzum hikoyati»da keltirilishicha, chog‘ir (may, sharob, kishini sarxush qiladigan ichimlik) ichgan odam qanday fe’lli bo‘lishini toping.

1) «...tulki bo‘lib notanish kishi bilan do‘stluq og‘oz qilur»;

2) «...bo‘ridek yuraklik bo‘lub, hech ishdin qo‘rqmas, har qism yomon

ishlar sodir bo‘lur»;

3) «...yo‘lbarsdek bo‘lib, himmati jo‘sh bo‘lub, har kimga bir narsa berur»;

4) «...ayiqdek bo‘lib, himmati jo‘sh bo‘lub, har kimga bir narsa berur»;

5) «...to‘ng‘izdek yuraklik bo‘lub, hech ishdin qo‘rqmas, har qism yomon

ishlar sodir bo‘lur».

A) 2, 3, 4 B) 1, 3, 5 C) 1, 4, 5 D) 1, 2, 3



Download 57.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling