Kabel tarmoqlarida ish bajarishda elektr xavfsizlik qoidalari
Download 19.08 Kb.
|
маъруза-10 ЭлХавф
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Kabel tarmoqlari. Yer qazish ishlari.
10–MA‘RUZA. KABEL TARMOQLARIDA ISH BAJARISHDA ELEKTR XAVFSIZLIK QOIDALARI Reja: 1. Kabel elektr tarmoqlarida ish bajarishda ish rahbarini tayinlash. 2. Kabel tarmoqlari. Yer qazish ishlari. 3. Kabel va muftalarni inshootlarga osish va mahkamlash. Muftani ochish hamda kabelni kesish tartibi. 4. Muftaga qo‘yiladigan birikma bilan ishlash. Kabellarni yotqizish. Kabel va muftalarni boshqa yerga ko‘chirish. 5. Yer osti inshootlaridagi ishlar. 6. Sinov savollari. 1. Kabel elektr tarmoqlarida ish bajarishda ish rahbarini tayinlash. Ish rahbari quyidagi hollarda tayinlanishi kerak: - mexanizmlar va yuk ko‘tarish mashinalarini ishlatilganda; - 1000 V kuchlanishdan yuqori uskunalarda qurilmalardan kuchlanishni olib ishlashda (texnika xavfsizligining qoidalariga muvofiq barcha elektr qurilmalardan kuchlanish olingan hollar, oddiy va aniq sxemali elektr qurilmalar, elektr motorlar va ular ulangan yopiq taqsimlovchi uskuna qurilmalari bundan mustasno); - transport harakati serqatnov hamda kommunikatsiyalar maydonida joylash-gan kabel elektr uzatish va aloqa kabellarida ishlanganda; Naryad beruvchiga yuqorida sanab o‘tilgan ishlardan tashqari boshqa ishlar uchun ham ish rahbari tayinlashiga ruxsat beriladi. 2. Kabel tarmoqlari. Yer qazish ishlari. Yer osti inshootlari va yo‘llarida joylashgan kabellarni ta‘mirlash yoki kabel-larni yotqizish bilan bog‘liq yer qazish ishlari, ushbu yer osti inshootlari va yo‘llarini ekspluatatsiya qiladigan javobgar korxona yoki sex rahbarining yozma ruxsati bilan ish rahbari tayinlanganida olib boriladi. Ruxsatnomada yer osti inshootlari va yo‘l-larini joylashishi hamda yotgan chuqurligi ko‘rsatilgan chizmasi ilova qilingan bo‘lishi kerak. Agar chizmada belgilanmagan kabel, quvur, yer osti inshooti va shuningdek qurol-yarog‘lar topilsa, ularni qaysi tashkilotga tegishligini aniqlanmaguncha va tegishli tashkilotlardan ishni davom ettirishga ruxsatnoma olmaguncha yer qazish ishlari to‘xtatilishi zarur. Kabel trassasidan 5 metrgacha yaqin joylarda kuch bilan uradigan mashina va mexanizmlardan, kabel tarmoqlarini qo‘riq maydonida esa yer qazish mashinalaridan foydalanish man etiladi. Kabel tarmoqlarini himoya maydonlarida yer qazish mashinalaridan foydala-nish, faqat qazish uchun ushbu tarmoqni ekspluatatsiya qiluvchi korxona xodim-larigagina ruxsat etiladi. Qazish ishlarini yer qazish mashinalari va pnevmatik mashinalar hamda lo‘m va kirkalar yordamida, bevosita kabel ustida uni himoya qatlamigacha 0,3 m qolgunga qadar amalga oshirish mumkin. Yerni qolgan qatlami-dagi tuproq belkurak yordamida olib tashlanishi kerak. Qish faslida belkurak bilan tuproq qazishga faqat tuproqni isitgandan keyin-gina kirishish mumkin. Bunda issiqlik manbaini kabelgacha 15 sm ga yaqinlashtirish mumkin. O‘ra, xandaq va transheya qaziladigan joylar talabini e‘tiborga olgan holda, to‘silgan bo‘lishi kerak. To‘siqda ogohlantiruvchi belgi va yozuvlar, tunda esa ogohlantiruvchi yorug‘lik signali bo‘lishi kerak. O‘pirilish xavfi bor bo‘lgan bo‘sh yoki nam tuproqli yerlarda transheyalar qazilayotganda ularning devorlari mustahkam mahkamlanishi kerak. To‘kilib ketadigan tuproqli erlardagi ishlarni devorlarini mustahkamlamasdan, uning chetidagi tabiiy qiyalik burchagini saqlagan holda, bajarish shart. Yer osti suvlari yo‘q, ammo tabiiy nam tuproqli yerlarda, yer osti inshootlari yaqin joylashgan yerlarda transheya va handaqlarning, mustahkamlanmagan tik devorlarning chuqurligini: - o‘yilgan, qumli va katta bo‘lakli yerlarda 1 metrdan; - qumloq yerlarda 1,25 metrdan; - qumloq va soz tuproqli yerlarda 1,5 metrdan oshirmasdan qazishga ruxsat etiladi; Zich yopishqoq yerlarda tik devorli transheyalarni mahkamlash uskunalarini qo‘ymasdan, rotorli yoki oddiy ekskavatorlarda 3 metrgacha chuqurlikda kovlashga ruxsat etiladi. Bunday hollarda transheyalarga odamlarning tushishi man etiladi. Odamlarni tushishi zarur bo‘lgan transheya qismlari tirgovichlar bilan mustahkam-lanishi yoki yon tomonlari tabiiy qiyalik holida bajarilishi shart. Qish faslida, yerni muzlagan qismida (yerni quruq tuproq qismidan tashqari) yer qazilganda, uni tirgovichlarsiz bajarishga ruxsat etiladi. Yer qazish sharoiti texnika xavfsizligi qoidasida ko‘rsatilgandan farq qiladigan holatlarda, o‘ra va xandaqlar qazishni tik devorlarini tirgovich bilan mustahkamlagan yoki tabiiy qiyalikni saqlagan holda boshlash zarur. Chuqurligi 3 metrgacha bo‘lgan o‘ra va xandaqlarni namunaviy loyiha asosida maxsus mahkamlovchi yasamalar bilan mustahkamlash shart. Download 19.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling