Kabellar va simlarni ulashni montaj qilish


maõsus kabelli domkratlarga yoki barabanlarni ko‘tarish va kabelni


Download 20.68 Kb.
bet7/7
Sana13.11.2023
Hajmi20.68 Kb.
#1770016
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kabel va sim

maõsus kabelli domkratlarga yoki barabanlarni ko‘tarish va kabelni

dumalatish uchun moslamaga o‘rnatiladi (25-rasm).

Kabelli barabanni DK3 tipidagi domkratlar (25-rasm, a) bi-

lan ko‘tarishda domkratlar uning ikki tomonidan o‘rnatiladi.

Quvur bo‘lagini ishlatib, gayka 3 buraladi, bunda vint 2 vertikal

o‘q bo‘yicha siljiydi. Bu amalni vintlar zo‘g‘otasidagi 1 teshiklar

kabelli barabandagi teshiklar bilan mos kelmagunga qadar davom

ettiriladi. Keyin bu teshiklar orqali sterjen (quvur, lom va sh.o‘.)

o‘tqaziladi va barabanning kabelini tortishga va barabanning erkin

aylanishini ta’minlovchi balandlikka ko‘tariladi. 25-rasm, b da ko‘rsatilgan moslama yordamida kabelli bara-

banni ko‘tarish quyidagicha amalga oshiriladi. Baraban teshigiga

quvur – o‘q 8 qo‘yiladi. Ikkita ishchi yon gomonida qirqimga ega

bo‘lgan sapfa 7 bilan moslamani barabandan chiqib turgan quvur

– o‘qning uchlariga olib keladi. Keyin moslamani butun pastki yu-

zasi bilan yerga bosiladi, changak 6 ni oõirigacha orqaga tashlanadi

va kabelli baraban tortishga tayyordir.

Qishda dumalatmasdan oldin kabellar issiq õonalarda isitib oli-

nadi (5...10°C haroratda 3 sutkadan kam emas, 10°...25°C haroratda

1,5 sutkadan kam emas) yoki payvandlash transformatorigaulash

bilan isitiladi. Elektr qizdirish uchun barabandagi kabelning ichki

uchi ochiladi, hamma jilalari bir-biri bilan ulanadi va bu ulanish

germetizasiya qilinadi. Tashqi uchi po‘lat voronkada uchli berkit-

ish ko‘rinishida ajratiladi, po‘lat voronka sovuqqa chidamli kabelli

massa bilan to‘ldiriladi va payvandlash transformatoriga ulanadi.

Tarmokdan uzilgandan keyin 40 minut davomida qizdirilgan kabel

tortilishi kerak. yotqizish vaqtida tashqi muhitdagi havo harorati

0°C dan past bo‘lganda yoki uzokroq dumalatish vaqtida (> 40

minut) qizdirishni yotqizish jarayonida ham olib borish mumkin.

Rezina izolyatsiyali polivinilõlorid yoki qo‘rg‘oshin qobiqli ka-

bellarii agar tashqi muhit havosining harorati yotqizish boshlan-

gunga qadar sutka davomida hech bo‘lmaganda 15°C (20°C) dan

past bo‘lmaganda, oldindan qizdirmasdan yotqizishga ruõsat etiladi.


DK.3 kabelli domkrat (a) va kabelli barabanlarni

ko‘tarish uchun moslama (b):

1– zo‘g‘ata (teshik); 2 – vint; 3 – gayka; 4 – ustun; 5 – karkas;

6 – tayanch chpngagi; 7 – sapfa; 8 – o‘q


Tola nomerlari indiktorlarini qo‘llab kabellarning

to‘g‘riligini tekshirish sõemasi


Download 20.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling