ko‘rsatkichlar bilan ta’minlanib (rasmda ular ko‘rsatilmagan), ular yordamida olib tashlanadigan izolyatsiya uzunligi rostlab turiladi. dan oldin burab bog‘lanadi (21-rasm, a), kesim yuzasi 4 mm 2 dan 10 mm 2 gacha bo‘lganlari esa gilza 2da ulana (KPS45)di (21-rasm, b). Mis tolalarni kavsharlash uchun GTOS61 kavshari va kislotasiz flyus (masalan, kanifol , LTI flyusi) qo‘llaniladi. Alyuminiy tolalar sirtmoq qilib joylashtiriladi va shunday o‘rab bog‘lanadiki, ularni tegishish joyida tarnovcha (23-rasm, c) hosil bo‘lsin. Alyuminiy tola izolyatsiyasida ulanish joyida ular shikastlanishining oldini olish maqsadida asbestli bog‘ich qilingan vaqtinchalik tashqi o‘ram qo‘yiladi. Keyin o‘rab bog‘langan tola- larni kavsharlash lampasi bilan qizdiriladi va ulanishni alangagakiritilgan A yoki B kavshar novdachasi bilan qayta ishlanadi, bun- dan keyin tarnovchalarning ikki tomonidan kavshar qo‘yiladi. So- vigan ulanishni izolyatsion tasma bilan o‘ramlarni 50% li qoplash bilan izolyatsiya qilib qo‘yiladi. Presslash bilan faqat mis tolalarini ulash tavsiya etiladi, buning uchun izolyatsiyasi olib tashlangan va tozalangan tolalar uchlari sirtmoq qilib joylashtiriladi hamda qalinligi 0,2...0,3 mm va kengli- gi 18...20 mm bo‘lgan yumshoq mis yoki jez tasma bilan o‘raladi. Ulanish joylari PK2m dastaki omburi (22-rasm, b ga qarang) bilan presslanadi, bu omburlar kesim maydoni 6 mm 2 gacha bo‘lgan simlar va kabellarning tolalarini biriktiruvchi gilzalarda yoki nayli uchliklarda presslash uchun mo‘ljallangan. Sim unga mahkamlangan gilza (yoki uchlik) bilan omburga o‘rnatilgan puanson va matritsa 5 orasiga qo‘yiladi hamda ombur
Do'stlaringiz bilan baham: |