Kabi tushunchalarning mazmun mohiyati
Part 2, Issue 1: JANUARY 28
Download 42.97 Kb. Pdf ko'rish
|
Umurzakov Uygʼun Аbdutalipovich
Part 2, Issue 1: JANUARY 28 th 2022 ~ 41 ~ www.interonconf.com - aholini, ayniqsa, yosh avlodni gʻoyaviy tarbiyalash va mafkuraviy immunitetni shakllantirish; boshqa mafkuraviy va gʻoyaviy taʼsirlardan himoya qilish. Shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, mafkura muayyan falsafiy, diniy taʼlimotlar asosida yaratiladi, maʼlum ilmiy qarashlar, axloqiy tamoyillarga tayanadi. Mafkura oʻz mohiyati va taʼsir kuchiga koʻra, jamiyatni birlashtirishi yoki uni bir-biriga qarama- qarshi taraflarga boʻlib yuborishi, davlatning jahondagi obroʻ va mavqeini oshirishi yoki tushirishi, xalqlarni yuksaklikka koʻtarishi yoki tanazzulga duchor etishi mumkin. Yuksak maqsadlar, bunyodkor gʻoyalarga asoslangan mafkura ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga turtki boʻladi, maʼnaviyatni yuksaltiradi, insonlarni ulugʻvor ishlarga safarbar etadi. Ozodlik, erkinlik, mustaqillik, tinchlik, hamkorlik gʻoyalari asosida shakllangan, ezgu maqsadlarga xizmat qiladigan mafkura bunyodkorlik xususiyatiga ega boʻladi. Hukmronlik, mustabidlik, tajovuzkor, bosqinchilik, ekstremistik, aqidaparastlik gʻoyalari asosida shakllangan, millat va xalqlarni asoratga soladigan mafkura vayronkorlik xususiyatiga egadir. Mafkuraning diniy, dunyoviy, milliy, siyosiy va boshqa koʻrinishlari bor. Aksariyat rivojlangan mamlakatlar xalqlari erkinlik, adolat, qonun, inson huquqlari, millatlararo hamjihatlik, diniy bagʻrikenglik kabi gʻoyalarga asoslangan mafkuraga tayanmoqda. Milliy gʻoya — muayyan millat hayotiga mazmun baxsh etadigan, uni ezgu maqsad sari yetaklaydigan fikrlar majmui. U millatning oʻtmishi, buguni va istiqbolini oʻzida mujassamlashtiradi, uning tub manfaatlarini, maqsadlarini ifodalaydi. Milliy gʻoya oʻz mohiyatiga koʻra, xalq, millat taqdiriga daxldor boʻlgan, qisqa yoki uzoq muddatda hal etilishi kerak boʻlgan vazifalar va moʻljallarni ham aks ettiradi. Masalan, oʻz davrida (1941-1945) fashistlar bosib olgan Fransiyada "Qarshilik koʻrsatish" gʻoyasi milliy gʻoya darajasiga koʻtarildi va Fransiyaning ozod etilishi bilan bu gʻoya oʻz ahamiyatini yoʻqotdi. Biror gʻoyaning milliy gʻoya sifatida maydonga chiqishi millatning oʻtmishi, mavjud holati bilan bevosita bogʻliq. Ana shu 2 negizga tayangan holdagina u millatning qisqa vaqt va uzoq vaqtga erishish lozim boʻlgan maqsad-muddaolari va moʻljallarini toʻgʻri ifodalay olishi mumkin. Har qanday milliy gʻoyada umuminsoniy mohiyat mavjud boʻladi. Ammo, aniq bir millat yoki umuman insoniyat uchun ahamiyatli boʻlgan gʻoyalar ham bor. Masalan, "Milliy yarash" gʻoyasi fuqarolar urushi ketayotgan davlat uchun hayotiy mazmunga ega boʻlsa, "Manfaatli hamkorlik" gʻoyasi dunyoning barcha mamlakatlari uchun birdek ahamiyatlidir. Har bir xalq oʻz tarixining burilish nuqtalarida, avvalo mafkura masalasini, uning oʻzagini tashkil etadigan, oʻziga xos oʻq, birlashtiruvchi yadro vazifasini oʻtaydigan ijtimoiy gʻoyani shakllantirish muammosini hal etadi. Bunga esa milliy gʻoya orqali erishiladi. Milliy gʻoya muayyan darajada insoniyat taqdiriga taʼsir qiladi. Milliy gʻoyaning yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlar qalbiga insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini, umuminsoniy qadriyatlarni singdirishda ahamiyati katta. Milliy gʻoya vositasida el- yurt birlashadi, oʻz oldiga buyuk maqsadlar qoʻyadi va ularni ado etishga qodir boʻladi. THEORY AND ANALYTICAL ASPECTS OF RECENT RESEARCH TURKEY international scientific-online conference Download 42.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling