Kadamova Munira turdi farog‘iy (XVII asr o‘rtalari–1699/1700)
Download 1.33 Mb.
|
Turdi Farog\'iy. Kadamova
«Turdiman...»
Qatrayam nochiz, ammo zoti qulzum Turdiman, Kelturan amvojg‘a bahri talotum Turdiman. Qirq, Yuz, Ming aqrabolar etdilar mandin nufur, Ne balo, baxti qaro-yu toliyi shum Turdiman. Rishtadek ming pech-u tob chashmi so‘zondin o‘tar, Bovujudi e’tibori chashmi mardum Turdiman. Turdi o‘zbek adabiyotining hajviy yo‘nalishini juda yuqori darajalarga ko‘targan ijodkor sifatida ajralib turadi. Uning ijtimoiy-siyosiy, maishiy, madaniy hayotdagi illatlarni ko‘radigan ko‘zlari nihoyatda o‘tkir. Turdining she’rlari real hayot manzaralari bilan uyg‘un. Ular ning asosiy qismi avtobiograǟk mazmun kasb etgan. «Turdiman» radi智i g‘azal ham shu siraga mansub: Qatrayam nochiz, ammo zoti qulzum Turdiman, Kelturan amvojg‘a bahri talotum Turdiman. Bir qatragina suvning kuch va qudratini tasavvur qila olasizmi? To‘g‘ri, u hech qanday xavf va xatar solmasligi, hech kimni cho‘chita olmasligi mumkin. Ammo uning «zoti qulzum» – dengizga taalluqli ekanligini ham unutmaslik lozim. Lirik qahramon mana shunga ishora qilmoqda. Zero, qatralarning yig‘ilgani – jami hududsiz dengizlarda ham po‘rtanalarni hosil qila oladi. Bundan murod shuki, meni nazarga ilinmaydigan birgina ushoq odam deb o‘ylash to‘g‘ri emas, menga o‘xshaganlar ning hammasi jamlansa, uyushsa, dengiz kabi olam ni, ya’ni shu dunyoni, mavjud hayotni ag‘dar-to‘ntar qilib yuborishning ham uddasidan chiqadi deganidir. Navbatdagi bandda Turdining hayotiga oid yana bir muhim hodisani ilg‘ash mumkin: Qirq, Yuz, Ming aqrabolar etdilar mandin nufur, Ne balo, baxti qaro-yu toliyi shum Turdiman. Ya’ni, (endilikda) Qirq, Yuz, Ming urug‘ining boshliqlari mendan yuz o‘girmoqdalar, buni qarang, men qanday baxti qora va toleyi past kishiman. Demak, oldinroq uning o‘zi sanayotgan kishilar oldidagi obro‘ va e’tibori ancha baland bo‘lgan. U o‘z umridan rozi va minnatdor bo‘lib yashagan. Faqat keyingi paytlardagina vaziyat o‘zgargan. Mana shu holat shoirning o‘ziga «baxti qaro», «toleyi shum» sifatlarini qo‘llashga majbur qilgan. Hayot shoir uchun minglab sinovlarni, ko‘plab qiyinchiliklarni ro‘para qilgan. Hozir u hatto ignaning teshigidan ham o‘tadigan darajaga yetib kelgan: Rishtadek ming pech-u tob chashmi so‘zandin o‘tar, Bovujudi e’tibori chashmi mardum Turdiman. Buni turlicha talqin qilish mumkin: U shu darajada ozib-to‘zib ketganki, hozir ignaning teshigidan o‘tadigan ipga o‘xshab qolgan. Hayot qiyinchiliklari uni shu darajada pishitganki, u hatto hayotning har qanday to‘siq va mashaqqatlaridan ham o‘tishni uddalay oladi. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling