Kadamova Munira turdi farog‘iy (XVII asr o‘rtalari–1699/1700)


Download 1.33 Mb.
bet1/3
Sana09.03.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1255754
  1   2   3
Bog'liq
Turdi Farog\'iy. Kadamova


Kadamova Munira
TURDI FAROG‘IY
(XVII asr o‘rtalari–1699/1700)
Turdi Farog‘iyning hayoti va ijodi haqidagi ma’lumotlar, asosan, o‘z asarlaridir. U Buxoroda tavallud topgan. Uning tug‘ilgan yili haqidagi aniq ma’lumotlar saqlanmagan, biroq ashtarxoniylardan Nodirmuhammad (1642–1645) hamda uning o‘g‘illari Abdulaziz (1645–1680) va Subhonqulixon (1681–1702) lar hukmronlik qilgan yillarda yashaganligi ma’lum. U Xo‘jandda vafot etgan.
1681-yilda Miyonkolda xalq hukumatga qarshi qo‘zg‘olon ko‘taradi. Turdi ham mana shu qo‘zg‘olonchilar orasida bor edi. So‘ng shoir Xo‘jand va O‘ratepa hokimi Rahimbiy otaliq panohida bo‘ladi. Rahimbiy vafot etgach, uning o‘g‘li Oqbo‘tabiy huzurida qoladi. Biroq shoir ancha moddiy qiyinchiliklar bilan yashaydi. Adibning she’rlari shundan dalolat beradi.
Turdi ikki tilda ijod qilgan: uning o‘zbekcha asarlari qatorida tojikcha she’rlaridan ham ikkitasi bizgacha yetib kelgan.
Bizga hozircha adibning 18 tagina she’ri ma’lum, xolos. Ular 5 ta muxammas, 12 ta g‘azal va bir dona farddan iborat.
Ulardan shoirning tiyrak va bezovta ruhini, o‘tkir qalamining ta’sirchan kuchini, favqulodda jasoratini ilg‘ab olish qiyin emas.
Turdi o‘zi zamondosh bo‘lgan jamiyat illatlarini qattiq tanqid qildi, bu illatlarni mamlakat va millat fojiasi sifatida talqin qildi, millatd oshlarini uning oqibatlarini tezroq va to‘laroq tasavvur qilishga undadi.
Turdi adabiyotimiz tarixida satirik – tanqidiy yo‘nal ishni ancha baland cho‘qqilarga olib chiqqan ijodkor sifatida shuhrat qozondi.
G‘AZALLAR
«Tor ko‘ngulluk beklar...»
Tor ko‘ngulluk beklar, man-man demang, kenglik qiling,
To‘qson ikki bovli o‘zbak yurtidur, tenglik qiling.

Birni Qipchoq-u Xitoy-u, birni Yuz, Nayman demang,
Qirq-u Yuz, Ming son bo‘lub, bir xon oyinlik qiling.

Bir yaqodin bosh chiqorib, barcha bir to‘ng‘a kirib,
Bir o‘ngurluk, bir tirizlik, bir yaqo, yenglik qiling.

Kim qo‘yubdur, uhdayi o‘z mulkungizdin chiqmayin,
Ikki, uch, to‘rt da’vosin etmakni ko‘tahlik qiling.

Mardlar maydon chekib, rangin ko‘tarib zaxmlar,
Sizga yo‘q ul javhar-u yuzga upo-englik qiling.
Turdi yashagan davrda, ya’ni XVII asrning ikkinchi yarmida ijtimoiy hayotidagi muammolar avj nuqtasiga chiqqan, mamlakatda ichki nizolar kuchayib, amaldorlar orasida ham kin-u nifoq nihoyatda kuchayib ketgan edi. Turdi barcha amaldorlarning kibr-u havolarni yig‘ishtirib, o‘zaro ahil va hamjihat bo‘lib yashashga undaydi:
Tor ko‘ngulluk beklar, man-man demang, kenglik qiling,
To‘qson ikki bovli o‘zbak yurtidur, tenglik qiling.
Shu baytning o‘zidayoq beklarning «tor ko‘ngulluk», «man man», o‘zaro murosasiz ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan. Shuning uchun ularni biroz kengroq bo‘lishga, ahil va hamjihat bo‘lib yashashga undash ohanglari ustuvor darajaga ko‘tarilgan.
Turdi o‘zbek urug‘larini yaxshi biladi, ularning har biri alohida-alohida (92 ta) nom bilan yuritilsa-da, aslida, ularni «O‘zbek» degan nom birlashtirib turishi kerak edi.
Keyingi baytda alohida-alohida urug‘ nomlarining o‘zaro ziddiyat va ayirmalarga asos bo‘lmasligigi e’tibor tortiladi:
Birni Qipchoq-u Xitoy-u, birni Yuz, Nayman demang,
Qirq-u Yuz, Ming son bo‘lub, bir xon oyinlik qiling.
Bu yerda sanalgan nomlarning barchasi o‘zbek urug‘larining qadimgi an’analarini ko‘rsatadi, xolos. Shoir ta’did san’ati vositasida urug‘ nomlarining bir butun tizimini bir baytga sig‘dira oladi.
Turdi xalqona ibora va ifodalarning ustasi. Shuning uchun uning she’rlarida sodda, aniq ifodalar, ta’sirchan jumlalar juda faol iste’molda:
Bir yaqodin bosh chiqorib, barcha bir to‘ng‘a kirib,
Bir o‘ngurluk, bir tirizlik, bir yaqo, yenglik qiling.
Ko‘rinib turibdiki, mazkur baytda ahillik, hamjihatlikka chorlov xalqona iboralar tufayli juda jarangdor va ta’sirli chiqqan.

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling