MUXAMMAS
Yod mandin kim berur: yaxshi zamonlar ko‘rdiman,
Rind sarxayli-yu xush ayshi damo-dam surdiman,
Halqayi ushshoqda bazm-u majolis qurdiman,
Mushti xokam davr-u davronlar(ni lekin) ko‘rdiman,
Xush dimog‘ etgan mayi sofi – hariflar, durdiman.
Qilmadim shukronayi, soldurdi tufroq oshima,
Qolmadi juz dard-u g‘am hamdam, musohib qoshima,
Haq o‘zi rahm aylag‘ay ohi sahar ko‘z yoshima,
Tafriqa toshini yog‘durdi zamona boshima,
Xonumon ovora selobi havodis surdiman.
Nozili hukmi qazo hech kim rad-u man’ etmadi,
Barcha bo‘yniga solan bu rishtani qat’ etmadi,
Ahli hole topmadim boshdin balo daf’ etmadi,
Kulfat-u g‘urbatni turluk sunnati raf’ etmadi,
Xor-u beqadramki mundin ortinib, jabrandiman.
Do'stlaringiz bilan baham: |