Majolis un-nafois
Download 86.7 Kb. Pdf ko'rish
|
4-5 amaliy mashgulot-1
Husayn Voiz Koshifiy- notiq va axloq targ„ibotchisi. “Majolis un-nafois” tazkirasidagi Xoja Muayyad Mehnagiy, Mavlono Riyoziy haqida ma‟lumotlar
Husayn Voiz Koshifiy voiz sifatida o„sha davrda eng mashhur shilardan bo„lishi bilan birga, o„z davrining zabardast olimi, astronomii, shoiri Leron olimi Said Nafisiy Koshifiyning 40ta asari borligini aytadi. Navoiyning tirof qilishicha, Husayn Voizning "Oz fan bo„lg„aykim, daxli |o„lmag„ay, xususan, va‟z, insho (nasriy she‟r usulida yoziladigan xat) va nujumki siyasatshunoslik, astronomiya), aning haqqidur va har qaysisida mutaayyin (ko„zga (ko„rinarli) va mashhur ishlri bor..." Uning nutqlari jo„shqin va extirosli lo„lganligidan kishilarni ko„plab jalb etar edi. Husayn Voiz nutqlarining ta‟sirchanligi, jozibadorligi haqida eslab, uning o„g„li laxriddin Ali Safiy "Latoyifut tavoyif‟ nomli asarida shunday voqkani keltiradi: "Kunlarning birida ahli majlisga Mavlono Sayid G„iysiddin degan mashhur so„z ustasi ancha kechikib kelgan. Shu majlisda Abdurahmon Jomiy ham bor ekan. Sayid G„iyosiddin kirib kelishi bilan Jomiy undan so„rabdi: —Nechuk kechikdingiz, Mavlono G„iyosiddin? —Meni ma‟zur tuting, ustod, debdi G„iyosiddin,—kelayotgan edim, masjidi jome‟da Husayn Voiz nutq so„zlayotgan ekan,shunga mahliyo bo„lib qolibman". Ko„rinadiki, Husayn Voiz Koshifiyning nutqlari o„zining jozibadorligi bilan har qanday kishini jalb qila olgan. Aytishlaricha, Lining bunday so„z san‟atidagi Imahoratini Alisher Navoiy bilan birga Sulton Husayn Boyqaro ham yuksak baholagan va ular o„z asarlvrini aholi o„rtasida rasmiy ijro etish lozim bo„lgan paytlarda, bu ishga Husayn Voizni munosib ko„rganlar. 898(1492) yil 8 noyabr kuni buyuk shoir, Navoiyning ustodi Abduraxmon Jomiyning dafn marosimida Alisher Nnavoiy o„zining bag„ishlov she‟rini o„qib eshittirishni, shu marosimda va‟z aytgan Husayn Voizga topshirganligi buning dalilidir. Ma‟lum bo„lishicha Husayn Voiz o„ziga shogirdlar ham tayyorlagan. Bulardan biri uning o„z o„g„li Fahriddin Alidir. Fahriddin Ali otasi kabi o„tkir, jo„shqin notiq bo„lib etishish bilan birga, turli bilimlarni egallagan bilmdon, shoir ham bo„lgan. Husayn Voiz Koshifiy notiq sifatida shunday e‟tiborli bo„lganki, Xondamirning yozishicha, u aniq jadval bilan ishlashga majbur bo„lgan. Husayn Voiz Koshifiyning nutqlari mazmundorligi, ta‟sirchanligi, o„ziga jalb etish. quvvatini mujassam etganligi uning texnikasini o„rganish hozirgi davr notiqligi lichun ham xarakterlidir. Lekin o„z davri hukmron ideologiyasi nuqtai nazarida turganligi, o„z davri qobig„idan chiqa olmaganligi, uning nutqlari din targ„ibotchisi sifatida reaktsion rol‟ o„ynaganligini ham ko„rsatadi. O„sha davrning mashhur notiqlaridan biri Mavlono Riyoziyning notiqlik faoliyatida nutqni harakat bilan, mimika bilan qo„shib olib borish uchtun bo„lgan. U o„z nutqini aktyorlar kabi ijro etgan. Navoiyning yozishicha: "Va‟z aytib minbarda ko„z ash‟orin o„qur, yig„lab vajdi hol qilur". Ko„rinadiki, Riyoziy nutq so„zlaganda, uning ta‟sirchanligi ta‟minlashda, ijrochilikni birinchi o„ringa qo„yadi. Kerak bo„lganda, o„z nutqini kishilar qalbiga yaqin olib, ular bilan birdamlikni, qayg„usiga, iztirobiga sheriklikni bildirish maqsadida yig„lashgacha borib etadiki,bu nutq ijrochiligidagi ulkan qobiliyatdandalolat beradi. Mavlono Riyoziyning xalqqa yaqinligini, nutqning ta‟sirchan va notsionalligini ta‟minlashda, uning ijtimoiy kelib chiqishi va ahvoli ham muhim rol‟ o„ynaganligi ko„zga tashlanadi. Riyoziy avval Zova viloyatida qozi bo„ladi. Navoiyning fikricha, u o„rinsiz xatti- harakatlari uchun qozilikdan bo„shatiladi va piyrug„i bilan kishanga solinib, badarg„a qilinadi. Lekin, Navoiy uning qanday gunoh bilan badarg„a qilinganligini ochiq aytmaydi. Cheksiz musibat, zaxmatlar, paqirona hayot uning o„z davriga nisbatan noroziligini kuchaytirda va bu, albatta, uing voizlik faoliyatida ham aks etgan bo„lib, uning nutqlari mehnatkashlar orasida zo„r e‟tibor qozongan. Download 86.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling