Ra’no Ibrohimova (Rano Ibragimova)
Download 48.14 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Alisher Navoiy asarlarida ilmiy fantastik elementlar.
Ra’no Ibrohimova (Rano Ibragimova) Filologiya fanlari doktori, professor Alisher Navoiy asarlarida ilmiy fantastik elementlar. Alisher Navoiy yashagan davrda robot, televizor, planshet, skayplar bo‘lmagan, kosmosga uchilmagan. Biroq xalq orzu qilgan, faqat xalq orzusi fantastika doirasida qolgan. A.Navoiy xalq orzusini, o‘z g‘oyalarini ifodalashda fantastik: “tush ko‘rish”, “oynada ko‘rish” , “suvda ko‘rish” kabi sehrli ertaklarga xos fantastik elementlar bilan bir sirada ilmiy fantastik elementlardan ham keng foydalanadi. Bular: “umrni uzaytiruvchi suyuqlik”, suv ostida, 100 kun ichida turish mumkin bo‘lgan “shisha quti”, “suzuvchi shahar”, “Iskandar ko‘zgusi”, “Iskandar devori”, ichi portlovchi modda bilan to‘ldirilgan “shar”, “temir odam” dir. A.Navoiy asarlaridagi fantastik elementlarga xos nuqta: a)real hayot tasviri fantastika bilan o‘zaro tutashib ketadi. b) U xalq orzusini amalga oshishi yo‘lida bosqich vazifasini o‘tashi mumkin bo‘lgan fantastik gipotezalarni ilgari suradi. v) A.Navoiy asarlaridagi fantastik elementlar bugungi kunda robot, batiskaf, suv osti kemasi, eskalator ko‘rinishida amalga oshgan va fantastika janrini, xususan o‘zbek fantastikasini yuzaga kelishida poydevor vazifasini o‘taydi. Fikrimizni A.Navoiyning “Farhod va Shirin”, «Sab’ai sayyor», «Saddi Iskandariy» 1 dostonlarida foydalangan fantastik o‘rinlar misoli tahlilida tadqiq etdik. A.Navoiy dostonlaridagi a) fantastika bilan reallikning o‘zaro tutashgan nuqtasida yuzaga kelgan fantastik o‘rinlar: fantastik mahluqlar ya’juj-ma’jujlarga qarshi Iskandar devorini bunyod etilishi. Bu devor fantastik bo‘yoqlar bilan bir siradi o‘rta asr inshoatlari uchun xarakterli xususiyatlar mavjud; b) sehrli ertaklar, ilmiy fantastikaga xos chizgilar o‘rin olgan holatlar. v) dostonda ijtimoiy masalalar ko‘tarilgan o‘rinlarda romantik va fantastik bo‘yoqlardan foydalanadi; g) tarixiy shaxslar obrazi saqlagan holda, ularga fantastik nisbat beradi; d) davlatni shohsiz tasavvur eta bilmaslik Navoiy qarashlaridagi utopik tomonni tashkil etadi. Bu albatta, davr sharoiti bilan izohlanadi. Bu o‘rinda reallika rioya qilingan, ham odil shoh haqidagi Navoiyning o‘ylari romantik bo‘yoqlarda berilgan. Bo‘rttirib berilgan o‘rinlar ertaklarga xos chizgilarni tashkil etgan. ye) Farhod tarbiyasiga oid boblarda fantastikani eposga xos ko‘rinishidan foydalanadi. Ya’ni, Farhod soat sayin o‘sadi, uch yoshida o‘n yasharlik boladek to‘lishadi, yoyni ikki buklab, halqa holiga keltiradi va q.k. Farhod obrazi tasviri real zaminga ega. U, bir yil ichida Qur’onni yod bilib oladi, kimdir bir soatda bajarishi mumkin bo‘lgan ishni bir daqiqada ado etadi. Dostonning asosiy
1 A.Navoiy «Xamsa»sidan o‘rin olgan dostonlarining umumiy yo‘nalishi, A.Hayitmetovning «Navoiy ijodiy metodi masalalari», S.Erkinovning Navoiy «Farhod va Shirin»i va uning tahlili, A.Qayumov, S.G‘aniyeva, I.Xaqqulov va ko‘plab boshqa navoiyshunos olimlarning asarlarida keng, atroflicha tadqiq etilgan. Navoiy ijodida fantastika mavzusi esa ilk bor professor A.Hayitmetovning «Alisher Navoiy va fantastika» maqolasida yoritilgan.
2 qismiga kelib, ertaklarga xos fantastik unsur paydo bo‘ladi. Bu sehrli «ko‘zgu». Uning siri orqa tarafida bayon etilgan. Bu sirga ko‘ra, ko‘zguga ega bo‘lgan kishi unda o‘z qismatida bor narsalarni ko‘rishi mumkin. A.Navoiy «Saddi Iskandariy» dostonida ham sehrli oynaga murojaat etadi. Iskandarga taqdim etilgan oyna kishilar o‘rtasidagi nizolarni bartaraf etadi va haq bilan nohaqlikni ajratib olishga ko‘maklashadi. A.Navoiy kuzguning kashshofi Iskandar ekanligi aytadi. Kitobxon ko‘zguning mavjudligiga ishonch hosil qiladi. Bu ishonchni qat’iy o‘rin olishi uchun shoir ko‘zguni 400 nafar olim birgalikda yaratgani aytadi. A.Navoiy dostonlarida fantastik element sifatida «samandar yog‘i», «muhra suyuqligi»dan foydalanadi. Bu suyuqlik Farqodning otasiga Suqrot tomonidan taqdim etilgan bo‘lib, uning xosiyati inson umrini uzaytira olishidadir. Dostonda fantastik sifat bilan yo‘g‘rilgan «qilich», «kamon»dan tashqari, tasvirlanayotgan voqealarni yanada ishonchli chiqishi uchun «qora rang»dan keng foydalanadi. Qizig‘i, ayni bir qora rangni bir necha xil turlarini beradi. A.Navoiy ijodidagi fantastika unsurlarining ikkinchi turi ilmiy asosga ega. Ular zaminida ma’lum bir texnik g‘oya yotadiki, bu g‘oyalarning ayrimlari bizning davrga kelib, real qodisaga aylangan. Ana shunday g‘oyalardan biri «Saddi Iskandariy» dostonidagi ko‘zgu detali bilan bog‘liqdir.Navoiy xalqning orzu-armonlarini tasvirlabgina qolmay, ularga faol munosabat bildiradi. Xitoy xoqoni tomonidan taqdim etilgan oyna Iskandarda yangi bir fikr uyg‘otadi. U olim va fozillarni yig‘ib, «Oinai Iskandariy»ni yaratadi. Iskandar tashabbusi bilan kashf etilgan bu oyna XX asrga kelib ixtiro etilgan televideniyening prototipidir 2 . Navoiy hayotiy eqtiyoj taqozosi bilan «suv chiqarish», «dengiz osti sirlarini o‘rganish» kabi masalalarni fantastik yo‘l bilan hal etgan. Fantastika bunday masalalarni amalga oshirish yo‘lidagi dastlabki qadamdir. Bu masalaning bir tomoni. Bundan tashqari, rivoyatlarga qaraganda, Iskandar o‘zining dengiz bo‘yicha vaziri Nearx bilan shisha oynaklari bo‘lgan qutida денгиз tagiga tushadi. Bu «suzuvchi» apparat Arastu loyihasiga ko‘ra tayyorlangan edi. 3
Iskandarning shishada yasalgan idishda suv ostiga tushishi bilan bog‘liq fantastik unsurning Navoiy asaridan o‘rin olishida yuqorida keltirilgan rivoyat manba vazifasini o‘tagan bo‘lishi mumkin. Navoiy qo‘llagan fantastik unsurlar zaminida uning dunyo ilmidan boxabar bo‘lgani bilan bir sirada, xalq xayolidan o‘rin olgan obrazlar – dengiz osti «aqllari»: suv shoqi, suv parilari bilan muloqotda bo‘lish azaldan insonlarni qiziqtirib kelgani ham zamin bo‘lgan.
2
Бертельс Е.Э. Избранные труды: Навои и Джами. -М.: 1965. -С. 169. 3
Диомидов М.Н., Дмитриев А.Н. Покорение глубин // Этнография. -1972. -№ 6. -С. 6. 3 Bundan tashqari, eramizdan yuz yil oldin toshga o‘yilgan barelyef ham saqlanib qolgan. Bu barelyefda suv tagida yotib, charm meshdagi havodan nafas olayotgan suriyalik jangchi tasvirlangan. XIV asr fransuz miniaturasida esa shisha idish ichiga kirayotgan Iskandarni ko‘ramiz. Alisher Navoiyning bunday tarix faktlaridan xabardor bo‘lgani eqtimoldan xoli emas. A.Navoiyning «temir odam»i ilmiy fantastikaning eng ibtidoiy shakli edi. Temir odam xususida fikr yuritar ekan, shoir uni batafsil tasvirlashga qarakat qiladi. A.Navoiy fantastik holatlarni tasvirlar ekan, benihoya aniqlikka erishadi. Bu narsa shunda ko‘rinadiki, биринчидан, shoirning o‘zi ушбу ҳолатнинг shohidi bo‘lgan kishi nuqtai nazaridan chiziladi. Masalan, A.Navoiy Aqriman yashovchi vodiyni tasvirlar ekan, uning o‘ta дақшатли эканлигидан o‘zining ham esi оғаёзганини айтади. Yoki Iskandar cho‘lda uchratgan itsimon vaqshiylarning soni mingtaligini uning shaxsan o‘zi eshitganini yozadi. Xullas, u fantastik manzara yoxud fantastik obraz yaratar ekan, kitobxonni bu manzara yoki obrazga ishontirish maqsadida o‘zi bu qodisaning haqiqat ekaniga kafolat beradi. Natijada bu badiiy usul A.Navoiy asarlarida tasvirlangan fantastik holatga nisbatan kitobxonda ishonch qissini uyg‘otish uchun xizmat qiladi. Ikkinchidan, A.Navoiy o‘zi yaratayotgan fantastik holatga kitobxonni yanada ishontirish, unga qandaydir hujjatlilik tusini berish maqsadida tasvir poetikasiga turli raqamlarni jalb etadi. Masalan, Aflotun sehrgarlik qilmaydi, balki mazkur holatdan qutulish yo‘lini ilmdan, kitobdan axtaradi. Ushbu kitobda qo‘rg‘on eshigini qay yo‘l bilan ochishning batafsil tasviri berilgan edi. Bu tavsifga ko‘ra, bajarilishi lozim bo‘lgan ishlardan biri yer osti yo‘lini topgach, roppa-rosa o‘n yetti qadam yurib, to‘xtash kerak. O‘n yettinchi qadam qo‘yilgan joydagi devor bag‘rida ikkita yopqich plita bor. Ularning biri shamolni, ikkinchisi esa olovni to‘sadi. Ana shu yopqichlarning birini ochish bilan shamol esib saraton quyoshi taftidan sarg‘aygan o‘lkaga hayot qaytadi. Farqod ham temir odamga yetib kelish uchun juda ingichka va tor yo‘lkadan o‘tishi kerak. Bu yo‘lkaning ikki chetida xarsang bo‘lib, sal chetga og‘ilsa, pastga tushib ketish mumkin. Lekin og‘masdan, o‘n bir ming qadam sanab oldinga yurilsa, qo‘rg‘onga kelinadi. Qo‘rg‘ondan 100 qadam berida xarsang tosh bo‘lib, uni joyidan siljitilsa, qo‘rg‘onning eshigi ochiladi. Qo‘rg‘on ichida esa temir odam turadi. Temir odamni yengish uchun 100 qadamdan turib, ko‘kragining qoq o‘rtasiga o‘q-yoy otish kerak. Ko‘ramizki, A.Navoiy bu manzara tasvirida raqamlarga ko‘p murojaat qiladi. Bu raqamlarda biror sir bormi? Yoxud ular shunchaki, tasodifiy xarakterga egami? Bu raqamlarda ma’lum bir sir bo‘lishi ehtimoli bilan birga, shoirning maqsad yaratilayotgan fantastik vaziyatga kitobxonni ishontirish bo‘lgan. «Titanik» kemasi A.Navoiy orzu qilgan suv ustidagi shaharning zamonaviy namunasi hisoblanadi. Atomonidan Navoiy томонидан tilga olingan Iskandar ko‘zgusi ma’lum ma’noda
4 uzoq шаҳарларни, koionotdagi hodisalarni кузатиш mumkin bo‘lgan televideniyeni Suv . Сув chiqarish muammosi ham o‘z yo‘l fantastik йўл bilan hal Bu . Бу fantastik sifatga ega bo‘lgan Farhod teshasidir. Navoiy .Навоий Farqodning o‘z maqsadi yo‘lidagi kurashda uni Suqayl, Xizr bilan uchrashtirib, unga fantastik shart-sharoitlar yaratib bersa, ikkinchi tomondan, hech bir ishga meqnatsiz, ijtimoiy taraqqiyotsiz, ilm-fanning rivojisiz эришиб bo‘lmaydi, degan fikrni o‘tkazishga qarakat qiladi. A.Navoiy fantastikadan o‘z dostonlari qiziqarli va o‘qimishli qilish maqsadidagina foydalanmaydi. Fantastika qaqramonlar xarakterining psixologik, favqulodda chizgilarini ochish, ularni mashaqqatli sinovlar silsilasidan o‘tkazish yoxud mushkul aqvoldan xalos etish zarur bo‘lgan hollarda unga ko‘makka keladi. «Farqod va Shirin» dostonidagi fantastik motivlarning yana biri makkor kampir Yosuman obrazi. U to‘la ma’noda fantastik obraz emas. Lekin A.Navoiy unga fantastik xislatlar beradi. Kampirning makri shu qadar zo‘rki ota qizini, o‘g‘li onasini sevib qolishi, uning bir og‘iz so‘zidan kishi butunlay yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. U duoxonlikda Buqrotni qam yo‘lda qoldiradi. A.Navoiy kampirni g‘ayritabiiy sifatlar egasi tarzida tasvirlar ekan, uning insoniy moqiyatini va, eng muqimi, Xusravning chirkin dunyosini ochishga muvaffaq bo‘ladi. A.Navoiy ana shu tarzda va shu sababdan o‘z dostonining badiiy strukturasiga g‘ayriilmiy fantastik unsurlarni ham olib kiradi. Shunday qilib, fantastik motivlarni realistik yo‘l bilan dalillash A.Navoiy ijodiy uslubining o‘ziga xos tomonlaridan birini tashkil etgadi. Fantastik motivlarni tasvirlashdagi A.Navoiy ijodiga xos yana bir xususiyat shundaki, uning asarlaridan o‘rin olgan fantastik unsurlar zamirida obyektiv reallikning ba’zi bir chizigilari yotadi. Bu narsa nimalarda ko‘rinadi? Iskandar Mag‘ribni zabt etgach, o‘z Vatani Rumga Kirvon o‘lkasi orqali qaytadi. U Kirvon aqolisining aqvoli niqoyatda nochorligini ko‘radi. Buning sababi, kirvonliklarning tog‘da istiqomat qiluvchi ya’juj–ma’jujlarning tazyiqiga uchrab turishi edi. Ya’juj–ma’jujlar yiliga ikki marta bu o‘lkaga qujum uyushtirib, aqoli boshiga qirg‘in solib, ularning uy-joylarini buzib, o‘zlarini yeb ketar ekan. Ma’lumki, tarixda ya’juj-ma’juj yoki shunga yaqin biron bir mavjudot bo‘lgan emas. Garchand «ya’juj-ma’juj» atamasi mavjud bo‘lgan bo‘lsa-da, bu aslida A.Navoiy qalamiga mansub fantastik obrazdir. Bu o‘rinda shuni ta’kidlamoq lozimki, A.Navoiy yaratgan mazkur timsol o‘zbek adabiyotida ilmiy–fantastik obraz yaratish borasidagi dastlabki urinishlardan biri edi. A.Navoiy falokat keltirayotgan kishilarni ya’juj-ma’jujga qiyoslaydi. Dostondagi chumoli shaklli maxluqlarning fantastik obrazi ham diqqatga sazovordir. Ko‘p dengiz va shaqarlarni zabt etgan Iskandar Mag‘rib tomon yo‘l olar ekan, bir cho‘ldan o‘tadi. Cho‘lda 5 itsimon, lekin chumoli shaklli daqshatli qayvonlarni ko‘radi. Iskandar o‘sha yerliklardan bu iqlim aqvolini surishtiradi. Shunda bir kishi unga cho‘lning narigi tomonida vaqshiy odamlar yashashini, ular goh-goh kelib, qiron uyushtirib, aholiga ozor berishini; vaqshiy odamlar o‘n kun surunkasiga uxlab, o‘n kun bedor ekanliklarini, shunda ularni chumoli shaklli hayvonlar qo‘riqlashini so‘zlab beradi. Vaqshiylar mamlakatining narigi chegarasida ikki buyuk tog‘ bo‘lib, biri qizil oltindan, ikkinchisi esa kumushdan iborat ekan. Ammo u tomonga vahshiylar tufayli o‘tib bo‘lmas, ular hech kimni yaqin yo‘latmas ekanlar. A.Navoiy bu mahluqlarning fantastik obrazini yaratar ekan, ularda turli-tuman vaqshiy hayvonlarning qirralarini ko‘radi hamda ana shu hayvonlarga xos alomatlarni bir nuqtaga jamlab, chumolisimon mahluqlarning fantastik portretini chizadi. «Saddi Iskandariy» dostonida foydalanilgan fantastik motivlardan yana biri Kashmir voqeasi bilan bog‘liq. Kashmir shohi Mallu Iskandarga bo‘yin egishdan bosh tovlab, o‘zining temir darvozali, g‘oyat mustaqkam qal’asiga kirib oladi. U qal’aning tevarak-atrofidagi havoni sehr yordami bilan «o‘g‘irlab», uni jazirama viloyatga aylantiradi. Nafas olish og‘irlashgani sababli Iskandar qo‘shinlari qal’aga yaqinlashish imkonidan maqrum bo‘ladilar. Iskandar Kashmir shohini yengish yo‘llarini qidirib, olimlar bilan maslahatlashadi. Ular ilm-hikmat bu masalada yordamga kelishi muqarrar ekanini aytadilar. Ularning taklifi bilan ichiga portlovchi va yonuvchi moddalar solingan shar yasaladi. Sharga o‘rnatilgan piliklarni yondirib, so‘ng ularni dushman qal’asiga irg‘itish bilan to‘siqlar buziladi va Kashmir shohining sehri barbod bo‘ladi. A.Navoiy ijodida dev, ajdaqo kabi xalq ertaklari uchun an’anaviy fantastik unsurlar bilan bir qatorda qozirgi ilmiy-fantastik adabiyotning qator muqim motivlari va ko‘rinishlari qam keng o‘rin egallaydi. Bu dostonlar badiiy strukturasidagi yuqorida tilga olingan qator jihatlar, shubhasiz, fantastika bilan o‘zaro tutashadi. A.Navoiyning «Sab’ai sayyor» dostonidagi fantastik o‘rin hunarmand usta Zayd Zaxxobning podshoh uchun yasab bergan g‘aroyib oltin taxtining tasviri A.Navoiy asarlaridagi fantastik o‘rinlarning shox namunalaridan biridir. - ...Taxtning tuzilishi 8 kirrali bo‘lib, shohning o‘tiradigan joyi yer yuziday keng edi. Taxtning burchaqlarida sakkizta minorasi bo‘lib, bularning to‘rttasi balandda va to‘rttasi pastda edi. Pastki minoralarda gapirishga o‘rgatilgan to‘rtta to‘ti va baland minoralarda to‘rtta tovus turardi. Taxtning atrofi la’l-gavharlar bilan bezatilgan bo‘lib, oltin zinasi ham sakkiz poyali edi. Zargar taxtni shunday san’at bilan yasaganki, agar Jamshid martabali shoh bu taxtga chiqadigan bo‘lsa, pillapoyalari uning qadam qo‘yishi uchun pasayib, bir-biri ustiga yotardi. Shoh shu sakkiz poyaning hammasini bosib o‘tib, o‘z taxtiga o‘tirgach, u zinalar yana baland ko‘tarilardi. Shoh o‘tirganida to‘rtta to‘ti birdan ovoz beradi. Taxtning oyoklari o‘rniga sakkizta ustun bo‘lib, go‘yo taxt sakkiz qavat osmon ustida turgandek edi. Shoh qaysi tarafga qarab o‘tirishni istasa, 6 ozgina ishorat bilan taxt o‘sha tarafga qarab aylanar edi. Buning aylanishi uchun hech kimning ovora bo‘lishi shart emas edi. Ko‘ramizki, hozirgi eskalator, joydan qimirlamasdan pult orqali boshqarish kabi real narsalarning fantastik variantini A.Navoiy ancha ilgari yuzaga keltirgan ekan. A.Navoiy dostonlariga bevosita xalq ertaklari va rivoyatlaridan kirib kelgan unsurlardan dev, ajdaho, Ahriman singarilar ertak janri me’yorlariga bo‘ysunadi va o‘zida ertaqlar poetikasi uchun xarakterli xususiyatlarni eltadi. Ilmiy zaminga ega bo‘lgan fantastik motivlar – ular garchand ertaknamo badiiy libosda gavdalansa-da, fan va texnikaning hozirgi yutuklari bilan ma’lum ma’noda yo‘qlamaga kirishadi. Demak, fantastik motivlar, yuqorida qayd etilganidek, o‘zbek fantastikasi, xususan ilmiy- fantastik adabiyotining vujudga kelishi va rivojlanishida muhim manbalardan biri sifatida muayyan ahamiyatga egadir.
1 Bertels YE.E. Izbranniye trudi: Navoi i Djami. -M.: 1965. -S. 169. 1 Diomidov M.N., Dmitriyev A.N. Pokoreniye glubin // Etnografiya. -1972. - № 6. -S. 6. Download 48.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling