Davlat kadastrlari palatasi
Navoiy viloyati boshqarmasi
Nurota tuman filiali rahbari: E. Ro‘zimurodov
Ijrochi: H.Tursuntoshev
tel: 93 201 06 07
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO’MITASI HUZURIDAGI
KADASTR AGENTLIGINING DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
NAVOIY VILOYATI BOSHQARMASI NUROTA TUMAN FILIALI
N sh. Tel: (436) 52-3-24-02 Fax (436) 52-3-15-49 “E.Sudur” MFY Islom Karimov ko`chasi.
X/r: 22604000104397507006 MFO: 00206 Indeks: 210700E-mail: yermulkkadastr@nv.uz
|
2022 yil « 17 » yanvardagi 01-03/ 24-sonli
O’zbekiston Respulikasi Bosh vazirining
Tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish
Nurota tuman qabulxonasi mudiri
Z.Boboyevga
Nusxasi: Nurota tumani Yangihayot MFY,
Yangibino qishlog’ida yashovchi fuqaro
Yusupov Sherzat Fayzullaevichga
Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi Nurota tumani filiali, Nurota tumani Yangihayot MFY, Yangibino qishlog’ida yashovchi fuqaro Yusupov Sherzat Fayzullaevich tomonidan 2022 yil 13-yanvar kuni O’zbekiston Respulikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish qabulxonasiga qilgan 328-bvq/22-sonli murojaati yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.
Murojaat muallifi o‘z murojaatida Yangihayot MFY hududidan o’zi tanlagan qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun qulay bo’lgan 20,0 gektar yer maydoni ajratilishida amaliy yordam ko’rsatishni so’ragan.
Murojaat Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi Nurota tumani filiali mutaxassislari va murojaat muallifi ishtirokida atroflicha o‘rganilib chiqildi va murojaat muallifiga Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 24 noyabrdagi 709-son qarorini 1-ilovasiga asosan ya’ni dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning ma’muriy reglamenti bo’yicha qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ochiq elektron tanlov orqali yerlar mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinishini belgilab qo‘yilganligini haqida to’liq va batavsil huquqiy ma’lumot berildi.
Fuqaro ushbu javobdan norozi bo‘lgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida” gi Qonunning 33-moddasiga asosan yuqori turuvchi organlarga murojaat qilish huquqi mavjudligini ma’lum qiladi.
Xatga dalolatnoma, fotasurat ilova qilinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |