Kadirova muslimaxon kasimjan qizining


Download 210.5 Kb.
bet2/7
Sana15.06.2023
Hajmi210.5 Kb.
#1477270
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
KADIROVA MUSLIMAXON KASIMJAN QIZINING

Kurs ishining ob’ekti: boshlang’ich sinf o’quvchilarida insonparvarlik tarbiyalash metodikasining ta’lim va tarbiya faoliyatini organish.
Kurs ishining predmeti: boshlang’ich sinf o’quvchilarida insonparvarlik tarbiyalash metodikasining mazmuni, shakli, vosita va metodlari.
Kurs ishining vazifalari:
1.Mavzuga doir pedagogik, psixologik adabiyotlarni taxlil qilish va umumlashtirish.
Boshlang’ich ta’limda innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo’llashning tashkiliy asoslari orqali ijtimoiy pedagogik muammolarini o’rganish.
3.Bo‘lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini bolalar bilan ishlashga tayyorlash.
4.Bo‘lajak o’qituvchilarning ta’lim-tarbiya texnologiyalari va pedagogic innovatsiyalar orqali kasbiy – madaniy munosabatlarni shakllantirish yo’llari.
Tadqiqotning metodologik asoslari: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 7-fevral kungi farmoni bilan 2017-2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, «2022–2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning “Taraqqiyot strategiyasi”, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash va mavzuga oid xukumat qarorlari va ilg’or tajribalar.
Kurs ishining amaliy ahamiyati: tadqiqot jarayonida ilgari surilgan fikrlardan, yondashuvlardan hamda samaradorlikni ta’minlovchi tadqiqot natijalari tarbiyaviy ishlar metodikasi fanlari bo‘yicha ma’ruzalar tayyorlash, qo‘llanmalar, metodik tavsiyanomalar yaratishda, ish tajribalarini ommalashtirishda samarali foydalanishga xizmat qiladi.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi: ish kirish, 4ta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat bo`lib, jami sahifani tashkil qiladi.


1.Insonparvarlik pеdagogikasi, ta’lim-tarbiya san’ati va tеxnologiyasining uzviyligi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida: “Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir”(24-modda).
“Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”da: “Hamma odamlar o‘z qadr-qimmati hamda huquqlarida erkin va teng bo‘lib tug‘iladilar. Ularga aql va vijdon ato qilingan. Binobarin bir-birlariga nisbatan birodarlarcha ruhda munosabatda bo‘lishlari kerak”(1-modda).
O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov ilgari surgan islohotlarning muhim tamoyillaridan biri ijtimoiy siyosatga qaratilishi bilan ajralib turadi. Bugun yurtimizda amalga oshirilgan “Onalar va bolalar” yili, “Inson manfaatlari“ yili , “Sog`lom avlod” yili,“Homiylar va shifokorlar yili”, “Onalar va bolalar yili” “Barkamol avlod” yili, “ Mustahkam oila”, Sog’lom ona va bola yili”yilning davomi sifatida Prezident Sh.M.Mirziyoev tomonidan 2017 yilni “Xalq bilan muloqat va inson manfaatlari yili deb e'lon qilindi. 2018-yil “Faol tadbirkorlik Innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab quvvatlash yili ham davlatimizning xalqimizga qilayotgan g`amxo`rligi insonparvarlik timsolining negizi sifatida amalga oshirilmoqda.

Download 210.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling