Kadmiy ishlab chiqarish


Download 66.94 Kb.
bet3/3
Sana06.10.2023
Hajmi66.94 Kb.
#1693334
1   2   3
Bog'liq
KADMIY ISHLAB CHIQARISH

t,C

800

900

1000

1100

1150

1200

P, kPa

0,04

0,38

1,21

5,13

10,5

19,8

Rux konsentratini kuydirishda kadmiyning bug‘ holatiga o‘tishi 5—7 foizdan oshmaydi.


Tiklanishjarayonida kadmiy rux bilan birga quyidagi reaksiyalar natijasida bug‘ shakliga o‘tadi:
CdO + CO = Cdgaz + CO2 (26.10)
CdO + C = C,"+ CO (26.11)
Kadmiyning oksiddan tiklanishi, rux oksidiga nisbatan, pastroq haroratlarda o‘tadi.
Har xil haroratlarda kadmiy bug‘ shaklga o‘tishida bosim:

t,C

200

300

400

500

600

700

800

P, kPa

0,04

5,7

160

1,8-103

11,1-103

83,5-103

144 • 103

Kadmiy, ruxga nisbatan, qiyinroq kondensatsiyalanadi. Shuning uchun rux bilan birga faqat 60—80 foiz kondensat holatiga o‘tadi, qolgan 20—40 foiz esa chiqindi va yarimmahsulotlarga o‘tadi.


Kadmiy olishda asosiy xomashyo rux ishlab chiqarishdagi yarim- mahsulotdir. Bu yarimmahsulotlarda xomashyo bilan kelgan kad­miy to‘planadi.
Ruxni gidrometallurgik qayta ishlashda kadmiy mis-kadmiy kekiga o‘tadi. (3—12 foiz Cd). Kadmiy xomashyosi hisobida qo‘rg‘oshin (0,5—0,6 foiz Cd) va mis zavodlarining (0,2—0,5 foiz Cd) changlari ham hisoblanadi.
26.1. Mis-kadmiy kekini qayta ishlash
Mis-kadmiy keki murakkab xomashyo hisoblanib, o‘z tarkibiga quyidagi elementlarni kiritgan, %: 2,5—12 Cd; 35—60 Zn; 4—17 Cu; 0,05—2,0 Fe; 0,05—0,20 lardan Sb, SiO2, Co, Ni, Te, Jn. Asosiy komponentlar (Cd, Zn, Cu) kekda metallik, oksid va asosli tuzlar shaklida uchraydi.
Mis-kadmiy kekidan kadmiyni ajratib olish gidrometallurgik usul bilan olib boriladi. Texnologik sxemaning asosiy operatsiyalari: kekini tanlab eritish; rux kukuni bilan sementatsiya yo‘li kadmiy gubkasini cho‘ktirish; eritmani tozalash; eriydigan anod bilanjihozlangan van- nada kadmiyni qayta eritish va tozalash.
Mis-kadmiy kekini tanlab eritishdan maqsad, eritmaga kadmiy va ruxni maksimal, boshqa komponentlarni minimal ravishda o‘tkazishdir. Kekni tanlab eritishga filtratsiyadan keyin to‘xtovsiz yuboriladi. Tanlab eritib ishlatish rux elektroliti (140—150 g// H2SO4) bilan yuboriladi.
Tanlab eritishda birinchi bo‘lib oksidlar eriydi:
ZnO + H2SO4 = ZnSO4 + H2O (26.12)
CdO + H2SO4 = CdSO4 + H2O (26.13)
CuO + H2SO4 = CuSO4 + H2O (26.14)
Metallik faza ancha qiyinroq eriydi. Jarayonni jadallashtirish maqsadida pulpaga marganets ruda (MnO2) yoki marganets shlami yuklanadi va pulpa 60—80°C gacha qizitiladi.
Tanlab eritishda birinchi bo‘lib rux eriydi, keyin esa kadmiy. Mis rux va kadmiy erigandan keyin eriydi. Misni eritish — kadmiy erib bo‘lganligi belgisi.
Metallar oksidlantiruvchi-tiklovchi reaksiyalar natijasida eriydi. Metallarni oksidlantiruvchi vodorod ionlari bo‘ladi:
Zn + H2SO4 = ZnSO4 + H2 (26.15)
Cd + H2SO4 = CdSO4 + H2 (26.16)
Metallik mis vodorod ionlari bilan oksidlanmaydi. Uning erishi uchun kislorod bo‘lishi kerak. Mis havodagi kislorod bilan oksid holatiga o‘tganda o‘zi kadmiy va boshqa elektrmanfiy aralashma- larni oksidlantirishi mumkin:
Cu2+ + Cd = Cd2+ + Cu (26.17)
88


(26.18)
(26.19)
Cu2+ + Ni = Ni2+ + Cu
Cu2+ + Co = Co2+ + Cu
Kadmiy bilan birga eritmadan kekdan nikel, kobalt, indiy, talliy va boshqa aralashmalaming eritmada bo‘lishi, bo‘lajak kadmiyning elektr tiklanishiga va tozalashga xalaqit beradi.
Tanlab eritishdagi hosil bo‘lgan pulpa quyuqlashtirgichga yuboriladi. Pastki quyuqlangan pulpa suv bilan repulpatsiya qilinib, filtrlashga yuboriladi. Olingan kek quyidagi tarkibga ega, %: 1,0 Cd; 10—15 Zn; 30—35 Cu. Ushbu kek mis zavodlariga qayta ishlashga yuboriladi.
Quyuqlashtirgichning tepadagi eritmasida quyidagi moddalar bor, g//: 120—130 Zn; 8—16 Cd; 0,3—0,6 Cu; 3—9 Fe; 0,05—0,1 Co; 0,05—0,1 Ni eritma rux kukuni bilan sementatsiyalarga yuboriladi.
Sementatsiyalardan oldin eritma misdan tozalanadi. Buning uchun rux kukuni stexiometrik hisobot nisbatligida beriladi:
Cu2+ + Zn = Cu + Zn2+ (26.20)
Mis kekini filtrda ajratib olib, mis zavodiga yuboriladi. Eritma esa kadmiyli sementatsiyalash uchun yuboriladi. Jarayon 60°C da, kadmiyning qoldiq miqdori 1g// gacha olib boriladi.
Jarayonning reaksiyasi:
Cd2+ + Zn = Cd + Zn2+ (26.21)
Kadmiyning sementatsiyalanish tezligi harorat oshishi, rux ku­kuni ortiqcha sarfi, rux va sulfat kislotasining miqdorligi kamayishi bilan tobora oshib boradi. Eritmada nikel va kobalt ionlarining borligi kadmiyning sementatsiya jarayonini sekinlashtiradi.
Kadmiyning sementli cho‘kmasi eritmada ajratiladi. Eritmada 1g// gacha kadmiy bor. Bu eritma qaytadan sementatsiya qilinadi va bunda kadmiy to‘laroq cho‘ktiriladi (qoldiq miqdori 10—15 mg//). Nikelning asosiy qismi ikkinchi (kuchsiz) kadmiy gubkasiga o‘tadi, kobalt esa, asosan, eritmada qoladi. Indiy va talliy ham eritmada to‘planadi.
Kuchsiz kadmiy gubkasi o‘zi bilan yarimmahsulot hisoblanadi va ujarayonning bosh qismiga — mis-kadmiy kekini tanlab eritishga yuboriladi. Eritma esa kobaltdan tozalanadi. Buning uchun eritmaga etil ksantogenati yoki mis kuporosi qo‘shiladi. Kobaltning qoldiq

miqdori 30—40 mg// ni tashkil qilishi kerak. Ksantogenatning ko­balt keki ishlatilmasdan isrof bo‘ladi. Eritmaga, indiy va talliyni ajratib olish uchun maxsus moslama yuboriladi.
Kuchli birinchi kadmiy gubkasi ishlatilgan elektrolitda eritiladi. Eritmaga qo‘shimcha sulfat kislotasi qo‘shiladi (H2SO4 ning miqdori 200—250 g// ni tashkil qilishi kerak). Pulpa harorati 80—90°C gacha ko‘tariladi. Pulpaga havo berish va KMnO4 (MnO2) qo‘shish gubkaning erishiga ko‘maklashadi. Erish yakunlanadi, qachonki eritmapH=4,8— 5,2 bo‘lsa. Bunday sharoitlarda mis gidrolizga uchrab, cho‘kmaga o‘tadi. Misning eritmadagi qoldiq miqdori 10—20 mg//.
Pulpa filtrlanadi, misli qoldiq mis kadmiy gubkani tanalab eritish bosqichiga yuboriladi. Eritma esa aralashmalardan tozalanadi. Buning uchun: stronsiy tuzi (qo‘rg‘oshinni cho‘ktirish), rux kukuni (misni cho‘ktirish), kaliy permanganati (talliy va temirni oksidlantirib gid- rolitik tozalash maqsadida) qo‘shiladi.
Tozalangan va filtrlangan eritma elektrolizga yuboriladi. Kadmiyni elektrolitik tiklanishi rux elektroliziga o‘xshash. Jarayon reaksiyasi:
Cd2++2e = Cd (26.22)
Anod, rux elektroliziga o‘xshash suvning bug‘lanish reaksiyasi oqib o‘tadi:
H2O — 2e = 0,5O2 + 2H+ (26.23)
Kadmiyning elektrolizi qo‘rg‘oshin bilan futerlangan temir-beton vannalarda amalga oshiriladi. Anod — qo‘rg‘oshin-kumush (1 %) quymadan yasalgan, katod — aluminiydan. Har bir vannaga 33 katod va 34 ta anodjoylashtiriladi. Anod va katodning oraliq masofasi 30 mm. Tok zichligi 50—100 A/m2. Cho‘kma 24 soat davomida o‘stiriladi. Dastlabki kadmiy elektrolitining tarkibi, g//: 160—200 Cd; 20—30 Zn; 12—15 H2SO4; 0,05—0,1 Fe; 0,0005—0,001 Cu. Ishlatilgan elektrolitning tarkibi, g//: 15—20 Cd; 150—180 H2SO4.
Elektrolitning optimal harorati 30—35°C. Bu haroratda yuqori sifatli katod cho‘kmasi paydo bo‘ladi va tokdan foydalanish koeffitsiyenti esa yuqoridir. Tokdan foydalanish 70—92 foiz, elektr quvvati sarfi 1400—1700 kVt • s/t katodli kadmiy. Vannadagi kuchlanish 2,5—2,6 V.



www.ziyouz.com kutubxonasi


Download 66.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling