Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash
Download 39.9 Kb.
|
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Kadrlar tuzilmasi»
- Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yish
Mutaxassislik – bu ma’lum bir yoki bir necha turdagi ishlarni amalga oshirish uchun insonga zarur bo‘lgan bilimlar va malakalar yig‘indisi. Masalan, iqtisodchi, marketolog, vositachi, moliyachi, buxgalter, yoki texnika sohasida – muhandis, mexanik, energetik va h.k.
Ixtisos – insonning hosil qilgan bilimlar va amaliy ko‘nikmalari majmui. Ixtisos kishiga hayotning moddiy va ma’naviy sohasida muayyan ishni bajarish imkoniyatini beradi. Malaka – biron bir mutaxassislik va ixtisoslik bo‘yicha murakkab ishni bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim va ilm hamda mehnat ko‘nikmasining darajasidir. Kadrlarning malaka darajasini baholash uchun o‘rtacha koeffitsiyent va o‘rtacha tarif koeffitsiyenti razryadi belgilanadi. Yangidan-yangi ishlab chiqarish sohalari vujudga kelishi, fan va texnikaning rivoji, ish, shu jumladan, bir texnologik jarayonning boshqa jarayonga almashinishi bilan boshqaruv, rejalashtirish, tashkil etish, takomillashuvi bilan yangi mutaxassisliklar kasb va ixtisoslar yuzaga keladi, eskirganlari barham topadi. Kadrlar ilmini o‘rganish nazariyasida «Kadrlar tuzilmasi» degan tushuncha mavjud. Masalan, korxona xodimlari umumiy sonini 100 foiz deb olsak, ishchilar 75 foizni, muhandis-texnik xodimlar 12 foizni, xizmatchilar 8 foizni, boshqa xodimlar esa 5 foizni tashkil etishi mumkin. Bu misoldan ko‘rinib turibdiki, xodimlar kategoriyalari, ya’ni ularning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi nisbat ularning tuzilmasini ifodalaydi. Kadrlar tarkibi faqat korxonalarda emas, balki tarmoqlarda ham birbiridan farq qilishi mumkin. Bu tarmoqning murakkabliligiga, korxona (firma)ning katta-kichikligiga, ularning texnikaviy va texnologik jihatdan qurollanganligiga, ishchi-xizmatchilarning bilimi va ilm darajasiga va mehnat ko‘nikmasiga, sohaning hamkorlik munosabatlari rivojlanganligiga va boshqa bir qator xususiyatlarga bog‘liq. Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yish Kadrlarni tanlash, ularni joy-joyiga qo‘yish, ulardan oqilona foydalanish va tarbiyalash masalasi kadrlar siyosatining, umumiy iqtisodiyotning, shu jumladan, makro- va mikroiqtisodiyotning eng muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Shu sababli O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida, Vazirlar Mahkamasining qarorlarida bu masalaga alohida e’tibor berilgan. Kadrlarni tanlashda, ularni joy-joyiga qo‘yish, foydalanish va tarbiyalash borasida quyidagi tamoyillarga alohida e’tibor berish kerak: - aql-idrok, did va farosat; - qat’iylik, matonatlilik, muhimlik, o‘z vazifasiga puxtalik; - rahbarlik sohasini juda yaxshi bilish; - o‘z eliga, yurtiga, Vataniga sadoqatli bo‘lish. Kadrlar siyosatining eng muhim masalalaridan biri ularni attestatsiya qilish masalasidir. Download 39.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling