Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash
Download 39.9 Kb.
|
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash
Mehnat bozori – bu shunday bir sohaki, u yerda pirovard natijada mehnatning har xil turlariga baho berish tarkib topadi. Har bir xodimning mehnatiga to‘lanadigan ish haqi uning mehnat bozoridagi mavqei bilan mustahkam bog‘liq bo‘lib, mazkur bozordagi vaziyat va bundan tashqari, bandlilik imkoniyatini ham belgilab beradi.
7. Mehnatga haq to‘lash shakllari va tizimlarining oddiyligi, mantiqiyligi va qulayligi mehnatga haq to‘lash tizimlarining mohiyati haqida keng xabardor bo‘lishni ta’minlaydi. Xodimda ish haqi haqida tushunarli va batafsil axborot mavjud bo‘lgandagina u jon-dili bilan berilib mehnat qiladi. Xodimlar qanday holatda ish haqining miqdori, ya’ni o‘z moddiy farovonliklari darajasi oshishini aniq tassavur qilishlari lozim. Ish haqini tashkil etish tamoyillarini ularni amalga oshirishga qaratilgan funksiyalarga muvofiq tasniflash maqsadga muvofiqdir. Har bir tamoyil faqat bitta funksiya bilan emas, balki bir qancha funksiyalar bilan bog‘langan. Shunday bo‘lsa ham asosiy funksiyani ajratib ko‘rsatish mumkin. Har bir tamoyil birinchi navbatda ana shu funksiyani bajarishga qaratiladi. Ish haqini tashkil etishning qayta qurilishi bozor talablariga muvofiq quyidagi vazifalarni hal etishni nazarda tutadi: - har bir xodimning o‘z mehnati samaradorligi rezervlarini aniqlash va foydalanishdan manfaatdorligini oshirish, ishlamasdan pul mablag‘lariga ega bo‘lish imkoniyatlariga barham berish; - mehnatga haq to‘lashda tekischilik hollarini bartaraf etish, ish haqining ham yakka tartibdagi, ham jamoa mehnati natijalariga bevosita bog‘liqligiga erishish; - turli toifadagi va kasb-malakali guruhlariga mansub bo‘lgan xodimlar mehnatga haq to‘lash nisbatlarini optimallashtirish, bunda bajariladigan ishlarning murakkabligini, kasblarning noyobligini e’tiborga oladigan mehnat sharoitlari, shuningdek, pirovard natijalarga erishishga intilayotgan turli xodimlar guruhlari va ishlab chiqarish raqobatbardoshligining ta’sirini hisobga olishni nazarda tutadi. Sanoat ishlab chiqarishida mehnatga haq to‘lashni tartibga solish sohasidagi amaliy qadamlar haqida gapirganda, shuni qayd qilib o‘tish kerakki, xodimlarning turli toifalari mehnatiga haq to‘lash darajalarini tabaqalashtirish uchun yagona tarif stavkasi (YaTS) ishlab chiqilgan va joriy etilgan bo‘lib, u bir xil murakkablikdagi ish uchun barobar haq to‘lash imkonini beradi. Mehnatga haq to‘lashni davlat yo‘li bilan tartibga solish kam ta’minlangan, oz ish haqi oladigan xodimlarning ijtimoiy himoya qilinishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar asosida ish haqining eng kam miqdorini belgilaydi. Sanoat sohasida ish haqini tashkil etishda yagona tarif setkasi asosida asosiy ish haqini shakllantirish usulini yoki mehnatga haq to‘lashning tarifsiz tizimini tanlash muhimdir. Yagona tarif setkasi ustuvor bo‘lib, undan foydalanganda xodimlar ish haqini yanada obyektivroq tabaqalashtirishga erishiladi. Biroq iqtisodiy ahvol doimiy ravishda o‘zgarib turishi sababli korxonalarda ko‘pincha tarif stavkalarni o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi, bu esa katta mehnat xarajatlariga olib keladi. Mehnatga haq to‘lashning tarifsiz tizimi ish haqini korxona ishining haqiqiy natijalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq qilib qo‘yadi. Ish haqini hisoblash esa kamroq mehnat talab qiladi, lekin bu faqat kichikroq korxonalarga taalluqlidir. Ish haqini tashkil etish iqtisodiy samaradorlikning mezoni sifatida xo‘jalik hisobi daromadining ish haqi fondiga nisbatan ustuvor o‘sishi hisoblanadi. Bunday ustuvor o‘sish ta’minlanmagan hollarda sabablarni sinchiklab tahlil qilish, foydani ko‘paytirishga qaratilgan yoki mehnatga to‘lanadigan xarajatlarni qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha tadbirlarni ishlab chiqish zarur bo‘ladi. Sanoat korxonalarining yangi tuzilmasini va uni boshqarish tizimlarini, xodimlar lavozimlari nomlarini ular haqiqatdan bajaradigan funksiyalarga muvofiq ravishda aniqlash sohasidagi ishlar yakunida shtat jadvalini tuzib chiqish uchun talab qilinadigan rahbarlar, mutaxassislar ishga olinadi. Bozor munosabatlarining shakllanishi sharoitida ish haqini tashkil etish masalalarini mustaqil hal qilish huquqiga ega bo‘lgan korxonalar turli andoza va yondashuvlardan foydalanadilar. Biroq bu sohadagi xorijiy tajriba, mamlakatimizda mehnatga haq to‘lash sohasidagi firmalar ichki andozalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar banki mavjud emas. Bu bank faqat endigina shakllanib kelmoqda, mehnat va ish haqini tashkil etish bo‘limining xodimlari odatda o‘z korxonalarida mehnatga haq to‘lashning eng maqbul andozalarini tanlash uchun yetarli bilimga ega bo‘lishlari zarur. Ana shu sabablarga ko‘ra ko‘pchilik korxonalar, ayniqsa, o‘rta va yirik korxonalar an’anaviy tarif tizimidan foydalanmoqda. Bunday korxonalarda mehnatga haq to‘lashni tashkil etishning asosiy elementlari mehnatni normalash, tarif tizimi, ish haqining shakllari va tizimlaridir. Download 39.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling