Falsafa fanidan yakuniy nazorat savollari
Download 36 Kb.
|
Falsafa javoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy shakllari.
FALSAFA FANIDAN YAKUNIY NAZORAT SAVOLLARI Falsafa atamasining mohiyati va mazmuni. Qadimgi yunon tilidan fanga kirib kelgan atama «filosofiya» so’zidan olingan va u «donishmandlikni sevish» («filo» — sevaman, «sofiya» — donolik) degan ma’noni anglatadi. Bu — ushbu so’zning, atamaning lug’aviy ma’nosi bo’lib hisoblanadi. Asrlar davomida filosofiya so’zining ma’no-mazmuniga xilma-xil qarashlar, uning jamiyat, inson va fanlar tizimidagi o’rniga nisbatan turlicha munosabat va yondashuvlar bo’lgan, bu atamaning mohiyatmazmuni ham o’zgarib borgan. Qadimgi yunonlarda bu so’z “tushunishga intilish”, “bilimga intilish” degan ma’nolarni ham anglatgan. Ushbu so’z Fukidid, Suqrot va boshqa antik madaniyat vakillari tomonidan xuddi shunday ma’noda qo’llangan. «Filosofiya» atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui Qadimgi Yunoniston va Rimda eramizdan avvalgi VII-III asrlarda yuz bergan buyuk yuksalish natijasi sifatida yuzaga kelgan edi. o’sha davrda endigina shakllanib kelayotgan nazariy fikrning ifodasi falsafiy tafakkur olamni yaxlit va bir butun holda tushunish mujassamiga aylangan edi. Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy shakllari. Dunyoqarash tushunchasi. har bir kishining dunyoga nisbatan o’z qarashi, o’zi va o’zgalar, hayot va olam to’g’risidagi tasavvurlari, xulosalari bo’ladi. Ana shu tasavvurlar, tushunchalar, qarash va xulosalar muayyan kishining boshqa odamlarga munosabati va kundalik faoliyatining mazmunini belgilaydi. SHu ma’noda, dunyoqarash - insonning tevarak atrofini qurshab turgan voqelik to’g’risidagi, olamning mohiyati, tuzilishi, o’zining undagi o’rni haqidagi qarashlar, tasavvurlar, bilimlar tizimidir. Dunyoqarash - olamni eng umumiy tarzda tasavvur qilish, idrok etish va bilishdir. Dunyoqarashning bir kishiga yoki alohida shaxsga xos shakli individual dunyoqarash deyiladi. Dunyoqarash ijtimoiy-tarixiy shakllarga ega. Har bir davrning, har bir avlodning, har bir ijtimoiy guruhning, har bir kishining o’ziga xos dunyoqarashi mavjud. Dunyoqarashning o’ziga xos xususiyati shundaki, unda mifologiya, din, falsafa, fan, siyosat, huquq, san’at va axloq va shu kabi ijtimoiy-ma’naviy hodisalar sintezlashgan holda in’ikos etadi.Dunyoqarash insonning dunyoni va o’zini ma’lum ma’noda anglashi, tushunishi, bilishi va baholash usuli bo’lishi jihatdan uning har qanday moddiy va ma’naviy faoliyatida o’z ifodasini topadi. Jamiyat taraqqiyoti bilan insonning amaliy va nazariy bilish faoliyati ham rivojlanib boradi. Dunyoqrash oddiy , kundalik ong holatidan tortib, dunyoni insonning o’ziga xos nisbatan murakkabroq va chuqurroq bilish va tushunishlariga oid mifologik, diniy va falsafiy dunyoqarashlarga tomon rivojlanib boradi Download 36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling