Falsafa fanidan yakuniy nazorat savollari
Bilishning ob’ekti, sub’ekti va predmeti masalalari
Download 36 Kb.
|
Falsafa javoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jamiyat nima. Uning kelib chiqish sabablari.
Bilishning ob’ekti, sub’ekti va predmeti masalalari.
Bilishning darajalari va bosqichlari. Hissiy bilish va uning shakllari. hissiy bilish – insonning sezgi organlari yordamida bilishi tashkil etadi. Bu bosqichda predmet va hodisalarning tashqi xususiyatlari va munosabatlari, ya’ni ularning tashqi tomonida bevosita namoyon bo’ladigan va shuning uchun ham inson bevosita seza oladigan belgilari haqida ma’lumotlar olinadi. Hissiy bilishning barcha shakllariga xos bo’lgan xususiyatlari qatoriga quyidagilar kiradi: Birinchidan, hissiy bilish ob’ektning (predmetning yoki uning birorta xususiyatining) sub’ektga (individga, to’g’rirog’i, uning sezgi organlariga) bevosita ta’sir etishini taqozo etadi. Tasavvur ham bundan istisno emas. Unda obrazi qayta hosil etilayotgan (yoki yaratilayotgan) predmet emas, u bilan bog’liq bo’lgan boshqa predmet–signal ta’sir etadi. Ikkinchidan, hissiy bilish shakllari: sezgi, idrok va tasavvur predmetning tashqi xususiyatlari va munosabatlarini aks ettiradi. Uchinchidan, hissiy bilish shakli predmetning yaqqol obrazidan iborat. To’rtinchidan, hissiy bilish konkret individlar tomonidan amalga oshirilganligi uchun ham har bir alohida holda konkret insonning sezish qobiliyati bilan bog’liq tarzda o’ziga xos xususiyatga ega bo’ladi. Beshinchidan, hissiy bilish bilishning dastlabki va zaruriy bosqichi hisoblanadi. Usiz bilish mavjud bo’la olmaydi. CHunki inson tashqi olam bilan o’zining sezgi organlari orqali bog’langan. Bilishning keyingi bosqichi, boshqa barcha shakllari sezgilarimiz bergan ma’lumotlarga tayanadi. Jamiyat nima. Uning kelib chiqish sabablari. Jamiyat tushunchasi. Jamiyat fanga ma’lum tizimlar orasida eng murakkabi bo’lib, uni o’rganish jiddiy qiyinchiliklar tug’diradi. Jamiyat hayoti juda faol bo’lib, har bir xalq o’zining alohida, betakror tarixiga ega. Jamiyat hayotining barcha jarayonlari bir-biri bilan shu darajada uzviy bog’liqki, ba’zan turli vaziyatlarda belgilovchi va belgilanuvchi jarayonlar o’rin almashadi. Tarixiy jarayonda tasodiflar va sub’ektiv omil ayniqsa, muhim rol o’ynaydi. Muayyan fanlardan farqli o’laroq, falsafaning vazifasi tarixiy jarayonning umumiy jihatlarini o’rganishdan iborat Download 36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling