Falsafa fanidan yakuniy nazorat savollari
Qadimgi Markaziy Osiyoda diniy falsafiy qarashlarning vujudga kelishi
Download 36 Kb.
|
Falsafa javoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qadimgi Hindistonda va Xitoyda paydo bo’lgan falsafiy ta’limotlar va maktablar.
Qadimgi Markaziy Osiyoda diniy falsafiy qarashlarning vujudga kelishi.
Markaziy Osiyo-qadimiy Turon jahon ilm-fani, madaniyati va ma’naviyati rivojiga ulkan hissa qo’shgan mintaqalardan biri bo’lgan. Hozir O’zbekiston, deb ataluvchi bu xudud, ya’ni bizning Vatanimiz nafaqat SHarq balki butun jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo’lganini bugun jahon tan olmoqda. Markaziy Osiyo xalqlarining qadimiy falsafiy fikri haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo’lishimizda qadimiy xalq og’zaki ijodiga oid afsona va rivoyatlar, qadimgi hind, xitoy va yunon tarixchilarining asarlari, “Avesto”, “Behistun”, “Bundaxshin” va shular kabi yozma yodgorliklarda aks ettirilgan. Ayniqsa “Avesto”, shubhasiz, Markaziy Osiyo xalqlarining qadimiy ma’naviyat, madaniyat, xususan falsafiy qarashlarini o’rganish uchun bebaho manbadir. Bu asar bizga qadimgi Markaziy Osiyo xalqlarining ilk tabiiy-ilmiy tasavvurlari, ijtimoiy-siyosiy, diniy va falsafiy fikrlarining shakllanishini aniqlash uchun juda boy manba bo’lib xizmat qiladi. Mustaqillik yillarida bir qator olimlarimiz ushbu kitobni tadqiqot qilishdi (T.Maxmudov, G.Maxmudova, H.Homidiy, M.Ishokov va boshq.) Tadqiqotchilarning yozishicha 21 kitobdan iborat bo’lib, uning 7 kitobi dunyo va inson zotining o’tmishi haqida, 7 kitobi inson axloqi, uning huquqlari haqida, 7 kitobi tibbiyot, ilmiy-hay’at hamda aniq fanlarga oid bilimlar haqida bo’lgan.Bu asar zardushtiylik diniy-falsafiy ta’limotining muqaddas kitobi sifatida o’zida ajdodlarimizning tabiat, borliq, olam, jamiyat, inson, uning hayoti, axloqi, huquqlari, burchi kabi masalalar yuzasidan dastlabki diniy falsafiy qarashlarini ifodalaydi Qadimgi Hindistonda va Xitoyda paydo bo’lgan falsafiy ta’limotlar va maktablar. Qadimgi Hindistonda madaniyat va san’atga oid, diniy, falsafiy qarashlar keng rivojlangan. Bunga bizgacha etib kelgan «Ramayana», «Mahobhorat» («Maxayana»), «Kamila va Dimna» kabi buyuk asarlar to’liq guvohlik beradi. Bu buyuk nafosat va betimsol hikmat hazinasi bo’lgan asarlarda hind xalqining qadimiy urf-odatlari, an’analari, odob-axloqi, madaniyati, dini va tarixi, milliy qadriyatlari bilan birga, ularning ijtimoiy-siyosiy, huquqiy badiiy va falsafiy qarashlari yorqin ifodasini topgan. Bulardan tashqari, qadimiy Hindistonda falsafiy fikrlar to’rtta Vedalarda ham ifodalangan. Ular: Rigveda, Samaveda, Yajurveda, Atxarvavedalardir. Bu vedalardan eng muhimi Rigveda bo’lib, u eramizdan 1500 yil oldin paydo bo’lgan. Bu Vedalarda diniy qarashlar bilan birga olam, borliq fazo va vaqt inson, inson hayotining ruhiy va tabiiy asoslari, tabiat va jamiyat o’rtasidagi aloqadorlik, ilohiy kuchlar, ularning faoliyatlari haqida muhim falsafiy fikrlar va qarashlar ilgari suriladi. Keyinchalik bu vedalarni turlicha tushunish asosida ularni turlicha talqin etuvchi falsafiy maktablar vujudga keladi. Bu maktablar o’z g’oyaviy yo’nalishlariga ko’ra ikki oqimni tashkil qilishadi. Birinchi oqim tabiiy materialistik yo’nalishda bo’lib, uni buddizm, hinduizm, jaynizm, lokayata va chorvaka maktablari tashkil qiladi. Ikkinchi oqim esa diniy idealistik yo’nalishda bo’lib, unga vedanta, mimansa, sankxiya, yoge, n’yaya, vaysheshika, maktablari kiradi. Bu yuqoridagi maktablardan lokayata va chorvaka maktablari haqiqiy real dunyo, deb insonlar yashaydigan dunyoni tushunadilar. Ularning tarafdorlari dunyoni, tabiat hodisalarini, ular qanday bo’lishsa, xuddi shunday tushunmoq va tushuntirmoq kerak, degan talabni ilgari suradilar. Ular nuqtai nazaricha, butun borliq: olov, suv, havo, tuproqning yig’indisidan iborat bo’lib, inson ham ana shu to’rt unsur birikmasidan tashkil topgan. CHorvakalar dunyoni hech kim yaratgan emas, balki uning asosida to’rt moddiy elementlar birligi yotadi, deb hisoblaydilar. Ular: «Olovni kim issiq qildi, suvni kim sovuq qildi?» va kabi savollar berib, «Ularning hammasini shu hodisalarning o’zidan qidirish kerak», - deb javob qaytaradilar. Lokayata maktabi vakillari, hayotning murakkab shakllari uning oddiy shakllarining uzoq davom etgan evolyusiyasi tufayli vujudga keladi, deyishadi. Ularning fikricha, inson bir marta yashaydi. SHuning uchun u baxtli hayot kechirishga, o’zining oqilona ehtiyoj va manfaatlarini qondirishga intilishi kerak. Bunday falsafiy qarashlar qadimgi Xitoyda ham vujudga keladi. Qadimgi Hindiston kabi, qadimgi Xitoy ham SHarqda yirik o’choqlardan biri bo’lgan. Eramizdan 2000 yil ilgari bu erda ham dehqonchilik keng taraqqiy etib, sug’orish ishlari ancha rivojlanadi. Bu erda ham metaldan, xususan, temirdan mehnat qurollari ishlab chiqarish avj oladi. Qishloq xo’jaligi, irrigatsiya ,hunarmandchilik, savdo-sotiqning ravnaqi turli bilmlarning rivojlanishi uchun keng yo’l ochadi. Natijada, qadimgi Xitoyda, astronomiya, biologiya, tibbiyot, san’at va madaniyat sohalari katta yutuqlarga erishadi. Bu erda ham dastlabki falsafiy ta’limotlar paydo bo’lib, ularda dunyo abadiy, u 5 unsur – olov, suv, er, daraxt va metalldan tashkil tapgan, degan qarashlar ilgari suriladi. Eramizdan oldingi XIX asrlarga kelib, Xitoyda daosizm falsafiy oqimi paydo buladi. Uning asoschisi Lao-Szi, birinchi Xitoy faylasufidir. Qadimgi Xitoyning ko’zga ko’ringan faylasuflaridan biri Lao-Szidir (VI-V asrlar). Uning ta’limotiga ko’ra, olam, jamiyat va inson hayoti Dao qonuniga bo’ysunmog’i lozim. Daosizm ta’limoti ana shu tariqa shakllangan. Dao qonuni — tabiatning yashash qonunidir, undagi rang-baranglik kurashi va uyg’unligi abadiyligining e’tirof etilishidir. Bu qonunga ko’ra, olamning asosini tashkil etuvchi «Si», ya’ni beshta unsur — olov, suv, havo, er va yog’och yoki metall olamdagi barcha jismlar asosini tashkil etadi hamda ularning yuzaga kelishini ta’minlaydi. Lao-Szining ta’kidlashicha, olamda hech bir narsa doimiy va o’zgarmas, harakatsiz holda bo’lishi mumkin emas. Daosizmga binoan, dunyodagi hamma narsa bir holatdan ikkinchi holatga o’tib turadi. Qarama-qarshi kuchlar o’rtasidagi kurash, ya’ni in va Yan orasidagi munosabat — bizni o’rab turgan olamni harakatga keltiruvchi kuchlar manbaidir Download 36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling