OLIY O‘QUV YuRTIDAN KEYINGI TA’LIM
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim jamiyatning oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog
kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga, shaxsning ijodiy ta’lim-kasb-hunar manfaatlarini
qanoatlantirishga qaratilgan.
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni oliy ta’lim muassasalarida va ilmiy-tadqiqot
muassasalarida (tayanch doktorantura, doktorantura, mustaqil izlanuvchilik) olish mumkin.
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim dissertatsiya himoyasi bilan yakunlanadi. Yakuniy davlat
attestatsiyasi natijalariga ko‘ra falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori
(Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasi berilib, davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi
diplom topshiriladi.
(3.3-bandning 3.3.3-kichik bandi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim” bo‘limining ikkinchi
xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi O‘RQ-456-sonli
Qonuni
tahririda —
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)
Yakuniy davlat attestatsyasi natijalariga ko‘ra tegishli ravishda fan nomzodi va fan
doktori ilmiy darajasi berilib, davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar
topshiriladi.
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish tadbirlari
quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
“Ta’lim to‘g‘risida”gi
Qonunga
hamda mamlakatni ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirish
istiqbollariga muvofiq oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash va
attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish;
kasb ta’limi tizimi uchun oliy malakali ilmiy-pedagog kadrlarni hamda ilg‘or pedagogik
texnologiyalar sohasida ilmiy kadrlarni ustuvor ravishda tayyorlash;
rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or ta’lim muassasalari va ilmiy markazlarida ustuvor
yo‘nalishlar bo‘yicha oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlanishi uchun sharoitlar
yaratib berish;
fan, texnologiya va ta’lim sohasida rivojlangan mamlakatlar bilan xalqaro hamkorlikni
chuqurlashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |