4.3. TA’LIM JARAYoNINI MAZMUNAN ISLOH QILISh
Kadrlarni o‘qitish va tarbiyalash milliy tiklanish prinsiplari va mustaqillik yutuqlari,
xalqning boy milliy, ma’naviy va intellektual salohiyati hamda umumbashariy qadriyatlarga
tayangan, insonparvarlikka yo‘naltirilgan ta’limning mazmuni davlat ta’lim standartlari asosida
isloh qilinadi. Ta’lim oluvchining shaxsiga, unda ta’lim va bilimlarga bo‘lgan ishtiyoqni
kuchaytirishga, mustaqil ish tutishni, iftixor va insoniy qadr-qimmat tuyg‘usini shakllantirishga
alohida e’tibor beriladi.
Pedagog kadrlarning obro‘-e’tibori, mas’uliyati va kasb ko‘nikmasini oshirish yuzasidan
sobitqadam davlat siyosati olib boriladi. Ilg‘or pedagogik texnologiyalar, ta’limning yangi shakl
va uslublari, o‘quv, shu jumladan differensiyalashgan dasturlar amaliyotga joriy etiladi.
4.4. MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYA VA MA’RIFIY IShLAR
Yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy madaniy-tarixiy
an’analariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy,
pedagogik shakl va vositalari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etiladi. Shaxsni tarbiyalash va uni
har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligi ta’minlanadi. Umumiy hamda pedagogik
madaniyatni oshirish maqsadida, mamlakat aholisi orasidagi ma’rifiy ishlar takomillashtirib
boriladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
O‘zbekiston mustaqilligi prinsiplariga sadoqatli hamda jamiyat taraqqiyotiga munosib
hissa qo‘shishga qodir shaxsni shakllantirish maqsadida ta’lim muassasalari ota-onalar, oila,
mahalla qo‘mitalari, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-
amaliy markazi, jamoat tashkilotlari, fondlar bilan o‘zaro puxta hamkorlik qiladilar.
(4.4-bandining ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 9-apreldagi O‘RQ-87-
sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 15-son, 150-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: |