3.5. KADRLAR TAYYORLASh TIZIMIDA IShLAB ChIQARISh
Ishlab chiqarishning talab-ehtiyojlari kadrlar tayyorlash tizimining yo‘nalishi, darajasi va
miqyoslarini shakllantiradi, kasb tayyorgarligining maqsadi, vazifalari va mazmunini belgilaydi,
malaka talablarini ilgari suradi, ta’limning muvoziy texnologiyalari va shakllarini tanlashni
taqozo etadi. Ishlab chiqarish pirovard natijada kadrlarning sifati va raqobatbardoshligiga
baho beradi.
Ishlab chiqarishning kadrlar tayyorlash tizimidagi vazifalari quyidagilar bilan belgilanadi,
chunonchi u:
turli saviya va malakadagi mutaxassislarga bo‘lgan talab-ehtiyojni shakllantiradi;
o‘z ixtiyoridagi moddiy-texnika, moliya, kadr resurslari hamda kadrlarni o‘qitish,
malakasini oshirish va qayta tayyorlash uchun zarur boshqa resurslarni berish bilan uzluksiz
ta’lim tizimiga ko‘maklashadi;
muassis, vasiy, donor, homiy tariqasida ayrim mutaxassislarni va guruhlarni maqsadli
tayyorlashni, shuningdek turli tip va darajadagi o‘quv yurtlarini moliyalashda qatnashadi;
ta’lim va ilm-fanning turli shakllardagi integratsiyasini (muvaqqat ijodiy jamoalar, o‘quv-
ilmiy-ishlab chiqarish majmualari, markazlari, texnoparklar, texnopolislar) rivojlantiradi.
Ishlab chiqarishning kadrlar tayyorlash tizimidagi mavqeyini kuchaytirish quyidagi yo‘llar
bilan ta’minlanadi:
ta’limni karxonadagi unumli mehnat bilan, shu jumladan ishlab chiqarish amaliyoti
jarayonidagi mehnat bilan qo‘shib olib borish asosida yuqori malakali kadrlar tayyorlash;
kadrlar tayyorlash hamda birgalikda ilmiy-texnologiya ishlanmalarini olib borishda
korxonalarning ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish;
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
UMUMIY QOIDALAR
1. MUAMMOLAR VA KADRLAR
TAYYORLASh TIZIMINI TUBDAN
ISLOH QILISh OMILLARI
1.1. RIVOJLANIShNING ERIShILGAN
DARAJASI
Do'stlaringiz bilan baham: |