Kadrlar tayyorlash milliy dasturi umumiy qoidalar


-MAVZU  O’zbek tilining imlo qoidalari va soha egalarining


Download 494.39 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/31
Sana03.12.2023
Hajmi494.39 Kb.
#1798343
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
Publitsistik nutq uslubi.Publitsistik maqolalar

3-MAVZU 
O’zbek tilining imlo qoidalari va soha egalarining 
savodxonligi ‘’XXI asr fizikasi’’ mavzusida ijodiy matn 
yaratish 
Yaqinda poytaxtimizning Yunusobod tumani maktablaridan biriga fizika fanining 
XXI asrdagi ravnaqi mavzusida o‘quvchilar bilan uchrashuvga taklif qilishdi. 
Ushbu taklifni jondilimdan qabul qildim. Ayni choqda, bu tak­lif meni o‘ylantirib 
qo‘ydi. Hozirgi paytda Toshkent shahrining o‘zida Fanlar akademiyasining qator 
ilmiy tekshirish institutlari, oliy o‘quv maskanlari faoliyat ko‘rsatib turibdi. 
Ulardagi fan doktori ilmiy darajasiga ega bo‘lgan olimlarning soni bir necha 
mingni, fan nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘lgan yuqori malakali olimlar soni esa 
bir necha o‘n mingni tashkil etadi va ular­ning aksariyat qismi fizika fani 
sohasidagi yetuk mutaxassislardir. Xo‘sh, ularning jamiyatimiz kelajagi 
hisoblanmish maktab o‘quvchilari bilan aloqasi qanday? Faqat ilmiy ish bilan 
shug‘ullanib, erishgan ilmiy ishlari natijalarini ilmiy jurnallardagina chop etish va 
ilmiy seminar yoki konferentsiyalardagina ushbu ishlari haqida axborot berib 
borish bilan cheklanib qolish olimlikka mutlaqo yarashmaydi, deb o‘ylayman. 
Respublikamiz olimlari turli ilm sohalaridagi o‘z fikr-mulohazalari, ilm sohasida 
erishayotgan yutuq va kamchiliklarini respublika gazeta-jurnallarida xalqimiz 
bilan, ayniqsa, yoshlar bilan o‘rtoqlashib turishsa, yaxshi bo‘lmasmidi? Qani endi, 
respub­lika gazeta va jurnallarida olimlar o‘rtasida ilmiy muzokaralar ham yo‘lga 
qo‘yilsa. Agarda ushbu ilmiy muzokaralarda maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari 
ham ishtirok etishsa, nur ustiga nur bo‘lar edi. 
Bugun farzandlarimiz va nabiralarimizning ta’lim olib jahonda tengi yo‘q darajada 
barkamol bo‘lib o‘sib-ulg‘ayishlari uchun barcha choralar ko‘rilyapti. Shoirimiz 
Anvar Obidjonning televideniye orqali tez-tez yangrab turgan «Bizlarga Ibn Sino, 
al-Xorazmiy, Beruniy, Ulug‘beklar kerak» she’ri juda ham serma’no. Ushbu 
yo‘nalishda olimlarimizning, Fanlar akademiyasi va oliy ta’lim maskanlarining 


o‘rni qay darajada salmoqli bo‘lyapti? Oradan asrlar o‘tib bizning 
zamondoshlarimizdan kimlarni, biz Ibn Sinolarni eslagandek, «Ulug‘ allomalar 
edi» deb eslasharkin? Bu narsa hammamizni albatta qiziqtirsa ke­rak. Biz mustaqil 
davlatmiz. Vatanimizda yoshlar yuragida milliy g‘ururni uyg‘otish uchun sharoit 
yaratib berilyapti. 
Yangi qurilayotgan maktab, lisey va kollejlarning har birining ahamiyati va 
salobati kelajak avlodimiz uchun ham, hozirgi yoshlarimiz uchun ham Bibixonim 
madrasasinikidan kam emas. Endi yoshlarimiz qalbini yurtimizning barcha o‘rta va 
oliy maktablarida milliy g‘urur ruhi bilan alangalatishimiz kerak. Qachongacha 
bizning xalqimizdan Nobel mukofoti sovrindorlari chiqmay yuraveramiz? Bizlar 
axir hech kimdan kam emasmiz va hech kimdan kam ham bo‘lmaymiz. 
Qachonlardir 24 yashar Eynsh­teyn buyuk Nyutonning nuqtai nazaridan ustun 
bo‘lgan nisbiylik nazariyasini insoniyatga taqdim etar ekan, «Kechir meni, 
Nyuton», deb so‘z boshlagan edi. Insoniyat ushbu asrda «Kechir meni, Eynshteyn» 
deb buyuk Eynshteynning nazariyasidan ham o‘ktamroq bo‘lgan nazariyani taqdim 
etadigan olimning yetishib chiqishiga katta umid bog‘lamoqda. Insoniyatning 
ushbu umidini ro‘yobga chiqarish uchun bizga nima mon’elik qiladi?! Ushbu ulug‘ 
maqsad sari barcha yoshlarimiz va olimlarimiz qalbini olovlantirishimiz kerak, 
xolos! Shuningdek, yirik il­miy tekshirish institutlari kutubxonalari faoliyatini 
jonlantirish, ularni xorijiy ilmiy jurnallar va adabiyotlar bilan muntazam boyitib 
borish, institutda ilmiy seminarlar davomiyligini ta’minlash ham muhim 
masalalardandir. Ilmiy tekshirish institutlarining har bir laboratoriyasi har hafta 
ilmiy seminar o‘tkazishi o‘ta muhim bo‘lishi kerak. Ushbu ilmiy seminarlarda 
laboratoriya xodimlari olayotgan yangiliklar natijasini berishdan tashqari, jahonda 
bo‘layotgan dolzarb ilmiy yutuqlar doimo olimlar tomonidan seminarlarda tinglab
borilishi va muzokaralar qilinishi olimlarimizning jahon olimlari bilan tengma-teng 
va ilmiy tafakkur bo‘yicha yelkadosh bo‘la olishlarini ta’minlovchi zarur jihatdir. 
Kirib kelgan asrni kimdir nanotexnologiya asri bo‘ladi desa, yana boshqasi 
genetika asri bo‘ladi, deydi. Fizika asri bo‘ladi deganlar ham talaygina. Jahonda 


bo‘layotgan bu munozarali tortishuvlarda bizning respublikamiz olim­lari ham 
ishtirok etishayotirmi? Yoshlarimiz-chi? 
Men, XXI asr fizika asri bo‘ladi, degan nuqtai nazar tarafdoriman. Boisi, o‘tgan 
asrlar davomida fizika fani qilgan kashfiyotlar o‘z salmog‘i jihatidan juda ulkan 
bo‘lsa ham, qator ilmiy muammolar hamon olimlarni hayajon va sarosimaga solarli 
darajada bo‘lib turibdi. 
Faylasuflarning materiyaga nisbatan «Kishi ongidan tashqarida va unga bog‘liq 
bo‘lmagan holda yashaydigan ob’ektiv borliq» deya bergan ta’rifi bugungi kunga 
kelib astrofiziklarni mutlaqo qanoatlantirmay qo‘ydi. 
Ma’lum bo‘lishicha, barcha yulduzlar, sayyoralar va yulduzlararo gaz Olam 
massasining faqat ozgina qisminigina tashkil qilar ekan. Materiyaning qolgan 
qismi nimadan tashkil topganiga astrofiziklarning aqli yetmay tu­ribdi. XXI asrda, 
albatta, uning tabiatini tushunishga erishiladi. Ushbu noma’lum materiya 
insoniyatga na ko‘rinadi va na biror-bir sezgimizga ta’sir o‘tkaza oladi. Bu 
materiyaning o‘zini qurshab turgan olamni, o‘ta katta gravi­tatsiya ta’siri hisobga 
olinmaganida, uni «mutloq hech narsa» deb atagan ma’qulroq bo‘lar edi. 
Astrofiziklarning hozirgi zamon mo­deli bo‘yicha, olamning 73 foizi qora 
energiyadan, 23 foizi — qora materiyadan va 4 foizigina odatdagi materiyadan 
(barion)­ tashkil topgan, deb hisoblanyapti. Koinotda yulduzlar cheksiz ko‘p 
bo‘lsa, ularning har biridan bizga bittadan bo‘lsa-da nur yetib kelgan taqdirda 
ham, osmon odamzodga ertayu kech yarqirab ko‘rinib turishi kerak bo‘lar edi. 
Lekin ko‘rib turganimizdek, os­mon bizga unday ko‘rinmaydi. 
Tabiatning tuzilishi haqida gap ketganida, dunyodagi biror inson ushbu dunyo nega 
boshqacha emas, aynan shunday tuzilganini tushuntirib bera olmaydi, chunki buni 
o‘zi ham to‘laligicha tushunmaydi. Qadim zamonlardan beri insoniyatga issiqlik, 
yorug‘lik, tovush hodisalari, harakat va gravitatsiya kabi ko‘pgina fizik hodisalar 


nazariyalari u yoki bu ko‘rinishda ma’lum bo‘lgan. Isaak Nyuton harakat 
qonunlarini tushuntirib bergach, ushbu turlicha deb tushunilib kelinayotgan 
hodisalarning bir nechtasi bir hodisaning turli tomondan ko‘rinishi ekani ma’lum 
bo‘ldi. Shundan so‘ng fizikaning bir nechta ulkan bo‘limlarini jamlab, bir butun 
sodda nazariya ko‘rinishi berildi. Ushbu nazariyaga faqat gravitatsiyagina 
bo‘yinsunmay qoldi! 
Fizika fani taraqqiyoti jarayonida Jeyms Klark Maksvell 1873 yili elektr va 
magnetizm hodisalari hamda yorug‘lik va optik hodisalarni birlashtirib, ushbu 
hodisalar uchun umumiy bo‘lgan nazariyani yaratdi va ushbu nazariyaga binoan, 
yorug‘likni ham elektromag­nit to‘lqini deb qaradi. Shun­day qilib, taraqqiyotning 
ushbu bosqichida harakat qonunlari, elektromagnetizm qonunlari va gravitatsiya 
qonunlari mavjudligi insoniyatga ma’lum edi. 
Taxminan 1900 yillari modda nima ekanini tushun­tirib bera oladigan nazariya 
yaratildi. Bu moddaning elek­tron nazariyasi edi. Ushbu na­zariyaga binoan, 
atomlar ichida mayda zaryadlangan zarrachalar mavjud deb faraz qilindi. Ushbu 
nazariyaning taraqqiyoti elektronlar yadrolar atrofida harakatlanadi, degan 
tushunchaga olib keldi. Natijada atom kattaligi darajasida nima hodisalar 
bo‘layotganini tushunish uchun o‘sha davr fan olamida qabul qilingan sog‘lom 
fikrlashlardan qutulish zarurati tug‘ildi. Natijada 1926 yili elektronning modda 
ichidagi harakatini tushuntirib bera oladigan nazariya ishlab chiqildi. Bu nazariya 
“Kvant mexanikasi” deb nomlandi. «Kvant» so‘zi tabiatning sog‘lom fikrlash 
mumkin bo‘lmagan xususiyatiga taalluqli edi. Kvant mexanikasining yaratilishida 
va rivojlanishida M.Plank, L. De Broyl, E.Shryodinger, V.Geyzenberg, P.Dirak, 
N.Bor, V.Fok, M.Born, P.Erenfest kabi olimlarning ishlari muhim o‘rin tutadi. Bu 
olimlarning P.Erenfestdan bo‘lak barchasi insoniyat oldidagi buyuk xizmatlari 
uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‘lishgan. Kvant mexanikasi nazariy kimyoning 
asosini tashkil qildi. Nobel mukofoti sovrindori Richard Fillips Feynman 
«Fundamental nazariy kimyo aslini olganda, fizikadir», degan edi. Kimyo haqida 


shu fikrni o‘z davrida yana bir Nobel mukofoti sohibi L. D. Landau ham aytgan 
bo‘lib, u yana «hozirgi zamon matematikasi bu aslini olganda na­zariy fizi­kadir», 
de­gan xulosani ham berib o‘tgan. Kvant mexanikasi insoniyatning ulkan yutug‘i 
bo‘lib, u kimyoni butkul va moddaning turli-tuman xususiyatlarini tushuntirib bera 
oldi. Lekin yorug‘lik hamda moddaning o‘zaro ta’siri masalasi hal bo‘lmay 
qolaverdi. Ya’ni, Maksvellning elektr va magnetizm nazariyasini kvant mexanikasi 
printsiplariga muvofiq qaytadan ishlab chiqish zarurati tug‘ildi. Nihoyat, 1929 yili 
qator buyuk fiziklar yorug‘lik va moddaning o‘zaro ta’siri nazariyasini yara­tishdi 
hamda unga «kvant elektrodinamikasi» deb vahimali nom ham berishdi. Kvant 
elektrodinamikasi yaratilishida M.Plank, A.Eynshteyn, P.Di­rak, V.Pauli, 
V.Geyzenberg, E.Fermining xizmatlari katta bo‘ldi. Kvant mexanikasi 
taraqqiyotiga ko‘p hissa qo‘shgan Eyn­shteyn hayotining oxirigacha ham ushbu 
nazariyaning ko‘p o‘rinlarini tan olmadi. Elektronlar yadro atrofida aylanib unga 
tushib ketmasligi haqidagi Bor nazariyasi yoritilgan maqolani o‘qiganida, u: «Agar 
buning barisi haqiqat bo‘lsa, fizika fan sifatida tugabdi», degan xulosasini aytgan 
paytlar ham bo‘lgan. Kvant elektrodinamikasida hisoblash muammosini 1948 yil 
I.J.Shvinger, S.Tomanago, R.Feynman hal qilib berishdi. Ular ham Nobel 
mukofoti sovrindorlari bo‘lishdi. 
Kvant elektrodinamikasi yaratilganiga salkam 80 yil bo‘ldi. Ushbu yillar davomida 
bu nazariya qayta-qayta o‘ta ziyraklik bilan turli sharoitlarda tekshirildi. Insoni­yat 
ushbu nazariya va eksperimentlar natijasida biror-bir arzigulik tafovut yo‘qligi 
bilan mag‘rurlansa arziydi. Ushbu nazariya gravitatsiya va yadrolarning bir 
sathdan boshqa sathga o‘tishini xarakterlaydigan radioaktiv hodisalardan (yadro 
fizikasidan) boshqa fizik olamdagi barcha hodisalarni tushuntirib bera oladi. Fizika 
fani o‘zining butun taraqqiyoti davomida do­imo turli hodisalarni ro‘yob­ga 
chiqaruvchi yakdil sabablarni qidirib kelmoqda, o‘z atrofini birlashtirishga harakat 
qilmoqda. 
Nemislarning mashhur fi­zik olimi German Lyudvig Fernenand Gelmgolts 
(1821—1894): «Borgan sari yangi dalillar ko‘payib murakkablashib borishi yangi 


fikrlarning rango-rang bo‘lib borishiga olib keladi va bu dunyoqarashlarning 
birlashmog‘iga nisbatan bo‘lgan chaqiriq amirona bo‘lishi tabiiydir», de­gan 
so‘zlari bilan fan taraqqiyotining asosiy intilish yo‘nalishini yoritib bergan. Hozirgi 
davrda olimlar barcha ma’lum o‘zaro fizik ta’sirlarni birlashtirishga urinmoqdalar. 
Elektromagnit, kuchsiz va kuchli o‘zaro ta’sirlarni fiziklar «Buyuk birlashish» deb 
nomlangan nazariya orqali birlashtirib, uchala o‘zaro ta’sir uchun ushbu nazariya 
orqa­li bir xil izoh berishmoqchi. Ushbu nazariya hali yakuniga yetgani yo‘q, lekin 
uning ber­gan ba’zi xulosalariga bino­an, proton 1030 — 1033 sekund vaqtdan 
keyin pozit­ron va neytral pi-mezon yoki neytrino va musbat pi-mezonlarga 
parchalanishi kerak. Bu xulosalar tajribalarda tekshirilmoqda va agarda tasdig‘ini 
topsa, nazariya to‘g‘ri yo‘lda, degan xulosaga kelinadi. Buyuk birlashish 
nazariya­si, to‘rtinchi o‘zaro ta’sir — gravitatsiyani birlashtirmaydi. Shu sababdan, 
qator nazariyachilar hozirgi davrda superbirlashish nazariyasi ustida ham ish olib 
borishmoqda. Bunda to‘rtala o‘zaro ta’sir — elektromagnit, kuchsiz, kuchli va 
gravitatsiya bir manzarani bergan bo‘lar edi, ya’ni, tabiatdagi barcha o‘zaro ta’sir, 
barcha kuchlar bir kuch, bir qudratning turlicha namoyon bo‘lishi, deb ham 
qarashimiz mum­kin bo‘lar edi… 
Kvant elektrodinamikasi nazariyasi 1929 yili insoniyatga taqdim etgan bir muhim 
fizik konstanta (doimiy) haqidagi ma’lumot salkam 80 yildan beri fiziklarning 
boshini qotirib kelmoqda. Bu konstantani fiziklar «aloqa konstantasi» deb 
nomlashib, lotincha «e» harfi bilan belgilashgan. Bu konstanta real elektron real 
fotonni yutishi yoki chiqarishi kattaligini (amplitudasini) bildiradi. O‘tkazilgan 
tajriblarga muvofiq «e» ning son miqdori «0.08542455» ga teng. Odatda fiziklar 
ushbu sonning teskari qiymati kvadratiga teng bo‘lgan 137,03597 sonidan 
foydalanishadi. Fi­zika qonunlarini ifodalash uchun fizik kattaliklar o‘rtasidagi 
o‘zaro matematik munosabatlarni beruvchi tenglamalardan foydalaniladi. 
Ko‘pincha shunday tenglamalarga o‘zgarmas son ko‘rinishida bo‘lgan fizik 
konstantalar kiritilgan bo‘ladi. Masalan, butun olam tortishish qonunidagi 
gravitatsiya doimiysi, issiqlik balansi tenglamasidagi solishtirma issiqlik sig‘imi, 
jism massasi va uning to‘liq energiyasini bog‘lab turuvchi Eynshteyn 


formulasidagi yorug‘lik tezligi shular jumlasidandir. Ko‘pgina fi­zik doimiylar 
shartli ravishda shu nom bilan atalgan bo‘la­di. Haqiqatan ham, suv o‘rniga spirt 
qizdirilsa, is­siqlik sig‘imining boshqa miqdoridan foydalanishga to‘g‘ri keladi. 
Ishqalanish koeffitsiyenti, solishtirma qarshilik, zichlik va hokazolar mana 
shunday «nisbiy» doimiylarga kiradi. Shu bilan birga, o‘z qiymatini 
o‘zgartirmaydigan konstantalar ham mavjud. Bunday universal konstantalarga 
gravitatsiya doimiysi, elektr zaryadi, yorug‘likning vakuumda tarqalish tezligi 
kiradi. Universalligi sababli bunday konstantalar olamiy yoki fundamental 
doimiylar deyiladi. Mana shunday fundamental doimiylar ichidagi eng asillaridan 
biri «e» konstantasi hisoblanadi. 
Olamdagi barcha o‘zini hurmat qiladigan fizik nazariyachilar kabinetlari devorida 
ushbu “137” soni har kimga ko‘rinadigan qilib yozib qo‘yilgan va ular doimo 
bo‘sh qoldi deguncha ushbu son ustida bosh qotirishadi. 
Biz uchun fizika sohasidagi Nyutonning tortishish nazariyasi xuddi «ikkini ikkiga» 
ko‘paytirish kabi ayondir, lekin biror bir fizikaviy hodisa bo‘yicha gravitatsiya 
kabi fizik xodisa haqida ko‘p narsa ma’lum va shu bilan birga noma’lum emas. 
Biz doimo gravitatsiyaning o‘zimizga ta’sirini boshdan kechirib turamiz. Lekin 
uning tabiati shu paytgacha ham insoniyatga noma’lumligicha qolmoqda. Olimlar 
hozirgi kunlarda ham gravitatsiya favquloda hodisasi sirini topish yo‘lida betinim 
urinishmoqda. Masalan, gravitonlar — massasi bo‘lmagan va gravitatsiya ta’sirini 
xuddi elektromag­nit ta’sirni uzatuvchi fotonlar kabi uzatuvchi gravitatsiya 
zarrachalari mavjudmi? Bunday zarrachalar shu paytgacha ham topilgani yo‘q. 
Kvant gra­vitatsiya nazariyasi bizda shakllangan olam tuzilishi haqidagi nazariyani 
siqib chiqara olarmikan?.. 
Elementar zarrachalar fizikasida ko‘p narsalar Xiggs-Bozon kabi faraziy 
zarrachalarga bog‘liq bo‘lib qolyapti. Faraz qilinishicha, mana shu tasavvurdagi 
zarrachalar elementar zarrachalarga massa ulashadi. Lekin hozircha ushbu 
zarrachalarni izlash bo‘yicha barcha urinishlar besamar qolmoqda. 2007 yili 
Yevropa yadro izlanishlari markazida yangi kollayder (SERN)ning ishga 


tushirilishi natijasida ushbu tutib bo‘lmas zarrachalarning topilishiga olimlar katta 
umid bog‘lashgan. Balki ushbu zarrachalar topilganidan so‘ng elementar 
zarrachalarning yangi qatori — supersimmetrik zarrachalar kashf qilinsa, ajab 
emas, degan qarashlar bor. Olimlar faraz qilishicha, bizga ma’lum barcha 
zarrachalarning o‘ziga o‘xshashi mavjud. Ushbu o‘xshashliklarning kashf qilinishi 
zamonaviy fizikaning navbatdagi g‘alabasi bo‘lardi. Hozirning o‘zida 
supersimmetrik zarrachalar ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan ba’zi xususiyatlar haqida 
ma’lumotlar bor. 
Yorug‘lik manbai harakatdami yoki qo‘zgalmasmi, baribir yorug‘lik tezligi doimo 
bir xil. Bu taajjubli holat, albatta. Sog‘lom aqlga zid bo‘lgan fikr ustidagi ushbu 
mulohazalar Eynshteynga 1905 yili maxsus nisbiylik nazariyasini yaratishida juda 
qo‘l keldi. O‘shandan beri son-sanoqsiz tajribalar ushbu gipotezaning haq 
ekaninigina tasdiqlab kelmoqda. Shunga qaramay, oxirgi yillarda olimlar 
«yorug‘lik tezligidan kat­ta bo‘lgan tezlikda axborot uzatish mumkinmikan?» 
de­gan masala ustida bosh qotirib kelmoqdalar. Balki XXI asrda olimlarning 
izlanishlari yorug‘lik tezligidan katta tezlikda harakatlana olishi mumkin deb 
hisoblanayotgan va «Taxion» deb nomlangan faraziy zarrachalarni topishga 
imkoniyatlar ochib berar. Ba’zi nazariy farazlarga ko‘ra, taxionlar olami bizning 
olamga «parallel» joylashgan, degan xayoliy qarashlar ham bor. 
Nisbiylik nazari­yasi paydo bo‘lganidan so‘ng biz vaqt fenomenining naqadar 
murakkab va sirli ekanini tobora yaqqolroq tushunib boryapmiz. Eynshteyn 
formulasiga ko‘ra odam qanchalik tez harakatlansa, uning uchun vaqt shunchalik 
sekin o‘tib boradi. Quvvatli gravitatsiya manbalari ham vaqt o‘tishini 
sekinlashtiradi. Ushbu ikki gipoteza ham tajribalarda o‘z tasdig‘ini topgan. 
Biz olamning bir chekkasidan urvoqcha yerinigina kuzatib turibmiz xolos va 
shuning uchun ham bizlarning vaqt haqidagi tasavvurlarimiz o‘ta soddadir. Olam 
esa ulkan va cheksizdir. Quyidagi savollar kishining ko‘nglidan o‘tmasdan iloji 
yo‘q: 


Nega endi vaqt faqat bir yo‘nalishdagina oqadi? Nega u bizlarga qaytmas bo‘lib 
tuyuladi? Tabiatni tavsiflovchi fi­zikaning asosiy qonunlari vaqtga nisbatan 
invariant-ku, axir? Mikroolam va makro olam o‘rtasidagi chegara qayerdan o‘tadi? 
Hozirgi paytda o‘zini kvant olami qonunlariga bo‘ysunishi bilan hammani hayratga 
solayotgan makroob’ektlar olimlarni juda ham qiziqtiryapti. Bunga misol qilib 
Boze-Eynshteyn kondensatini mi­sol qilib ko‘rsatishimiz mumkin. Boze-
Eynshteyn kondensatida millionlab atomlardan tashkil topgan ushoqdek kichik 
bulut o‘zini bir butun atomdek tutyapti. Shu paytgacha materiyaning to‘rt xil — 
gaz, suyuq, qattiq va plazma ko‘rinishlarda bo‘lishi haqida insoniyat ma’lumotga 
ega edi. Boze-Eyn­shteyn kondensatining tajribada olinishi esa materiyaning 
beshinchi ko‘rinishi ham olamda mavjud ekanidan dalolat berib turibdi. 
Ushbu hodisa haqida 1924 yili hind fizigi Shatendranat Bozening hisob-kitoblarini 
tahlil qilib, Albert Eynshteyn ilm ahliga o‘z axborotini ma’lum qilgan edi. Ushbu 
kondensat ko‘p o‘rinlarda, masalan, kvant kompyuterlari elementi sifatida 
ishlatilishi mumkinligi ehtimoli borligi bilan ham katta ahamiyatga ega bo‘lyapti. 
2005 yili Amerika olimlari Roy Glauber va Jon Xollning Boze-Eynshteyn 
kondensati xususiyatlarini, aniqrog‘i, la­zer spektroskopiyasi bilan bog‘liq 
hodisalarini o‘rganishlar Nobel mukofoti bi­lan taqdirlanishi ushbu kondensatning 
o‘rganilishi ahamiyati naqadar katta ekani­dan dalolat berib turibdi. Boze-
Eynshteyn kondensati kashfiyotchilaridan biri, 2001 yilning Nobel mukofo­ti 
sovrindori Volfgang Ketterle kondensatdan bo‘lakchalarni «burdalab» olish 
mumkinligini ko‘rsatib o‘tgan edi. Bu degani atom lazerini qurish, ya’ni, 
yorug‘likni nurlantiruvchi lazerni emas, moddani nurlantiruvchi lazerlarni 
yasashga erishish mumkin deganidir. Bunday lazerlar bilan nanometr aniqlikdagi 
o‘ta ki­chik tuzilmalarni yasash mum­kin bo‘ladi. Bu kashfiyot nanotexnologiya 
olamida sezilarli siljishlar bo‘lishiga olib keldi. Alohida atomlar usti­da 
manipulyatsiya qilish uchun atom lazerlari hozirgi paytdagi eng aniq metoddir. 
Ushbu kashfiyot asosida nanotexnologiya katta ravon yo‘lning boshiga chiqib oldi, 


degan xulosani aytishimiz mumkin. Materiyaning oltinchi ko‘rinishi Fermion 
kondensatlari haqidagi maqolalar ham ora-sira ko‘zga tashlanib turibdi. 
Havoda, suyuqliklarda bo‘luvchi o‘rama hodisalar fi­zika fanida bir og‘iz so‘z 
bi­lan «turbulentlik hodisasi» deb ataladi va bu haqda ham shu paytgacha aniq 
hisob-kitoblar keltirilmagan. Texnikaning turli yo‘nalishlari taraqqiyotidagi jadal 
rivojlanishlar ushbu hodisaning tatbiqi va sabablarini o‘rganish ustida ham 
fiziklarning yanayam jiddiyroq bosh qotirishini taqozo etadi. 
Qattiq jismlardagi magne­tizm va o‘ta o‘tkazuvchanlik hodisalari hanuzgacha 
insoniyatga o‘zining tabiatini to‘laligicha ochib bergani yo‘q. O‘tgan asrning 
buyuk fizigi Dirakning, olamda magnit zarrachalari (Dirak manopoliyalari) mavjud 
bo‘lishi kerak, deb aytgan so‘zi hanuzgacha insoniyat qulog‘i ostida jaranglab 
turibdi. Ushbu zarra­chalar mavjudmi yoki yo‘qmi — bu masala ham insoniyat 
oldida jumboqligicha qolib kelmok­da. Ba’zi qattiq jismlar elektr qarshiligini 
yo‘qotish tabiatining nazariyasi hanuzgacha ma’lum emas. Agarda na­zariya yo‘q 
bo‘lsa, qanday qilib ideal o‘ta o‘tkazuvchan materiallarni olish mumkin bo‘larkin? 
Balki ushbu masala yoritilishida nanotexnologiya o‘zining salmoqli hissasini 
qo‘shar? 
Shunday kilib, 1961 yili taklif qilingan Olam modeli umumiy modelning xususiy 
bir ko‘rinishigina bo‘lib qoladigan ko‘rinadi. Chunki odatdagi standart model 
ko‘plab savollarga qoniqarli javob bera olmayapti. Ushbu model o‘zining ichki 
uyg‘unligiga va simmetriyasiga ega bo‘lmay qolyapti. U model nega ko‘pgina 
ele­mentar zarrachalar massaga ega ekanini tushuntirishga ojizlik qilib qolmoqda. 
Bundan tashqari, nega tabiatda bir-biridan ta’sir qilish ko‘rinishi bilan tubdan farq 
qiluvchi bir nechta o‘zaro ta’sirlar mavjud? 
XX asrdan XXI asrga o‘tgan fizika oldidagi yana bir jumboq — zamona­viy 
fizikaning ikki ustuni — kvant mexanikasi bilan umumiy nisbiylik nazariyasining 
ko‘p o‘rinlardagi nomuvofiqligidir.Olamning tanho formulasiga ega bo‘lish 
fiziklarning azaliy orzusidir. Biz tabiat tomonidan XXI asr fiziklari oldiga qo‘ygan 
o‘ntacha sarkash jumboqlar­ haqida qisqacha to‘xtalib o‘tdik. Biz bunday 


fikrlarimiz doirasini yana bemalol davom ettirib boraverishimiz mumkin. Lekin 
fikrimiz rivojiga shu yerda nuqta qo‘yishga qaror qildik. Ushbu fikrimiz doirasini 
Fanlar Akademiyasi va oliy o‘quv yurtlarining olimlari respublikamizning bar­cha 
maktablari, litseylari va kolejlari o‘quvchilari bilan muntazam uchrashuvlar 
o‘tkazib, ularda bo‘ladigan ma’ruza va muzokaralarida ushbu maqola mazmunini 
yanayam boyitib, ko‘p o‘rinlarda aniqliklar kiritib borishadi, deb umid qilamiz. 

Download 494.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling