Kadrlar tayyorlash milliy dasturi umumiy qoidalar


Xulosalashning bosqichlari


Download 494.39 Kb.
Pdf ko'rish
bet31/31
Sana03.12.2023
Hajmi494.39 Kb.
#1798343
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
Publitsistik nutq uslubi.Publitsistik maqolalar

Xulosalashning bosqichlari 

Xulosalashning bosqichlari 



Siz xulosalashda mavzuga doir eng muhim ma’lumotlarni berishingiz yoki 
mavzuga to‘liqroq to‘xtalib o‘tishingiz mumkin. Odatda, xulosada asosiy 
fikrlarni qo‘shimcha qismdan (keltirilgan misollar va ularning isbotlaridan) 
xoli tarzda yozishga e’tibor qaratiladi. Perefrazalash va xulosalash odatda 
birga ishlatiladi. Xulosalashning maqsadi ma’lumotni mutanosib hajmga 
keltirish bo‘lsa, perefrazalash esa muhim ma’lumotlarni boshqacha shaklda 
berib o‘tishdan iborat. Misol uchun, quyidagi gaplarga e’tibor bering:18-
asrda, Fransiya va Germaniyadan oldin, Britaniyada sodir bo‘lgan 
industrial inqilob to‘g‘risida ko‘plab munozaralar davom etib 
kelmoqda.Ushbu gapni quyidagicha perefrazalash mumkin:Industrial 
inqilobning nima sababdan boshqa joyda emas, balki aynan Britaniyada 
sodir bo‘lgani hozirgi kunga qadar tortishuvli savollardan biri bo‘lib 
kelmoqda 
Odatda ta’sirchan perefraza: 

Odatda ta’sirchan perefraza: 

asl manbadan o‘z shakliga ko‘ra farqlanadi 

asl manbadagi so‘zlarning sinonimlaridan iborat bo‘ladi 

asosiy ma’noni saqlagan bo‘ladi 

asl manbadagi ba’zi bir qismlarni o‘zida mujassamlashtiradi (misol uchun 
Industrial inqilob”, “18-asr”) 

Perefrazalash va uning yo‘llari (usullari): 

a) so‘zlarning sinonimlarini qo‘llash orqali: 

Aytadi > keltirib o‘tadi; 18-asr > 1700-yillar; tejamoq > kam xarajat 
qilmoq 
b) so‘z turkumlarini o‘zgartirish orqali: 

b) so‘z turkumlarini o‘zgartirish orqali: 

Izoh (ot) > izohlamoq (fe’l); foyda keltiradigan, foydali (sifat) > foyda (ot) 

c) so‘zlar ketma-ketligini o‘zgartirish orqali: 



Britaniya industrial inqilobining asosiy sabablari talabni tahlil qilish orqali 
o‘z yechimini topishi mumkin. 

Talabni tahlil qilish orqali Britaniyadagi industrial inqilobning sabablarini 
topish mumkin. 

Amaliyot mashqlarida 3ta usul ham bir vaqtning o‘zida ishlatiladi. Barcha 
so‘zlar o‘z sinonimlariga ega emasligini hisobga olgan holda, ularning 
hammasini perefrazalash maqsadga muvofiq emas. 


Essening saviyali bo‘lishi olib borilgan tadqiqotlar va ko‘plab esselarning 
mavzuga doir bildirgan fikrlarini o‘rganib chiqishni talab etadi. Shu 
sababdan o‘z esseingizda qaysi adabiyotlardan foydalanganingizni keltirib 
o‘tishingiz maqsadga muvofiqdir. Bu mavzu sizga quyidagilar haqida 
ma’lumot beradi: 

Sitatani matn ichida keltirish 

Havolaning asosiy shakllari 

Sitatalardan foydalanish 

Foydalanilgan adabiyotlarning umumiy ro‘yxatini keltirib o‘tish 

Havolalarni qo‘llash qay darajada ahamiyatli? 

Havola va sitatalar qo‘llanilishining 3 ta asosiy sababi mavjud: 

Siz mavzuni bir qancha adabiyotlarni o‘qib-o‘rgangan holda izlanish olib 
borganingiz va uni yoritganingizni ko‘rsatish (bu sizning esseingiz qadrini 
oshiradi). 

Esseni o‘qigan shaxs mavzu to‘g‘risida ko‘proq ma’lumot olgisi kelgan 
taqdirda, havoladan foydalanishiga imkon yaratish. 

Ko‘chirmachilikning oldini olish. 
 

Download 494.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling